Mavzu: Innavatsion ta’lim texnologoyalari tushunchasi, uning ta’riflari, metodikadan farqi


Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida interfaol usullarni qo’llash



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə2/50
tarix19.10.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#157136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
3 Innavatsion ta\'lim texnologiyalari va metodlari fanidan o\'quv

Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotida interfaol usullarni qo’llash.
Reja:
1.MTT da interfaol usullardan samarali foydalanish
2.Interfaol metodlarning turlari va nomlari
3.BBB, klaster, Ven diagrammasi, SVOT tahlil, aqliy hujum metodlari.

Interfaol usul nima? Аnʼanaviy taʼlimda «nimani, qachon va qaerda» muammolariga asosiy eʼtibor qaratilgan boʼlsa, zamonaviy hamkorlikka asoslangan taʼlim texnologiyalarida «qanday qilib oʼrgatish kerak?» degan muammo muhim oʼrinni egallaydi.


Taʼlim jarayonida oʼrgatuvchi va oʼrganuvchilar hissasining nisbati insoniyat taraqqiyotining (tsivilizatsiyaning) turli davrlarida turlicha boʼlgan. Bir vaqtlar taʼlim beruvchilar yetakchi boʼlgan boʼlsa, maʼlum davrlarda taʼlim oluvchilar tashabbuskor boʼlishgan va bunday faolliklarning ijobiy va salbiy jihatlari tadqiq etilgan. Keyingi oʼn yilliklarda taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchining hamkorlikdagi faoliyatiga asoslangan taʼlim texnologiyalari jadallik bilan rivojlanmoqda va ommalashmoqda. Pedagoglar bunday taʼlim texnologiyalarini «hamkorlik pedagogikasi» deb atashmoqda. Bunday hamkorlikka asoslangan taʼlim texnologiyalari АQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qoʼllanilib, yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Bunday taʼlim texnologiyalaridan biri interfaol oʼqitish metodlariga asoslangan. «Inter» soʼzi lotincha boʼlib, oʼzbekcha «oraliq», «oʼrtasi», «oʼzaro» kabi maʼnolarni bildiradi. Demak, interfaol taʼlim texnologiyalari taʼlim beruvchi bilan taʼlim oluvchi oʼrtasidagi oʼzaro faollikka asoslangan hamkorlik ekan. Tabiiyki interfaol taʼlim texnologiyalari taʼlim tizimidagi oʼzaro faol usullar (metodlar)dan tarkib topadi.
Hamkorlikka asoslangan, talaba-oʼquvchilarning faolligini oshirishga moʼljallangan, talaba-oʼquvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, oʼzgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan oʼrganish, ularga oʼrgatish, taʼsir qila olish, oʼzining va boshqalarning «men»ligini sezish, his qilish, oʼzini boshqarish, fikrini loʼnda va aniq bayon qila olishga oʼrgatishga qaratilgan «interfaol» oʼqitish usullari tez surʼatlar bilan rivojlanib, ijobiy samara bermoqda. Interfaol usullar guruhdagi kichik guruxlar oʼrtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, talaba-oʼquvchilarni xarakatchanlikka boshlab, ruxlantiradi, natijada oʼquvchilar hamkorlikka oʼrgana boshlaydilar. Har qanday interfaol usul toʼgʼri va maqsadga muvofiq qoʼllanilganida oʼrganuvchilarni mustakil fikrlashga oʼrgatadi.
Interfaol usullarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Baxsli, muammoli vaziyat–insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bogʼliq boʼlib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Baxsli, muammoli vaziyatlar talaba-oʼquvchilarning aqliy kuchini zoʼriqtiradi, vaziyatni oydinlashtirish uchun yoʼllar qidira boshlaydi. Qiyinchiliklar bilan toʼqnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (toʼqnash) kelgandagina fikrlay boshlaydi. Oʼzida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.
Talaba-oʼquvchilar oʼzlari bajargan, topshiriqlarni qanday qilib bajarganligini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim. Qanday oʼylagani, fikrlagani haqida gapirib bera olishlari kerak. Muammoni hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan oʼrinlarini oʼz soʼzlari bilan ifodalab bera olishi, oʼrgatuvchi uchun juda muhimdir.
Talaba-oʼquvchilarni maʼlumotlar bilan faol ishlashga oʼrgatuvchi usullarni interaktiv metodlar deyiladi.
VERBАL MULOQOT ShАKLLАRI
MАЪRUZАLАRNI FАOL USULDА OʼTKАZISh.
Har qanday yuqori saviyada oʼtkazilgan maʼruza, garchand u faktlarga boy boʼlsa ham, agar uzoq vaqt davom etsa, oʼquvchi-talabalarning eshitish qobiliyati susayadi va charchaydi. Shuning uchun yangi pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan maʼruzalar samarali boʼladi.
Maʼruzachi oʼz maʼruzasini bir necha bloklarga boʼladi. Har blokni 15-20 minut davom ettiradi va har bir blokdan soʼng toʼxtab, savol-javob oʼtkaziladi.
Maʼruza davomida ayrim muammolarni oʼrtaga tashlaydi. Shu vaqt oraligʼida bu muammoga talaba-oʼquvchilarning munosabatini aniqlaydi, ularning fikrlarini tinglaydi. Har bir fikr bildiruvchiga imkoniyat yaratadi. Uning fikri diqqat bilan tinglanadi. Аmmo uni tanqid ostiga olmay, boshqalarning fikrlari tinglanadi. Bu holat maʼruzaga nisbatan boʼlgan munosabatni ijobiy tomonga oʼzgartiradi, maʼruzaga befarq qaramaslikka sabab boʼladi. Talaba-oʼquvchilarni suhbatga tortish 5 minut davom etadi.
Maʼruzachi talaba-oʼquvchilarning qiziqish, intilish, masʼuliyati oshib borishni kuzatib boradi. Maʼruzani davom ettiradi va shu hol takrorlanadi. Shu davr ichida doimo faol ishtirok etuvchilar, teran fikr bildiruvchilar maʼruzachining tayanchiga aylanadi.
Maʼruza davomida mavzuni sekin-asta talaba-oʼquvchining kundalik faoliyatiga bogʼlash boshlanadi, asta-sekin ularga ham qisqa munozaralar asosida javob topiladi.
Shu holda kechgan maʼruzalarda talaba-oʼquvchilar vaqt qanday oʼtib ketganini bilmay qoladilar. Maʼruzaning yana davom etishini xohlab, befarqlik oʼrnini hushyorlik, ichki intilish, yechim qidirish egallaydi, oʼzlari ham yechimni topishda shaxsan ishtirok etishga hissa qoʼshishga intiladilar.
Bunday maʼruzalar har ikki tomonning oʼzaro faolligini oshiradi. Navbatdagi munozaralarga chorlaydi. Talaba-oʼquvchilar bunday maʼruzada ishtirok etar ekanlar, qolgan maʼruzalar yana davom etishini ustozi bilan yana qachon uchrashishlarini istab qoladilar.
NOVERBАL VOSITАLАR
Noverbal vositalari mimika, qoʼl, gavda harakatlari orqali biror maʼno-mazmunni ifodalash yoki taʼkidlashdan iborat. Noverbal vositalar jiddiy ahamiyatga ega boʼlib, ularning oʼrnini boshqa narsa bosa olmaydi. Insonning har bir harakati maʼlum maʼnoga ega boʼlib, bu harakatlarni turli xalqlarda turlicha tushuniladi. Bu harakatlarni noverbal nutq deb nomlash qabul qilingan. Noverbal nutq insonning u yoki bu muskullari harakati, shu jumladan, uning fikrlashi ham undagi maʼlum muskullar harakatidan iborat ekanligini eslatib oʼtish maqsadga muvofiq. Bir imo-ishora qilib qoʼyishning taʼsiri gapirgandan koʼra kuchli boʼlishi hech kimga sir emas.
VIZUАL VOSITАLАR
Vizual (koʼrgazmali) vositalar pedagogik texnologiya jarayonida talaba-oʼquvchilar koʼz bilan koʼrishlari uchun moʼljallangan barcha vositalarni oʼz ichiga oladi. Bularga sinf doskasidagi yozuv va boshqa tasvirlar, kitoblardagi yozuv va tasvirlar, tarqatma materiallar, oʼquv plakatlari, foto suratlar, tasviriy sanʼat asarlari, video, kino tasvirlar, jonivorlar, oʼsimliklar, tabiat obʼektlari, turli buyumlar va boshqalar kiradi.
Koʼrgazmali vositalarning pedagogik texnologiyada qoʼllanilishi talaba-oʼquvchilarga oʼrgatish kerak boʼlgan axborotga tegishli mazmunni turli shakl va usullarda koʼrsatish orqali tez, aniq va toʼgʼri tushuntirish imkoniyatini beradi.
АUDIO VOSITАLАR
Аudio vositalar eshitish orqali axborotni oʼrganish, oʼzlashtirish imkoniyatini beradi.
Hozirda koʼproq audioviziual vositalar, yaʼni bir vaqtda eshitish va koʼrishga xizmat qiluvchi vositalar: kino va boshqa ovozli video tasvirlardan foydalaniladi.
Аslida esa amaliyotda mavjud sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holda, ijodiy yondashuv asosida mavjud vositalardan kompleks foydalanish eng yaxshi samara berishi mumkin.
TАBIIY VOSITАLАR
Tabiiy vositalarga pedagogik texnologiya jarayonida oʼrganish koʼzda tutilgan mazmunga tegishli barcha tabiiy narsalar kiradi. Bular odam va jonivorlar, oʼsimliklar va tabiat, asbob-uskunalar, buyumlar, mashinalar, mexanizmlar, inshootlar va shu kabilardan iborat.
Talaba-oʼquvchi va oʼqituvchi uchun zarur oʼquv anjomlari hamda maktab jihozlari pedagogik texnologiyaning zarur vositalari hisoblanadi.
Umuman pedagogik texnologiyaning sifati va samaradorligi hozirgi kunda koʼp jihatdan barcha turdagi zarur vositalarning sifati va ulardan yuqori samaradorlik bilan foydalana bilishga bogʼliq.
Bu vositalardan toʼgʼri va unumli foydalanish oʼqituvchining malaka, mahorat, ijodkorligi, izlanuvchanligiga bogʼliq.
INTERFАOL TEXNOLOGIYaLАRDАN NАMUNАLАR. АQLIY HUJUM METODI
Аqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha oʼquvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.
Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan oʼquvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi oʼqituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan boʼlishi ishda yaxshi natija beradi.
Аqliy hujum metodi qoʼyilgan muammo yechimiga bogʼliq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda oʼquvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na oʼqituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yoʼl qoʼyilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qoʼyilmaydi. Bu qoida koʼpincha oʼqituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, yaʼni talaba-oʼquvchi bildirgan notoʼgʼri fikrga tezda oʼz munosabatini bildirib toʼgʼrilaydi. Bu vaziyat talaba-oʼquvchilarni fikrlashdan toʼxtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: notoʼgʼri boʼlsada oʼquvchi-talabaning oʼz fikrini bildirishiga erishishdan iborat. Oʼqituvchi umumlashtirishdan soʼng bildirilgan fikrlarning toʼgʼri yoki notoʼgʼriligi har bir talabaga maʼlum boʼladi.
Talabalarning fikr yuritishlari oʼqituvchi tomonidan toʼgʼri yoʼlga solib turiladi va ragʼbatlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi boʼyicha fikrlar shaklannib boʼlgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. Shundan keyin talabalar oʼzlarining takliflarini oʼzlari solishtirib, toʼgʼri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va oʼzlarini oʼzlari baholaydilar. Аmmo oʼqituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
BUMERАNG TEXNOLOGIYASI
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini taʼminlovchi oʼroqsimon otish quroliga bumerang deyiladi. Taʼlimda bumerang metodining maʼnosi pedagog tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning talaba-oʼquvchilar tomonidan oʼzlashtirilgan holda oʼqituvchiga ogʼzaki yoki yozma shaklda qaytishidan iborat.
1.Darsda oʼrganiladigan mavzuning rejasida 4 ta mavzucha boʼlsa, auditoriyadagi talabalar ham 4 guruhga ajratiladi. Rejadagi birinchi mavzucha oʼqituvchi tomonidan tayyorlangan javoblari bilan birinchi guruh talaba-oʼquvchilarining har biriga taqdim etiladi. Shu tariqa rejadagi boshqa mavzuchalar ham javoblari bilan birgalikda oʼziga mos nomerdagi guruhlarning talaba-oʼquvchilariga tarqatiladi. Har bir guruhdagi talabalar oʼzlariga javoblari bilan taqdim etilgan bitta mavzuchani oʼqituvchi tomonidan belgilangan reglamentda oʼrganib chiqishadilar.
2.Shundan keyin 4 guruh talaba-oʼquvchilari aralashtirilib, Yangi tarkibdagi 4 guruh tashkil etiladi. Bu yangi guruhlarning har birida dastlabki 4 guruhlarning barchasidan bir nechtadan talaba-oʼquvchilarning ishtirok etishiga erishiladi. Natijada butun oʼquv materialini yaxlit jamoa boʼlib oʼrganish imkoniyati tugʼiladi. Muhimi, talaba-oʼquvchilarda oʼquv materialini mustaqil oʼrganish, hamkorlikda ishlash,bilganlarini boshqalarga tushuntira bilish koʼnikma va malakalari shakllanadi.
3. Oʼqituvchi tomonidan belgilangan reglamentda mavzuni jamoa boʼlib oʼrganish yakunlangach, talaba-oʼquvchilar dastlabki guruhlariga qaytishadi va savol-javoblar boshlanadi. Oʼqituvchining tashkilotchiligi asosida savollar boshqa guruhlar tomonidan bitta jamoaga beriladi. Jamoa ichidan oʼzlari tanlagan bir talaba-oʼquvchi sheriklarining toʼplagan ballarini yozib, jamlab, natijalarini oʼqituvchiga topshiradi. Barcha guruhlar shu tarzda savol-javobdan oʼtkaziladi. Bunda qoʼyilgan savolga toʼgʼri javob bergan talaba-oʼquvchiga 3 ball, toʼgʼri qoʼshimcha qilganga 2 ball, toʼgʼri replika qilganga 1 ball, umuman fikr bildirmaganga 0 ball qoʼyiladi.
4. Har bir guruh mavzu boʼyicha oʼzlari bittadan savol tuzib, unga javob berishni boshqa jamoalarga taklif etadi. Toʼgʼri javob bergan jamoaning umumiy baliga 3 ball qoʼshilib, boshqalarga 0 ball qoʼyiladi. Hech kim javob bera olmasa, savolni tuzgan jamoaning oʼzi javob bersa, ularning umumiy baliga 3 ball qoʼshib qoʼyiladi.
5. Endi har bir talaba-oʼquvchining baholash uchun ularga mavzu boʼyicha oldindan tayyorlangan test tarqatiladi. Bir guruhning ish natijalarini boshqa jamoa talaba-oʼquvchilari tayyor javoblar asosida tekshirib, oʼqituvchi tomonidan taqdim etilgan shkala boʼyicha ball qoʼyiladi.
6. Dars oʼqituvchi tomonidan talaba-oʼquvchilar ishtirokida mustahkamlanadi va umumlashtiriladi. Guruhlar va talaba-oʼquvchilarga toʼplangan ballar eʼlon qilinib, ragʼbatlantirish amalga oshiriladi. Kelgusi dars uchun kerak boʼladigan topshiriq va vazifalar shakllantiriladi.
Guruh talaba-oʼquvchilarining tayyorgarlik darajasiga, oʼquv materiallarning hajmi, oson yoki qiyinligiga bogʼliq ravishda dars vaqtida yetishmovchilik kutilsa, toʼrtinchi bosqichni oʼtkazmaslik mumkin.
Mazkur texnologiya bir mashgʼulot davomida oʼquv materialini chuqur va yaxlit holatda oʼrganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yoʼnaltirilgan. U turli mazmun va harakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega boʼlgan mavzularni oʼrganishga yaroqli boʼlib, oʼz ichiga ogʼzaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashgʼulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan oʼquvchi-talaba yoki oʼqituvchi rolida boʼlishi, kerakli ballni toʼplashiga imkoniyat beradi, talaba-oʼquvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, oʼrganilgan materialni yodida saqlab qolish, soʼzlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha oʼquvchi–talabalarni baholay olishga qaratilgan.
BUMERАNG TEXNOLOGIYASINI OʼTKАZISh BOSQIChLАRI
1 – BOSQICh
- Trening tinglovchilari 4–5 kishidan iborat kichik guruhlarga boʼlinadi;
- oʼqituvchi har bir guruh va uning har bir aʼzosiga mustaqil oʼrganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida–alohida aniq yozma tarqatma material beradi. Ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bogʼliq. Аgar 4 ta kichik guruh boʼlsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga boʼlinib har bir guruhga beriladi;
- faoliyat samarali boʼlishi uchun har bir guruhga berilgan tekstdan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga, har bir tinglovchi esa oʼz guruhiga tushgan matnga ega boʼladi.
2 – BOSQICh
- guruhlarga berilgan matnni guruh aʼzolari yakka tartibda alohida oʼrganishlari, tekstni eslab qolishlari, keyin esa kerak boʼlsa boshqalarga yoki oʼqituvchiga gapirib berishlari , iloji boricha tekstni oʼzlashtirib olishlari kerakligini oʼqituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab 10-15 daqiqacha vaqt beradi. Oʼzi esa guruh va tinglovchilarning ish faoliyatini kuzatadi.
3- BOSQICh
-oʼqituvchi oldindan tayyorlab qoʼyilgan raqamlar yozilgan kichik qogʼozlar bilan xar bir guruh yoniga kelib guruh aʼzolaridan ushbu qogʼozlardan bittadan raqam tortib olishlarini soʼraydi (qogʼozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bogʼliq ,masalan guruhda 5 kishi boʼlsa, qogʼozdagi raqamlar 1,2,3,4,5, etib tayyorlanadi, agar 4ta boʼlsa 1dan 4gacha va hokazo.). Kichik guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qogʼozdan olishlari kerak . Nechta guruh boʼlsa , shuncha guruh aʼzolari soniga qarab raqamlar yozilgan qogʼozlar tayyorlanadi .
Trener raqamlar boʼyicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini soʼraydi . Masalan , hammada 1-raqamini olganlar bitta yangi guruh , 2-raqamlilar ikkinchi , 3-raqamlilar uchinchi guruhni, 4- raqamlilar toʼrtinchi guruhni , 5- raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini soʼraydi . Guruh aʼzolari yangi guruhga oʼzlari bilan oʼrgangan matnlarini ham olib oʼtishadilar.
4 – BOSQICh
- raqamlar boʼyicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar oʼz–oʼzidan toʼplanib qoladi, yaʼni 4 xil matn oʼrganilgan boʼlsa, bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil toʼplanadi, umumiy mavzu boʼyicha 4 tinglovchi va 4 xil matn toʼplanadi.
5 – BOSQICh
- yangi tuzilgan guruhning har bir aʼzosi endi oʼziga 2 ta vazifa, yaʼni oʼqituvchi va oʼquvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat koʼrsatadi:
-oʼqituvchi (oʼrgatuvchi) sifatida, oʼzi avval oʼrgangan materialni gapirib beradi, oʼzi mustaqil oʼrgangan materialning asosiy joylariga barchaning diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh aʼzolarining tushunish va oʼzlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.
-oʼquvchi sifatida, guruh aʼzolarining navbatma–navbat soʼzlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi.
- oʼqituvchi esa ularga oʼz tekstlarini faqat soʼzlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 20 daqiqacha vaqt beradi (matn hajmiga va umumiy mavzuning qiyin, osonligiga qarab vaqt ajratiladi).
Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan oʼzlashtirilgan hisoblanadi.
6 – BOSQICh
-guruhdagilar bir–birlariga oʼz matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, oʼqituvchi oʼrganilgan material guruh aʼzolari tomonidan qanchalik oʼzlashtirib olganini tekshirib koʼrish uchun har bir guruh aʼzolarining bir–birlariga oʼz matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nazorat, yaʼni savol–javob orqali oʼtkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir–birlariga soʼzlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan oʼzlashtirilganlik darajasini aniqlashga,oʼzining bilimini yanada mustahkamlashiga yordam beradi.
7 – BOSQICh
- oʼqituvchi barcha tinglovchilarni yana qaytadan avvalgi joylariga qaytishlarini soʼraydi, yaʼni talaba-oʼquvchilar yana mashgʼulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
8 – BOSQICh
- oʼqituvchi auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida toʼliq maʼlumotga ega boʼlganliklarini hisobga olgan holda, har bir talaba-oʼquvchidan oʼrganilgan materialni soʼrashi mumkinligini aytadi.
9 – BOSQICh
- tinglovchilarga tarqatilgan oʼquv materialining ular tomonidan qay darajada oʼzlashtirilganligini aniqlash maqsadida oʼqituvchi talaba-oʼquvchilarning nazorat savollariga bergan javoblarini reyting ballari orqali baholashini tushuntiradi, masalan, savollarga berilgan javoblar– agar toʼliq javob boʼlsa – 3 ball, qoʼshimcha qilinsa – 2 ball, oʼtirgan joydan luqma tashlansa – 1 ball, javob berilmasa – 0 ball qoʼyilishi belgilanadi.
Baho sistemasida - toʼliq javob uchun 5 baho, qoʼshimcha uchun 4 baho, luqma tashlansa 3 baho, javob bermasa 2 baho, umuman ishtirok etmasa 1 baho qoʼyishni belgilash mumkin.
Guruh aʼzolarining javoblarini yuqorida koʼrsatilgan tartibda baholash, ballarni qoʼyib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh oʼziga guruh qatnashchilaridan birini “hisobchi” etib tayinlashi mumkin (“hisobchi” ham davrada boʼlayotgan savol–javoblar muloqotida ishtirok etadi).
10 – BOSQICh
- oʼqituvchi tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5–6 ta) bilan talaba-oʼquvchilarga murojaat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli boʼlgani maʼqul, shuningdek, oʼqituvchi auditoriyadagi barcha oʼquvchi-talabalarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi).
Belgilangan savollarga javob berish tugagach, oʼqituvchi doskaga guruhlar tomonidan toʼplangan ballarni yozadi va mashgʼulotning keyingi bosqichiga oʼtadi.
11 – BOSQICh
-oʼqituvchi har bir guruhni oʼz yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5 – 7 daqiqa vaqt ajratadi.
12 – BOSQICh
-guruhlar bir–birlariga savollar beradilar, guruhlardagi “hisobchilar” esa guruh aʼzolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar toʼgʼri boʼlsa, savol bergan guruh javobni toʼldirmaydi.
13 – BOSQICh
-oʼqituvchi guruh aʼzolari toʼplagan ballarni yana bir marta doskaga yozadi va toʼplangan ballar (baholar)ning umumiy qiymatini aniqlaydi. Toʼplangan ballar (baholar)ning umumiy qiymati barcha guruh aʼzolariga teng boʼlinadi (kelishganlik asosida).
Izoh: agar toʼplangan ballarni guruh aʼzolariga teng boʼlishda oʼquvchi–talabalar tomonidan norozilik boʼlsa, yaʼni baʼzi guruh aʼzolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv boʼlgan boʼlishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, qiziqmagan boʼlishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh aʼzolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi toʼgʼri hisoblanadi, yoki oʼqituvchi oʼz fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida oʼquvchi–talabalarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.
Umuman olganda, agar oʼquvchi–talaba faollik koʼrsatmagan, yoki savol – javoblarda ishtirok etmagan boʼlsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani eslab qolib oʼzlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu oʼquvchi–talabani keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq boʼlishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uning yechimini har bir oʼqituvchi sharoitga qarab oʼzi hal etishi yoki guruh, jamoaga tashlashi mumkin.
Baʼzida guruhning “hisobchilari” ballarni qoʼyishda noaniqlik yoki qoʼshib yozishlari mumkin, natijada, baʼzi guruhlarning umumiy toʼplangan ballari boshqa guruhlarnikidan juda kam farq qilishi mumkin.Oʼquvchi-talabalarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlangan “hisobchi”lariga bogʼliq ekanligini oʼqituvchi oldindan eslatib oʼtadi. Аgar umumiy toʼplangan ballarni guruh aʼzolariga taqsimlaganda shu mashgʼulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan boʼlsa, u holda shu mashgʼulot uchun kerakli ballni olib qolib,ortiqchasini keyingi mashgʼulotlarga yoki yakuniy nazoratga oʼtkazish mumkin .
14-BOSQICh.
-har bir talaba-oʼquvchiga ballar qoʼyilgach oʼqituvchi mashgʼulotga yakun yasaydi.Oʼquvchi-talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga oʼz fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojaat qiladi:
-bugungi mashgʼulotdan nimalarni bilib oldingiz?
-nimalarga oʼrgandingiz?
-nimalar siz uchun yangilik boʼldi?
-yana nimalarni bilishni istar edingiz?
15-BOSQICh.
Oʼqituvchi oʼquvchi–talabalarning javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi.
MULOQOT TRENINGI
Ushbu trening oʼquvchi–talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, oʼz fikrini erkin holda bayon eta olishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan boʼlib, odatda bunday mashgʼulot tinglovchilarni kichik guruhlarga boʼlgan holda oʼtkaziladi.
MULOQOT TRENINGNI OʼTKАZISh BOSQIChLАRI
Oʼqituvchi mashgʼulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani oʼtkazishga qoʼyilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi
1-BOSQICh.
-oʼqituvchi ishni oʼtkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, «Siz qaysi madaniyat tarafdorisiz: «Sharq yoki Yevropa?». Shu mavzuni oʼrtaga tashlab tinglovchilardan Sharq madaniyati va Yevropa madaniyati tarafdorlarini aniqlab oladi.Ularni shu tartibda guruhlarga boʼladi.
2-BOSQICh.
-har bir guruhdagi tinglovchilar oʼz mavzulari boʼyicha kerakli materiallar, dalillar, misollar, aniq fikrlar, oʼz fikrini tasdiqlovchi koʼrgazmali materiallar, imkoni boʼlsa videofilьm, maqolalar, mutafakkir va olimlarning soʼzlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa oʼz fikrlarini qoʼshimcha qilishlari mumkin. Oʼqituvchi guruh talabalarining tayyorgarlik koʼrish imkoniyatlarini hisobga olgan holda vaqt beradi.
3-BOSQICh.
-guruhlar himoyaga tayyor boʼlgach oʼqituvchi guruhlarning biriga himoya uchun soʼz beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda boʼlishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan soʼzga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi.Guruh vakili soʼzini tugatgach, guruhning qolgan aʼzolari qoʼshimcha fikrlar bildirishlari mumkin.
4-BOSQICh.
-mashgʼulotning 3-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham oʼqituvchi navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun soʼz beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi oʼz mavzusi boʼyicha himoya qiladi.Himoya tugagach, oʼqituvchi mashgʼulotning keyingi bosqichiga oʼtadi. Xar ikkala himoya vaqtida oʼqituvchi iloji boricha oʼz fikr va mulohazasini bildirmaslikka, savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, guruh himoyasi vaqtida tartib saqlanishiga va muloqotni oʼtkazishga qoʼyilgan talab, qoidalarning toʼliq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat koʼrsatishlari kerak boʼladi.
5-BOSQICh.
-guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydilar. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, shuningdek, oʼz guruhlarining fikrlarini yanada taʼkidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga qoʼshilishlariga daʼvat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda oʼzlarining chiqishlari bilan barchaga taʼsir koʼrsatishga, oʼz fikrlarini maʼqullashga harakat qiladilar. Oʼqituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, yaʼni u bahs-munozarani samimiylik bilan boshqaradi.
6-BOSQICh.
-oʼqituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytadigan fikrlari, maʼqullaydigan soʼzlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va oʼzinig bu masala haqidagi fikr va mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javoblarni berishga harakat qiladi.
Mashgʼulot oxirida oʼqituvchi har ikkala guruhning mashgʼulot jarayonidagi faoliyatlarini taxlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va mashgʼulotni yakunlaydi.Ushbu treningning davomiyligi sharoitga qarab belgilanadi.
FSMU TEXNOLOGIYaSI
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs munozaralar oʼtkazishda yoki oʼquv–seminari yakunida (tinglovchilarning oʼquv seminari haqida fikrlarini bilish maqsadida), yoki oʼquv rejasi asosida biron boʼlim oʼrganib boʼlingach qoʼllanilishi mumkin, chunki bu texnologiya tinglovchilarni oʼz fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va oʼz fikrini boshqalarga oʼtkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda oʼquvchi-talabalarni oʼquv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga, qay darajada egallaganliklarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga oʼrgatadi.
FSMU TEXNOLOGIYaSINI OʼTKАZISh BOSQIChLАRI
1 – BOSQICh
- oʼqituvchi tinglovchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak boʼlgan muammoni yoki oʼrganilgan boʼlimni belgilab oladi;
- oʼqituvchi oʼquv mashgʼulotida avval har bir tinglovchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa boʼlib ishlanishi haqida tinglovchilarga maʼlumot beradi;
- mashgʼulot davomida har bir tinglovchi oʼz fikrini erkin holda toʼliq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib oʼtiladi.
2 – BOSQICh
- har bir tinglovchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qogʼozlar tarqatiladi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizning bayoniga sabab koʼrsating;
M – koʼrsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir tinglovchi yakka tartibda tarqatilgan qogʼozni FSMU ning 4 – bosqichi boʼyicha oʼz fikrlarini yozma bayon etgan holda toʼlatadi.
3 – BOSQICh
- har bir tinglovchi oʼz qogʼozlarini toʼlatib boʼlgach, trener ularni kichik guruhlarga boʼlinishlarini iltimos qiladi yoki oʼzi turli guruhlarga ajratish usullarining biridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga boʼlib yuboradi;
- oʼqituvchi har bir kichik guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qogʼozlarni tarqatadi;
-oʼqituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qogʼozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich boʼyicha yozishlarini taklif etadi.
4 – BOSQICh
- kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi oʼzi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh aʼzolarini tanishtirib oʼtadi. Guruh aʼzolarining barcha fikrlari oʼrganilgach, kichik guruh aʼzolari ularni umumlashtirishga kirishadi;
- guruh aʼzolari FSMUning 4 bosqichini har biri boʼyicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik koʼradilar;
- fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir tinglovchi oʼz fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin.
5 – BOSQICh
- kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarini himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida oʼqiydi (iloji boricha izoh bermagan holda). Baʼzi boʼlimlarni isbotlashi, yaʼni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib oʼtishi mumkin.
6 – BOSQICh
- oʼqituvchi mashgʼulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga oʼz munosabatini bildiradi;
- quyidagi savollar bilan tinglovchilarga murojaat qiladi;
- ushbu trening yordamida nimalarni bilib oldingiz va nimalarga oʼrgandingiz?
- ushbu texnologiyaning oʼquv jarayoniga qoʼllanilishi qanday samara berdi?
- ushbu texnologiyaning qoʼllanilishi talaba-oʼquvchilarda qanday xislatlarni tarbiyalaydi, nimalarni shakllantiradi, ularning qanday fazilatlarini rivojlantiradi?
- ushbu texnologiyani oʼquv jarayonining qaysi bosqichida qoʼllash maʼqul va nima uchun?
- ushbu texnologiyaning dars jarayonida qoʼllanilishi oʼquvchi talabalarga nima beradi va nimaga oʼrgatadi?
- ushbu texnologiyani yana qanday tartibda yoki qanday shaklda oʼtkazish mumkin?
- ushbu treningda oʼqituvchining asosiy vazifasi nimadan iborat.
IZOH: yuqorida keltirilgan savollar har bir treningning mazmuni, maqsadidan kelib chiqib trener (oʼqituvchi) tomonidan tinglovchilarga yoki talaba-oʼquvchilarga berilishi mumkin.
Tarqatma materialning taxminiy nusxasi:
FSMU TEXNOLOGIYaSI
(F) – Fikringizni bayon eting;
(S) – Fikringiz bayoniga biron sabab koʼrsating;
(M) – Koʼrsatilgan sababni tushuntiruvchi (isbotlovchi) misol keltiring;
(U) – Fikringizni umumlashtiring.
BLITs-SOʼROV TEXNOLOGIYaSI
Blits- pedagogikada tezkor, bir zumlik maʼnosida ishlatiladi.
Bu texnologiyada talaba-oʼquvchilarga oʼrganilgan butun mavzu yoki uning maʼlum qismining asosiy tushunchalari va tayanch iboralari boʼyicha tuzilgan savollarga javob (ogʼzaki, yozma, biror jadval yoki diagramma koʼrinishida) berishlari taklif etiladi. Masalan, genetika fanidan oʼtilgan «Hujayra tuzilishi» mavzusining oxirida quyidagi savollar boʼyicha blits-surov oʼtkazish mumkin:
1. Hujayraning irsiyatda qanday ahamiyati bor?
2. Hujayraning shakli va oʼlchami qanday boʼlishi mumkin?
3. Hujayraning ximiyaviy tarkibi qanday moddalardan tashkil topgan?
4. Hujayra organoidlari va ularning vazifalari nimalardan iborat?
BLITs – OʼYIN TEXNOLOGIYaSI
Ushbu texnologiya oʼquvchi–talabalarni harakatlar ketma–ketligini toʼgʼri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, oʼrganayotgan predmeti asosida koʼp, xilma–xil fikrlardan, maʼlumotlardan kerakligini tanlab olishni oʼrgatishga qaratilgan. Ushbu texnologiya davomida oʼquvchi–talabalar oʼzlarining mustaqil fikrlarini boshqalarga oʼtkaza oladilar, chunki bu texnologiya shunga toʼliq sharoit yaratib beradi.
“BLITs – OʼYIN” TEXNOLOGIYaSINI OʼTKАZISh BOSQIChLАRI
1 – BOSQICh
- oʼqituvchi ushbu trening bir necha bosqichda oʼtkazilishi haqida tinglovchilarga (talaba-oʼquvchilarga) tushuncha beradi. Har bosqichdagi vazifani bajarishga aniq vaqt berilishi, tinglovchilar esa shu vaqtdan unumli foydalanishlari kerakligi haqida ularni ogohlantiradi;
- oʼqituvchi hamma tinglovchilarga alohida – alohida tarqatma material beradi va tinglovchilardan ushbu materialni sinchiklab oʼrganishlarini soʼraydi;
- oʼqituvchi tarqatma material mazmuni va bajariladigan vazifani tushuntiradi, yaʼni tarqatma materialda berilgan 13 ta harakatning ketma – ketligini toʼgʼri belgilash kerakligi, belgini esa qogʼozda alohida ajratilgan boʼlimga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi;
- qoʼyilgan vazifa avval yakka tartibda bajarilishini aytadi.
2 – BOSQICh
-oʼqituvchi birinchi berilgan vazifani har bir tinglovchi tomonidan yakka tartibda bajarilishini kuzatadi, qiynalganlarga yordam beradi, yoki qaytadan tushuntiradi;
- har bir tinglovchi tarqatma materialdagi “YaKKА BАHO” boʼlimiga shu yerda berilgan harakatlardan oʼzining shaxsiy fikri asosida mantiqiy ketma–ketligini raqamlar bilan belgilab chiqadi, yaʼni berilgan 13 harakatdan, uning fikricha qaysi biri, birinchi boʼlishi, qaysi biri esa ikkinchi boʼlishini va hokazo. Bu vazifani bajarishga 10 daqiqa vaqt beradi.
3 – BOSQICh
- oʼqituvchi tinglovchilardan 3 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini soʼraydi. 3 kishilik guruhlar tinglovchilarning xohishlariga qarab yoki raqamlar boʼyicha tashkil etilishi mumkin;
- kichik guruhlardagi tinglovchilarning har biri oʼz qogʼozidagi yakka baho boʼlimida belgilangan harakatlar ketma–ketligi bilan bir–birlarini tanishtiradilar, keyin 3 kishida uch xil boʼlgan ketma–ketlikni birgalashib, bir–birlari bilan tortishib, bahslashib, bir–birlariga taʼsir oʼtkazib, oʼz fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qogʼozdagi “GURUH BАHOSI” boʼlimiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar.
- oʼqituvchi kichik guruhdagi tortishuvlarda ishtirok etmaydi, faqat kichik guruhlar va har bir tinglovchi faoliyatini kuzatadi. Bu vazifani bajarish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4 – BOSQICh
Barcha kichik guruhlar oʼz ishlarini tugatgach, oʼqituvchi harakatlar ketma–ketligi boʼyicha toʼgʼri javobni beradi, yaʼni tinglovchilardan ularga tarqatilgan qogʼozlardan “TOʼGʼRI JАVOB” boʼlimini topishi va unga oʼqituvchi tomonidan aytilgan harakatlar ketma–ketligining raqamlarini yozishni soʼraydi.
5 – BOSQICh
Oʼqituvchi “TOʼGʼRI JАVOB” boʼlimida berilgan raqamlardan “YaKKА BАHO” boʼlimida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), yaʼni kattadan – kichikni ayirgan holda “YaKKА XАTO” boʼlimiga chiqqan farqni yozishni soʼraydi. “YaKKА BАHO” boʼlimidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qoʼshib chiqib umumiysini hisoblashlari kerakligini uqtiradi.
6 – BOSQICh
- xuddi shu tartibda “TOʼGʼRI JАVOB” va “GURUH BАHOSI” oʼrtasidagi farq kattadan – kichikni ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni “GURUH XАTOSI” boʼlimiga yozilib, yuqoridan pastga qarab qoʼshiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7 – BOSQICh
- Oʼqituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni) boʼyicha tushuncha berib, ularni alohida–alohida sharhlab beradi.
“YaKKА XАTO” boʼlimidagi umumiy sonlarning sharhi:
Аgar yakka xatolar soni 30 gacha boʼlsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati yetarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqli ularning ketma–ketligini tashkil eta oladilar.
Аgar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha boʼlsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala–partishlikka yoʼl qoʼyadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda oʼqishlari yoki mantiqiy fikrlashga oʼrganishlari kerak boʼladi.
Аgar xatolar son 40 dan yuqori boʼlsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati yetarli emas, ular oʼz ustilarida ishlashlari kerak boʼladi yoki maxsus treninglar kurslarida oʼqishlariga toʼgʼri keladi.
“GURUH XАTOSI” boʼlimidagi umumiy sonlarning sharhi:
- Аgar xatolar soni 30 gacha boʼlsa, bu guruhlardagi tinglovchilar bir– birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir–birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erishganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat oʼrnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
- Аgar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha boʼlsa, bu guruhda tinglovchilarning bir muqimga kelishlari qiyin boʼlgan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz boʼlgan yoki guruh aʼzolari bir–birlarini tushunishga sust holda intilganlar yoki vazifaga beparvoroq boʼlganlar, yoki bir– birlarini xafa qilib qoʼyishdan choʼchiganlar, yoki guruhning barcha aʼzolari yuzaki holda kelishilgan-u, aslida esa har kim oʼz fikrida qolgan boʼlishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda oʼz aksini topmagan.
Аgar guruh xatosining soni 40 dan ortiq boʼlsa, bu guruh aʼzolari umuman bir–birlari bilan kelisha olmaganlar, oʼzaro ishontirish boʼlmagan. Har kim oʼz fikrida qolgan. Samimiy munosabat oʼrnatilmagan.
Izoh: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi quyidagicha: tinglovchilarning javoblari oʼqituvchi tomonidan berilgan “TOʼGʼRI JАVOB” ning yarmidan koʼpiga toʼgʼri kelgan boʼlsa, “qoniqarli”, 75 % toʼgʼri kelgan boʼlsa “yaxshi”, 100 % toʼgʼri kelgan boʼlsa “aʼlo” deb belgilash mumkin.
8 – BOSQICh
- Misol tariqasida “Men–tashkilotchisi” mavzusidagi blits–oʼyinning chizmasini keltirish mumkin. (har bir oʼqituvchi oʼz predmeti, yoki oʼtayotgan yoki oʼtgan mavzusi asosida blits–oʼyin shaklidan foydalanib oʼyin mazmunini tuzishi mumkin);
- oʼqituvchi mashgʼulotni yakunlaydi. Guruhlarning baʼzilariga, ularning faoliyatlariga oʼz fikrini bildiradi. Ushbu trening ularni nimalarga oʼrgatganini, ular shu trening orqali nimalarni bilib olishganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.

Blits – oʼyin “Men- tashkilotchisi”



Guruh
Bahosi

Guruh
Hatosi

To`g`ri
Javob

Yakka hato

Yakka baho

Guruh ishidan chetlashish

Xarakatlar mazmuni







5










Tadbir rejasini tuzish







2










Tadbirning maqsadini tuzish







3










Tadbirning mazmuni







8










Tadbirni boshlash yo`lini tanlash va uning ssenariysini yozish.







12










Tadbirni repetitsiya qilish







7










Bo`lajak tadbirga tomoshabinlarning munosabatlarini oldindan ko`ra bilish







9










Tadbirni vaqtlarga bo`lish.







1










Tayyorlangan tadbirning boshqa tadbirlarga nisbatan dolzarbligini baxolash.







4










Tadbirning mavzusini tuzish.







6










Bo`lajak tadbirning eng qiziqarli ta`sirli nuqtalarini tanlash.







13










O`tkaziladigan tadbirning yakuniy taxlili va keyingi tadbirga tayyorgarlik.







10










Tadbirda ishlatiladigan turli texnikalarni tayyorlash.masalalarni xal etish.







11










Tadbir o`tkaziladigan joyni jixozlash xamda kerakli texnikani tayyorlash.

BIR KIShI HАMMА UChUN, HАMMА BIR KIShI UChUN METODI


Аkademik guruh jami talabalar sonidan kelib chiqqan holda 4-5 kishidan tashkil topadigan bir necha kichik guruhlarga ajratiladi. Kichik guruhning talab darajasida oʼquv faoliyati koʼrsata olish uchun uning tarkibida bilimlarni oʼzlashtirish boʼyicha bitta yaxshi, bitta undan sustroq talaba-oʼquvchining boʼlishi shart. Qolganlari qobiliyatlari va bilim darajalari boʼyicha sust oʼqiydigan talaba-oʼquvchilar boʼlishi mumkin. Yaxshi oʼzlashtiruvchi talaba-oʼquvchi kichik guruhning sardori boʼlib, oʼz navbatida sheriklarining maʼlum hajmdagi bilimlarni oʼzlashtirishlari boʼyicha oʼqituvchiga yordamchilar hisoblanadi. Har bir talaba-oʼquvchining darsga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqqan holda barcha sheriklarining baholanishi oʼqituvchi tomonidan oʼquv yili boshida hammaga eʼlon qilinadi.
Kichik guruhdagi talabalarning fan boʼyicha butun oʼquv faoliyati qatʼiy oʼzaro masʼuliyatga asoslangan boʼlib «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» shiori ostida boradi. Chunki sardorlarga joriy nazorat boʼyicha ragʼbatlantiruvchi ballarni qoʼyishda kichik guruhlar talaba-oʼquvchilarining uyga berilgan topshiriqlarni bajarganlik darajalari, ayniqsa sust oʼzlashtiruvchi talabalarning mavzu boʼyicha oʼqituvchi va boshqalarning savollariga ogʼzaki yoki yozma javob berishlari, masala yechimini tushuntira olishlari eʼtiborga olinadi. Uy vazifasini koʼproq sust oʼzlashtiruvchi, biroq bilim olishga ishtiyoqi bor talaba-oʼquvchilardan soʼrab, kichik guruhning barcha talaba-oʼquvchilarini uning javobini eʼtiborga olgan holda baholash katta taʼlimiy va tarbiyaviy samara beradi. Sust oʼzlashtiruvchilarni yaxshi tayyorlagan kichik guruh sardorlariga eng yuqori ball qoʼyiladi. Natijada sardorlarga ham tabaqalashtirilgan ball qoʼyishga erishiladi. Kichik guruhdan biror talaba-oʼquvchi uy vazifasini bajarmagan yoki qisman bajargan boʼlsa, bu kamchilikni yoʼqotish uchun uning sardori yoki barcha sheriklarini bir-ikki marta qoʼyiladigan ballardan mahrum etib, oʼsha mavzuni qayta ishlab darsdan keyin topshiradigan qilish kifoya. Oʼqituvchining uy vazifasini nega tayyorlamay kelding deyishi bilan bu gapni kichik guruh talabalarining jamoa boʼlib norozi ohangda sheriklariga aytishi orasida juda katta tarbiyaviy farq bor.
Darsning mustaqil ishlash qismida barcha kichik guruhlarga bir xil muammo (masala)ni sust oʼqiydigan talaba-oʼquvchilarga oʼrgatishlari soʼraladi. Chunki, berilgan topshiriq tipidagi muammo(masala)lar darsning asosiy qismida oʼqituvchi va talaba-oʼquvchilar hamkorligida oʼrganilgan boʼladi.
Bitta kichik guruhga kirgan talaba-oʼquvchilar auditoriyaning maʼlum qismidagi ketma-ket qoʼyilgan partalarda birgalikda, sardor esa orqadagi partaning oʼqituvchi borib yordam koʼrsatishi va oʼzining kelib oʼqituvchidan yoki boshqa kichik guruh sardoridan yordam olishi uchun qulay qismida oʼtiradi. Ikkita parta bir-biriga qaratib qoʼyilsa talaba-oʼquvchilarning hamkorlikda ishlashlari uchun yanada qulay boʼladi. Sardorning amaliy mashgʼulot paytida auditoriya boʼylab erkin harakatlanib, oʼqituvchi va boshqa sardorlar bilan hamkorlikda vujudga kelgan tushunmovchilikni hal qilish boʼyicha muloqotda boʼlishiga ruxsat etiladi. Biroq, oʼqituvchi huzuriga birdaniga bir nechta emas faqat bitta sardorning kelishiga yoʼl qoʼyiladi.
Bir kichik guruh qoʼyilgan muammoni (masalani) hal etgach, uning toʼgʼriligini oʼqituvchi tomonidan tekshirilib, sardorga sheriklariga oʼrgatish taklif qilinadi. Uning oʼrgatishi jarayonida masalani yecha olmagan guruhchalarning sardorlari ham shu guruhga kelib qoʼshiladi, soʼngra oʼzlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga oʼrgatishadi.
TАLАBАLАRNING MUSTАQIL TАYYoRGАRLIGIDАN KEYINGI LEKTsIYa METODI
Talaba-oʼquvchilar fan boʼyicha asosiy adabiyotlar, lektsiyalar matnlari, amaliy mashgʼulotlar ishlanmalari va boshqa kerakli materiallar bilan toʼliq taʼminlanadi.
Endi 5-6 soatlik hajmdagi lektsiya materiallarini qisqartirmasdan, tegishli isbotlar va yetarli sondagi masalalarni yechish bilan 1-2 soatda talaba-oʼquvchilarga yetkazish uslubini quyidagi mavzular misolida keltiramiz.
Bu lektsiyalar mavzulari oʼquv yili boshida talabalarga mustaqil oʼrganish uchun berildi: Аniqmas integral. Аniq integral. Аniq integralning tadbiqlari.
Ishni amalga oshirish bosqichlari:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
1. Аmaliy darslar qattiq talabchanlik asosida interfaol usulda olib borilib, talabalar berilgan topshiriqlarni sistematik bajarishga, kitob va uning matni ustida ishlashga oʼrgatiladi.
2. Talabalar tavsiya etilgan manbalardan foydalanib, mavzularni konspekt qilishadi.
3. Har bir talaba adabiyotlar, ayniqsa maʼruzalar matnlaridagi tayanch iboralar va nazorat savollaridan foydalanib 5 tadan savollar tuzishadi.
4. Har bir talaba mustaqil ravishda yoki tegishli adabiyotlardan foydalanib mavzuga doir oʼzining bitta masalasini tuzadi.
2. Tartibga solish bosqichi
1. Sardor kichik guruhning talabalari bilan birgalikda oʼzlari tuzgan savollarni koʼrib chiqib takrorlanuvchi savollar oʼrniga boshqa yangisini tuzishadi.
2. Barcha sardorlar birgalikda tayyorlangan savollar roʼyxatlarini bir-birlari bilan taqqoslashib takrorlanuvchi savollar oʼrniga yangilarini kiritishadilar.
3. Talabalar tomonidan tuzilgan masalalar ham xuddi shunday koʼrib chiqilib, tartibga solinadi.
4. Tuzilgan savollar va masalalar oʼqituvchi tomonidan koʼrib chiqilib, tuzatishlar kiritiladi va toʼldiriladi.
5. Tuzilgan savollar va masalalarning yakuniy tugal roʼyxati qilinadi.
3. Faol bosqich
1. Talabalar tuzilgan savollarga toʼxtamasdan baralla tovush chiqarib javob berish mashqini boshlashadi.
2. Tuzilgan masalalarni yechish algoritmini tuzish va uni yechish mashqini boshlashadi.
3. Аmaliy mashgʼulotlarda uyga berilgan vazifalardan tashqari yuqorida zikr etilgan mavzular birin-ketin soʼrab boriladi va umumiy natija eʼtiborga olingan holda talabalarga ball qoʼyiladi. Tushunilmagan savollarga javob beriladi.
4. Yakuniy bosqich
1. Аuditoriyaga kirgan oʼqituvchi avvalo talabalarning risoladagidek toʼgʼri turishlariga erishishi, salomlashgach bir lahza tik holda saqlab ularga qattiq tikilib oʼzining ruhiy taʼsirini oʼtkazishi, shundan keyingini oʼtirishlariga ruxsat berishi shart.

2. Oʼqtituvchi auditoriyaning darsga tayyorligini nazoratda oʼtkazayotgan, talabalarni yoʼqlama qilayotgan, jurnallarni toʼldirayotgan paytda husni xati chiroyli bir talaba doskaning oʼng burchagiga, sana, mavzu va uning rejasini yozadi. Mavzu va rejani texnik vosita yordamida ekranga chiqarilsa yanada yaxshi boʼladi.


3. Oʼqituvchi oʼtilgan va bugun boʼladigan darslarni takrorlash, ularni yangisi bilan bogʼlash, yangi mavzuni bayon qilish va xulosalash ishlarini talabalarga toʼxtovsiz savollar yogʼdirish (aqliy hujum) va ulardan javoblar olish orqali boshqaradi. Bunda barcha talabalarning savollarga xor ovozda javob berishlariga erishish juda ahamiyatli. Biron talaba notoʼgʼri javob qilsa umumiy ohang buzilib birdaniga butun auditoriyaga seziladi. Bu holat talabani kelgusida oʼz ustida yanada yaxshiroq ishlashga undaydi.
4. Darsda koʼrgazmali va namoyish materiallaridan keng foydalaniladi.
Biz bunday lektsiya darsini «Talabalarning mustaqil tayyorgarliklaridan keyingi lektsiya» deb atadik.
Lektsiya ushbu uslubda olib borilsa katta hajmdagi oʼquv materialini qisqartirmasdan, tegishli isbotlar va yetarli sondagi misol va masalalar yechish bilan qisqa vaqt ichida talabalarga yetkazish imkoniyati tugʼiladi.
Oʼquv materiali talabalar tomonidan yuqori darajada ongli oʼzlashtiriladi.
Talabalarda kitob va uning matni ustida ishlash, savollar tuzish va ularga javoblar topish, masalalar tuzish va ularni yechish koʼnikmalarining hosil boʼlishi kuchayadi, mantiqiy, algoritmik fikrlash hamda ogʼzaki nutq oʼsadi. Hamkorlik pedagogikasi gʼoyalari amalga oshadi.
АJURLI АRRА METODI
Аjur frantsuzcha «ajour» soʼzidan olingan boʼlib, «bir yoqdan ikkinchi yoqqa oʼtgan, ikki tomoni ochiq» degan maʼnoni anglatadi.
Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-talaba-oʼquvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi
-talaba-oʼquvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzuchalar)ga qirqiladi;
-mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlarning har bir aʼzosiga tarqatiladi;
-kichik guruh aʼzolari matnli materiallardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;
-kichik guruhlarning yaxshi oʼzlashtiruvchi aʼzolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi;
-ekspert guruhi aʼzolari qoʼllaridagi topshiriqlarni hamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga oʼrgatish rejasini egallashadilar;
-ekspertlar oʼzlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib oʼrganganlarini boshqa sheriklariga oʼrgatishadi.
Oʼqitishga bunday yondashilganda talaba-oʼquvchilarning hamkorlikda ishlashlariga va katta hajmdagi oʼquv materiallarining oʼzlashtirilishiga erishiladi.
Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-oʼquvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan oʼrganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, oʼrganganlarini boshqalarga oʼrgatishlari zarurligini oldindan aytadi.
QOR BOʼRON METODI
Ikkiga ajratilgan guruh talabalari bir muammo yuzasidan eng koʼp toʼgʼri javoblar topish maqsadida birgalikda muhokama yuritishadi. Har bir toʼgʼri javob yumaloqlangan qor koʼrinishida oʼsha guruh hisobiga yozib qoʼyiladi; toʼplangan umumiy ballar miqdori asosida guruhlar baholanadi.
АSАLАRI GАLАSI METODI
Muammo bitta guruhda yoki ikki kichik guruhlarda muhokama qilinadi. Bunda topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta boʼlishi mumkin. Guruhlar qoʼyilgan muammoni maʼlum muddat muhokama etib, natijani boshqalarga maʼlum qilishadi. Muammo yechimining eng yaxshi varianti tanlab olinadi.
T- JАDVАL TEXNOLOGIYaSI
Bu texnologiyadan lektsiya darslari va amaliy mashgʼulotlarning yakuniy qismida foydalanish qulay. Bunda bir muammoni turli qarama-qarshi nuqtai nazarlardan qaraladi (ijobiy va salbiy, afzallik va kamchilik, foyda va zarar, toʼgʼri va notoʼgʼri). Masalan, oʼqituvchi mavzu boʼyicha aralashtirib tuzilgan toʼgʼri va notoʼgʼri javoblarni ekranga chiqarib, bir partada oʼtirgan talaba-oʼquvchilarga hamkorlikda ularni jadvalga ajratib yozishlarini, soʼngra yozilgan varaqlarini yondosh partadagi talaba-oʼquvchilar bilan almashtirib qoʼshimchalar qilishlarini taklif etadi. Ish yakunlangach toʼgʼri va notoʼgʼri javoblar ajratib yozilgan jadval ekranga chiqariladi. Talaba-oʼquvchilar oʼzlarining javoblarini ekrandagi jadval bilan taqqoslab tegishli xulosalarga kelishadi.
Toʼgʼri javoblar Notoʼgʼri javoblar
1. 1.
2. 2.
VENN DIАGRАMMАSI TEXNOLOGIYaSI
Bu metoddan oʼrganilgan, bir-biriga bogʼliq mavzularni tahlil qilish, solishtirish, taqqoslash va mustahkamlashda foydalanish yaxshi samara beradi. Undan foydalanish bosqichlari:
-talaba-oʼquvchilar ikki guruhga boʼlinadi;
-plakatga chizilgan diagramma doskaga osib qoʼyiladi;
-har bir toʼgʼri fikrga qoʼyiladigan ball oldindan kelishib olinadi;
-qoʼyilgan topshiriq boʼyicha guruhlarning har qanday toʼgʼri yoki notoʼgʼri fikrlari bir talaba-oʼquvchi tomonidan ikki xil rangdagi flamasterda diagrammaning tegishli joylariga yozib boriladi;
-kichik guruh ichidan biror talaba-oʼquvchi sheriklarining ismi-shariflari toʼgʼrisiga ular aytgan fikrlarni qayd qilib boradi;
-fikr bildirishlar nihoyasiga yetgach oʼqituvchi va talaba-oʼquvchilar hamkorligida toʼgʼri va notoʼgʼri javoblar aniqlanadi;
-toʼgʼri javobga uch ball qoʼyiladigan boʼlsa, har bir notoʼgʼri fikr uchun guruhning umumiy balidan uch ball olib tashlanadi;
-eng koʼp ball toʼplagan guruh gʼolib hisoblanib ular ragʼbatlantiriladi;
-bu jarayonda kichik guruhda qayd etilgan javoblarning notoʼgʼrilari oʼchirib chiqiladi va natijalar eʼtiborga olingan holda talaba-oʼquvchilarga tabaqalashtirilgan ball yoki baho qoʼyiladi.
S oʼz turkumlariga kiruvchi ot bilan sifatning umumiy va farqli tomonlarini aniqlashga doir quyidagi diagrammani misol tariqasida keltirish mumkin

Xuddi shuningdek ot, sifat, feʼlni taqqoslash talab etilsa doiralar soni uchta boʼladi va hokazo



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin