Matlabda ma`lumotlar faqat matritsa shaklida tashkil qilinadi. Buning esa 3ta usuli bor:
* ma`lumotlarni klaviaturadan to`g’ridan-to`g’ri kiritish;
* ma`lumotlarni faylli disklardan kiritish;
* ma`lumotlarni matlab komandalari yordamida xosil qilish.
Klaviaturadan to’g’ridan-to`g’ri kiritishga misollar ko`raylik:
>> x= [ 5 4 -3] yoki >> x= [ 5, 4, -3]
terilsa, x – vektor-qator deb qabul qilinib x(1) =5, x(2)=4, x(3)= -3 bo`ladi.
>> u= [ 0 2 2 3
5 -3 6 2 ] yoki u= [ 0 2 2 3; 5 -3 6 2 ]
u-(2x4) o`lchovli matritsa bo`ladi va u(1.1)=0, u(1.2)=2, u(1.3)=2, u(1.4)=3, u(2.1)=5, u(2.2)=3, u(2.3)= 6, u(2.4)=2 bo`ladi. Matritsada (;) qatorlar orasini ajratish uchun kerak.
Matritsa elementlari ifoda bo`lishi mumkin:
Z= [sin(0) sqrt(4) 2^3+1 5/2 3^2].
U xolda quyidagi vektor aniqlanadi:
Z= [0 4.000 9.000 2.500 9.000]
diag(A) komandasi berilgan matritsaning diagonalida turgan elementlarni ekranga chiqaradi:
A=[-1 0 1; 0 -1 0; 1 -1 1]
A =
-1 0 1
0 -1 0
1 -1 1
>> diag(A)
ans =
-1
-1
1
Dostları ilə paylaş: |