Raqobat ustunligini saqlab qolish. Tashkilot innovatsion faoliyatni amalga oshirish natijasida innovatsiyalarni intellektual mulk obbyektlari sifatida himoya qilish jarayonida belgilab qo‘yilgan raqobat ustunligiga ega bo‘ladi..
Investitsioniqlimningsezilarlidarajadayaxshilanishi. Innovatsion iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar oqimi ko‘p jihatdan intellektual mulkning samarali huquqiy himoyasi mavjudligiga bog‘liq. Investorlar xatarlilik darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarga sarmoya kiritmaydilar. Zero, bunday korxonalarning menejerlari hali uzoq muddat raqobatchilar kirib bora olmaydigan bozorda korxona ulushining barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun zarur darajada himoyalanishi lozim bo‘lgan intellektual mehnat natijalarini himoya qila olmaydilar.
Asosiy maqsadi u yoki bu masalalarni hal etish uchun yangi bilimlarning uzatilishi bo‘lgan texnologiyalar transferiga intellektual mulkni himoya qilish mexanizmining samaradorligi to‘g‘ridan –to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, innovatsiyalarni himoya qilish innovatsion jarayonlarni boshqarishning muhim vazifasidir. Ushbu muammoning hal etilishi texnologiyalarni uzatish jarayoni, innovatsiyalar diffuziyasi, xuddi boshqa tovar va xizmatlar kabi ularning sotilishi va sotib olinishi jarayonlarini jadallashtirish imkonini beradi. Intellektual faoliyat mahsulotlarini almashish natijasida yara- tilgan texnologiyalar bozorining ahamiyati bugungi kunda har qachongidan ham o‘sib borayotganligini kuzatishimiz qiyin emas. Intellektual mulk - bu katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashkilotning muhim nomoddiy aktivi hisoblanishi bois, tegishli himoyani ta’min etish asosida raqobatchilar tomonidan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish juda muhimdir.
Huquq tizimi o‘z ichiga turli xuquq sohalarini qamrab oladi, ular o‘z navbatida kichik soha va institutlarga bo‘linadi. Huquqiy tartibga solish predmeti bo‘yicha
birlashtirilgan huquqiy me’yorlarning alohida guruhi huquq sohasidir. Huquqning har bir sohasiga uni tartibga solish predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadigan huquqiy tartibga solishning o‘ziga mos uslubi xosdir.
Intellektual mulk huquqi yoki intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasidir. Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchiliklarini individuallashtirish vositalarini muhofazalash, shuningdek noan’anaviy obbyektlarni muhofazalashdan iborat bo‘lgan mualliflik huquqi va sanoat mulki shu kichik sohaning institutlaridir.