Tabiyki, hozrgi kunda ushbu omilga bo'lgan ehtiyojmandlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Mazkur tarmoq butun dunyo miqyosida global tarmoqdir. Zero unda mavjud yangiliklardan xabardor etuvchi matinlar, tasvir hamda ovoz hizmatlari va bir qator imkoniyatlar barcha jabhada katta yengilliklarni yuzaga keltirayotgan bo'lsa-da, ammo ikkinchi tomondan insoniyatni beixtiyor vertual olamga jalb etib bormoqda. Ayniqsa bu ta'sir doirasidan o'smir yoshlar ham yo'q emas. Bu borada mutahasislarning so'zlari quydagi natijalarni isbotlamoqda:internet tarmog'idagi ijobiylik insonning fan, soha va faoliyatiga bog'liq muhim aniq dalillarga ega bo'lishida har tomonlama qulayligi va tegishli vaqt miqdorining tejalishiga olib kelishi kundek ravshan, lekin qiziquvchanlik sababli Internet axborotlaridagi ortiqcha ma'lumotlarga haddan ziyod berilib ketishlaridir. Izlanuvchanlik, fikriy rivojlanish, mushoxada, taxlil qilish qobilyati va xotiraning o'tkirlik darajasini susaytirishga sabab bo'lmoqda. Ma'lumki, Internet vositasidan foydalanish hech kimga majburiy bo'lmagan va insonning o'z tafakkuridan kelib chiqqan qonun qoidalar asosida bo'lishi kerakligi hamda undagi me'yor talablari, ya'ni Internet tarmog'idan axborotlarni to'g'ri tanlash har jihatdan o'rinlidir. Bundan ko'rinib turibdiki, ushbu tarmoq vositasining o'z ichiga qamrab olgan axborotlar miqyosi shu qadar keng va ko'p ekanligi gohida o'zimizga kerakli bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishimizda ham qiyinchilik tug'dirmoqda.
Barchamzga ma'lumki, Internetda ishlashimiz uchun qidiruv tizimining o'rni beqiyos. O'zingizga kerakli barcha ma'lumotlarni shu kabi biron bir saytning “izlash” katakchasiga yozib, chiqarilgan ko'pgina ma'lumotlar ichidan o'zingizga keraklisini tanlab olaverasiz yoki ma'lum bir saytning manzili yodingizdan ko'tarildimi, yana o'sha qidiruv sistemalari yordamga keladigan saytga aloqador kalit so'zlarini terasiz va qarabsizki o'sha sayt qarshingizda namayon bo'ladi. Internet tarmog'ida: Yahoo, Google, Ref.uz singari yana boshqa nomlar bilan ataluvchi qidiruv tizimlari mavjud.
Yuqoridagi qidiruv dasturlari haqida batafsil va umumiy ta'rif berishda ularni biror bir tizim orqali masalan, Google tizimini tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu kompaniya Internetdagi yetakchi qidiruv tizimi hisoblanadi, dunyo bo'ylab tarmoq foydalanuvchilarning o'ntadan yettitasi u yoki bu ma'lumotlarni topish ilinjida aynan mana shu saytga murojat qilishadi. Tizim har kuni 50 mlionga yaqin so'rovlarni qabul qiladi, sakkiz milyardlab veb-sahifalarni ideksatsiya qiladi. U 101 tildagi axborotni izlab topishi mumkin. Keyingi
yillarda butun dunyo internet foydalanuvchilari orasida keng ommalashib borayotgan Google tizimi 1998 – yil sentyabrda ishga tushgan. Hozirda bu kompaniyaning qidiruv tizimlaridan tashqari yana bir qator foydali va qulay hizmatlari mavjud va ular soni ortib bormoqda. Darhaqiqat, hozirda nafaqat Internet tarmog'i vujudga kelganligi, bundan tashqari shu kabi jahonaro rivojlanib keayotgan turli – tuman axborot texnologiyalar yosh avlodga ijobiy ta'sir kuchini o'tkazayotganligini bir tomondan quvonarli bo'lsa – da, ikkinchi tomondan ularni turli salbiy saboqlardan asrash maqsadida tarbiyaviy muhitni kuchaytirishga undaydi.Bugungi kunda xarbiy hizmatchilar radio–televidenie, matbuot Internet kabi vositalar orqali rang barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda xarbiylarimiz ongini o'rab–chirmab, uni o'qima, buni ko'rma deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan orab olish hech shubhasiz zamonning talabiga ham bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga xam to'g'ri kelmaydi. Nega deganda biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagi o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat va jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish inson huquqi va erkinliklarini fikrlar rang – barangligini o'z hayotimizda yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun ma'rifatli xalqaro hamjamiyat bilan tinch – totuv, erkin va farovon hayot kechirish o'zaro manfaatli xamkorlik qilish tarafdorimiz.
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi rahbari M.Otamurodov va boshqalar sobiq Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish jarayonida o‘qitish tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali joriy etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlagam edi. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 28 dekabrda qabul qilingan “ZiyoNET” axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori barcha bo‘g‘indagi ta’lim maskanlarini zamonaviy kompyuter texnikasi, multimedia vositalari bilan ta’minlash, ularni jamoat ta’lim axborot tarmog‘iga ulash ishlarida muhim omil bo‘layotir.
Yurtimizdagi 12 mingdan ortiq ta’lim muassasalari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy tashkilotlar 25 mingdan ziyod o‘quv materiallari va resurslarni o‘z ichiga olgan Ta’lim portaliga ulangan. Bu – masofadan turib o‘qitish usullarini ta’lim tizimiga keng joriy etish, o‘quvchi va yoshlarga axborot-kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishni yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda mazkur portal ota-onalar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar, pedagogika sohasida tadqiqot olib borayotgan olimlar uchun ta’limdagi so‘nggi ma’rifiy yangiliklardan boxabar bo‘lish, maktablararo o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish imkonini bermoqda.
Bugungi shiddatli globallashuv davrida yoshlar ongu shuurini internet orqali kirib kelayotgan zararli g‘oya va ta’sirlardan samarali va ishonchli himoyalash tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, ota-onalardan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni, yosh avlodning g‘oyaviy-mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni talab qiladi.3