Mavzu: Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid. Reja



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/5
tarix11.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#96190
1   2   3   4   5
Akt

Internetning salbiy jihatlari?

Bu ommaviy kommunikatsiya turi dastlab paydo bo`lganda, aksariyat ishlarning elektron shaklga o`tishi oqibatida ko`plab ish o`rinlari boy beriladi, degan xavotirlar bo`lgan. Chunki internetdan oldin bu ishlar qog`ozlar orqali yoki ofis-idoralarda ishchi-xodimlar qo`li bilan amalga oshirilardi. Ammo internetning iqtisodiyot uchun, kompaniyalar uchun keltirgan ulkan foydasi bu xavotirlarni yo`qqa chiqardi. Endigi asosiy xavotir va tahdid internetda shaxsiy va biznes ma`lumotlarini almashishning qanchalik xavfsiz ekani haqida bo`lmoqda. Xavotirlar shu darajada oshdiki, hatto hukumatlar internet tahdidlarining oldini olish uchun ko`proq e`tibor va resurslar ajratmoqda. Kiber xuruj va kiber urush degan atamalar paydo bo`ldi.
Internetda foydalanuvchilar uchun eng katta tahdid ularning shaxsiy ma`lumotlari boshqalarning qo`liga tushishi yoki oshkor qilinishi xavfi hisoblanadi.
Biz onlayn xizmatlardan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali muloqot qilganimizda ko`plab shaxsiy ma`lumotlarimizni internetga kiritamiz. Bular shaxsiy suratlar, bank yoki moliya ma`lumotlari, sog`liqqa oid ma`lumotlar, do`stlarimiz bilan o`zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki email va ayrim saytlarga kirish uchun ishlatiladigan login va parollar bo`lishi mumkin. Odatda, bu ma`lumotlarning xavfsiz saqlanishini onlayn xizmatni taqdim etuvchi saytlar ta`minlaydi, ammo shunday holatlar ham bo`ladiki, bu ma`lumotlaringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo`liga o`tib qolishi va ular bu ma`lumotlardan g`arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin.
Demak, faqat o`zimizgagina tegishli bo`lgan, boshqalarga bizning roziligimizsiz berilmaydigan barcha ma`lumotlar bizning shaxsiy mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz.
Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi o`z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo`lishi mumkin. Shaxsiy ma`lumotlarning oshkor bo`lishi sizga moddiy va ma`naviy zarar keltirishi mumkin.
B

itta misol keltiramiz. Masalan, siz ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmasdan, faqat do`stimga yuboryapman, degan ishonch bilan ayrim shaxsiy surat yoki ma`lumotlarni hamma ko`radigan joyga joyladingiz. Yoki hech kimga ko`rinmaydi, deb o`ylab, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim saytlarga qo`yilgan shubhali havolalar ustiga bosdingiz; bilmasdan uni o`z sahifangizda baham ko`rdingiz yoki ehtiyotsizlik bilan shubhali saytni ochganingiz uchun sizning roziligingizsiz bu sayt haqidagi ma`lumotlar hammaga ko`rinadigan sahifangizda paydo bo`lib qoldi. Shaxsiy hayotingizga taalluqli bo`lgan bunday ma`lumotlarning boshqalarga oshkor bo`lishi sizning obro`ingizga putur yetkazishi yoki siz haqingizda boshqalarda salbiy tasavvur hosil bo`lishiga olib kelishi mumkin. Bu ma`naviy zarar hisoblanadi. Bundan tashqari, bu kabi ehtiyotsizlik natijasida sizning nomingiz bilan turli taqiqlangan saytlarga tashrif buyurishlari mumkin.
Moddiy zararga bir misol. Agar elektron pochtangizga kelgan shubhali maktubdagi havolani bosib, uni ochsangiz va natijada shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan zararli dastur kompyuteringizga o`rnashib olsa, u kompyuteringiz va elektron pochtangizdagi barcha shaxsiy ma`lumotlarni ko`chirib, ushbu dastur ortida turgan shaxslarga jo`natishi mumkin. O`g`irlangan ma`lumotlar orasida bank va kredit karta ma`lumotlari bo`lishi mumkin va ulardan foydalangan holda kiberjinoyatchilar pulingizni o`marishi turgan gap.
Oddiy odamlarni nishonga oluvchi internet xurujlari ortida, asosan, moddiy boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron pochtalari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma`lumotlarni o`girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma`lumotlarini topib, ulardan pul o`marishadi. Shaxsiy ma`lumotlar, surat va videolarni o`g`irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi bilan odamlarni shantaj qilib, pul talab qilishlari ham mumkin.

Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug`ullanuvchi shaxslarni topish uchun internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo`llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e`tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Internet xavfsizligi nima uchun kerak?
Yuqorida tilga olingan noxush holatlarning oldini olish uchun internetdan xavfsiz foydalanish yo`l-yo`riqlarini bilish kerak.
Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng yaxshi himoya vositasi – internet gigienasiga rioya qilishdir. Ya`ni, internetdan to`g`ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish lozimligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni bo`lishingiz ehtimoli juda kam.
Emaildan xavfsiz foydalanish yo`llari
Elektron pochta – internetning eng qulay, eng kerakli va barcha internet foydalanuvchilari ishlatadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Internetning boshqa har qanday xizmatidan foydalanish uchun, masalan, ijtimoiy tarmoqqa a`zo bo`lish, onlayn savdoni amalga oshirish kabi faoliyatlar uchun, avvalo, elektron pochta manziliga ega bo`lishingiz kerak. Email orqali keladigan tahdidlarni bir necha turga bo`lish mumkin:
Spam – Elektron pochtangizga kelgan va siz olishni istamagan har qanday maktubni “spam” deyish mumkin. Odatda, turli yo`llar bilan odamlarning elektron pochta manzillarini yig`gan guruhlar ulkan emaillar jamlanmasiga ommaviy maktublar yuborishadi. Spam shaklida kelgan maktublar zararsiz bo`lishi va ulardagi ma`lumotlar faqat qaysidir mahsulotning oddiy reklamasi bo`lishi ham mumkin. Ammo siz bu kompaniya mahsuloti haqida reklama olishni istamagansiz va sizning roziligingizsiz email manzilingizni qayerdandir olishib, sizga bu ma`lumotlarni yuborishayotganlari bois, bunday maktublar “spam” hisoblanadi.
Masalan, sizga qanaqadir farmatsevtika kompaniyasidan dorilar ro`yxati va ularning narxi ko`rsatilgan maktub keldi. Sizning bu kompaniyaga hech qanday aloqangiz yo`q yoki ularning mijozi emassiz. Demak, email mangizlingizni qayerdandir qo`lga kiritishgan va sizga reklama sifatida o`z mahsulotlarini reklama qilib xat jo`natishgan. Aslida bu xatda hech qanday zararsiz ma`lumot yo`q, lekin istalmagan axborot sifatida bunday xat ham “spam” hisoblanadi.
K

o`plab davlatlarda hatto odamlarning roziligisiz bunday maktublarni yuborish taqiqlangan. Lekin internetdek chegarasiz olamda odamlardan bunday qoidalarga rioya qilishini kutmaganingiz ma`qul.
Unutmang, “spam” maktublarda shaxsiy ma`lumotlarni o`g`irlashni maqsad qilgan dasturlar joylangan bo`lishi ham mumkin.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin