Mavzu: Internetga ulangan buyumlarni (Interenet of Things (IoT)) dasturlash asoslari



Yüklə 423,57 Kb.
səhifə4/6
tarix10.06.2023
ölçüsü423,57 Kb.
#128239
1   2   3   4   5   6
Ilova darajasi. Ushbu darajada tegishli sanoat tarmoqlari va faoliyat sohalari (energiya, transport, savdo, tibbiyot, ta'lim va boshqalar) uchun turli xil ilovalar mavjud. Ilovalar "Vertikal" ya'ni ma'lum bir sanoat uchun "maxsus" yoki iqtisodiyotning turli sohalarida ishlatilishi mumkin bo'lgan "gorizontal" bo'lishi mumkin.
Internet qurilmalar platformalarining tahlili
Zamonaviy "smart" ishlab chiqarishda Internet qurilmalarning joriy etishda asos avtomatlashtirish platformalari hisoblanadi. Ko'pincha ular har bir alohida korxonaning talablari va infratuzilmasi asosida ishlab chiqiladi - bu holda faqatgina mahalliy mutaxassislar bunday ichki tuzilishining samaradorligini baholaydilar. Biroq, turli xil vazifalarga moslashish qobiliyatiga ega bo'lgan ko'plab umumiy maqsadli platformalar mavjud. Platformani yaratish maydoni bozorning asosiy ishtirokchilari o'rtasida taqsimlangan, General Electrics, IBM, Intel, Jasper va boshqa kompaniyalarning yechimlari ommabop deb tan olingan.
Platformaga bo'lgan asosiy talablari:

  • Qurilmalar: Barcha platformalar nafaqat buyruqlarni qabul qilishi, balki ulangan qurilmalarga ham buyruq yuborishi imkoniyati mavjud bo'lishi kerak;

  • Himoya: buyruqlar almashinuvi shifrlangan bo'lishi kerak;

  • Aloqa: Wi-Fi yoki Ethernet orqali ulanishdan tashqari, u uyali yoki sun'iy yo'ldosh aloqasini yoki qisqa masofalardagi aloqalarni (Bluetooth, ZigBee va boshqalar) qo'llab-quvvatlashi kerak;

  • Protokollar: HTTP, MQTT, xabarlar navbatini qo'llab-quvvatlash;

  • Tahlil: Katta ma'lumotlarni maxsus texnologiyalar yordamida tahlil qilish, masalan, Apache Hadoop, shuningdek, ularga asoslangan o'zgarishlarni bashorat qilish.

  • Hodisalarni qayta ishlash: Qurilmalar ishlash uchun qoidalarni yaratish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Quyida bir nechta mashhur platformalarning imkoniyatlarini ko'rib chiqamiz.
Amazon kompaniyasi platformasi
AWS IoT deb nomlangan platforma 2015 yil dekabr oyida ishlab chiqilgan. 
AWS IoT platformasi sxemasi
Platforma qurilmalarni AWS xizmatlari va boshqa qurilmalar bilan bog'laydi, ma'lumotlarni himoyasi va aloqa xavfsizligini taminlaydi. Ilovalar Internetga ulanmasdan ham qurilmalar bilan ishlashi mumkin. 
AWS IoT qo'shimcha qurilmalar va mobil dasturlarni ulash uchun SDK taqdim etadi, bu MQTT, HTTP yoki WebSockets protokollari orqali AWS IoT platformasi bilan xabar almashishnida qo'llaniladi. SDK paketi C, JavaScript va Arduino Sketch dasturlash tillarini qo'llab-quvvatlaydi va mijoz kutubxonalari va dasturchilar uchun qo'llanmani o'z ichiga oladi. 
Qurilma shlyuzi e'lon qilish va yozib olish modellarini ishlatgan holda xabar almashishni qo'llab-quvvatlaydi, bu esa "birga-bir" va "birga-ko'p" sxemalar bilan ishlashni ta'minlaydi va avtomatik ravishda ishlaydi.
Reestr sizga qurilmalarni aniqlash va ularning meta-ma'lumotlarini, masalan, atributlar, parametrlar yoki xususiyatlarni kuzatish imkonini beradi.
Har bir qurilmaning "soyasi"ni yaratish imkonyati mavjud bo'lib, bu uning doimiy virtual versiyasi hisoblanadi va qurilmaning eng so'nggi aktual holatini o'z ichiga oladi va ilovalar yoki boshqa qurilmalarga xabarlarni o'qishni va ushbu qurilma ulanmagan bo'lsa ham o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradi.
Qoidalar mexanizmi sizga har qanday infratuzilmani boshqarib o'tirmasdan, ulangan qurilmalar tomonidan global miqyosda olingan ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va tahlil qilish uchun IoT ilovalari bilan harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.

Yüklə 423,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin