4-jadval Dunyoning ayrim davlatlarida korxonalardan olinadigan foyda va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalari1
Davlatlar
|
Korxonalardan olinadigan foyda solig'i stavkalari,
%
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig'i eng yuqori stavkalari, %
|
AQSH
|
35
|
35
|
Buyuk Britaniya
|
28
|
50
|
Germaniya
|
15
|
45
|
Frantsiya
|
33,3
|
41
|
Hindiston
|
20
|
30
|
Portugaliya
|
25
|
30
|
Norvegiya
|
28
|
25
|
Ispaniya
|
30
|
21
|
Gollandiya
|
25
|
15
|
Shvetsiya
|
26
|
30
|
Avstriya
|
25
|
25
|
Daniya
|
25
|
27
|
Yaponiya
|
25,5
|
20
|
Janubiy Koreya
|
22
|
20
|
Turkiya
|
20
|
15
|
Belgiya
|
34
|
25
|
Italiya
|
27,7
|
43
|
Lyuksemburg
|
21
|
15
|
Braziliya
|
15
|
25
|
G’arb mamlakatlarida soliq imtiyozlari, birinchi navbatda investitsiyalar va ilmiy texnika faoliyatini rag’batlantirish, shuningdek ayrim tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash uchun joriy qilinadi. Ularning yordamida ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiyalash, texnika bilan qayta jihozlash uchun sharoitlar yaratiladi. Investitsiya, ilmiy-texnika faoliyatini, tadbirkorlikni butun mamlakat doirasida, mintaqa miqyosida va ayrim faoliyat sohalari bo’yicha rag’batlantirishga yo’naltirilgan soliq imtiyozlari eng barqaror imtiyozlar hisoblanadi.
Soliq imtiyozlari berish orqali investitsion faoliyatni rag’batlantirish Frantsiya, Italiya, Finlyandiya hamda Gretsiyada qo’llaniladi. Biroq, Evropa Hamjamiyati (EH) ushbu rag’batdan foydalanishni korxonalar o’rtasida raqobat muhitining pasayishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydi.
Iqtisodiyotda investitsion jarayonni jadallashtirishning muhim jihati, bu bank-moliya tizimining rivojlanishi bilan bog’liq. Ko’pgina moliya institutlari, xususan banklar ichki va tashqi moliya resurslarini akkumulyatsiya qilish va
real sektorlarga investitsiyalashda faol qatnashadilar. Kanadaning Prins-Eduard orolida kichik va o’rta korxonalarning investitsion faoliyatini qo’llab- quvvatlash ishlarining aksariyatini mahalliy tijorat banklari amalga oshirdi. Prins-Eduard orolidagi kichik va o’rta korxonalar faoliyatini moliyalashtirishning 65 foizi aynan mahalliy tijorat banklari, 9,9 foizi “Korona” korporatsiyasi, 1,3 foizi ko’chmas mulkni garovga qo’yish evaziga moliya-lashtirgan turli fondlar hissasiga to’g’ri keldi2.
Shu o’rinda aytish joizki, xorijiy mamlakatlarda O’zbekistondan farqli o’laroq, moliya institutlarining keng qatlami kredit berish huquqiga ega va bu kreditlash jarayonidagi raqobatni kuchaytiradi.
Investitsiyalarga dotatsiya berish Ispaniya misolida yaqqol ko’rinadi. Aytish joizki, iqtisodiyotda investitsiyalarga dotatsiya ajratish mexanizmini amaliyotda qo’llash alohida qonun asosida amalga oshiriladi va loyihalarni berish, ularni tanlab olish va nazorat qilish iqtisodiyot va moliya vazirligining xududiy ofislari orqali olib boriladi. Bunda loyihalarni tanlab olishdagi ustuvorlik yangi ishchi o’rinlarini barpo etish, mahalliy xom ashyoni qayta ishlash, yangi korxonalar uchun ishlab chiqarish hajmining, amal qiluvchi firmalarga esa, mehnat unumdorligi sur’atining o’sishi va texnologik o’zgarishning yangilik darajasi hamda mintaqa ma’muriyati tomonidan qo’llab-quvvatlanish omillariga beriladi. Dotatsiya ajratishdagi asosiy talabga ko’ra, ariza topshirgan firma tomonidan loyiha qiymatining kamida 30 foizi moliyalashtirilishi zarur.
Frantsiyada “Davlat – mintaqa” reja paketi asosida investitsiyalarga subsidiya beriladi. Bu erda, yangi shakllanayotgan sanoat korxonalariga, ayrim hollarda xizmat ko’rsatish firmalariga beriladigan investitsiya subsidiyalari ko’zda tutilib, har bir yaratilgan ish o’rni uchun qaerda barpo etilganiga qarab 50-70 ming miqdorigacha mablag’ to’langan. Undan tashqari, firmalarga ajratiladigan subsidiya miqdori yalpi investitsiyaga nisbatan chegaralangan bo’lib, bu nisbiy ko’rsatkich 17 foizdan 34 foizgacha belgilangan.3
Masalan, Evropa Ittifoqining xududiy investitsion siyosat yuritish institutlari va moliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan mablag’lar va ishlab chiqilgan yo’nalishlar EIga a’zo mamlakatlarning mutasaddi idoralari tomonidan asos sifatida qabul qilinadi, o’zlashtiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi.
EI xududiy investitsion siyosatining asosiy vositasi, Evropa komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan besh yillik dasturlardir. Aynan ushbu komissiya muayyan dasturlarning ustuvorligi va moliyalashtirish hajmini belgilaydi. Keyingi yillarda 32 ta turli yo’nalishlardagi dasturlar moliyalashtirildi. Ular mavjud xududiy muammolarni bartaraf etish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik jihatdan barqaror taraqqiy etishini ta’minladilar. Mazkur dasturlar xususan, “Rechard” - mintaqa va tarmoq rivojlanishidagi sur’atlarning pasayishi bilan bog’liq muammolar echimiga yo’naltirilgan bo’lsa, “Regis” - Evropa Ittifoqi markazidan uzoqroq joylashgan qoloq hududlar iqtisodiyotining tarmoq tarkibini diversifikatsiyalash, “Regen” - chekka hududlarni gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash,
“Stride” - xududlarning ilmiy-tekshirish texnologiyalarini yaratish sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tekshirish tashkilotlari va sanoat korxonalarini qo’llab-quvvatlash, “Leader” - sanoatlashgan hududlardan uzoq joylashgan qishloq joylaridagi aholini ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, qishloq hududlari rivojlanishiga yordam berish, qishloq xo’jaligini diversikatsiyalash, “Star” - nisbatan qoloq mintaqalarni zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash va telekommunikatsiya xizmatlarini taraqqiy ettirish, “Valoren” - ichki energiya manbalaridan samarali foydalanish negizida mintaqalarni rivojlantirish masalalarini o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish lozimki, yuqoridagi dasturlarda mintaqalarni qo’llab-quvvatlash masalasi birlamchi omil sifatida olinmaydi, balki unga aynan muayyan bir yo’nalishdagi muammoni hal etishda ustuvorlik beriladi.
Ushbu dasturlarni moliyalashtirish Evropa Ittifoqidagi tuzilmaviy jamg’armalar tomonidan amalga oshiriladi. Ular quyidagilar:
Evropa Ittifoqi o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni bartaraf etishga yordam beruvchi “Mintaqalarni rivojlantirish Evropa jamg’armasi” (European Regional Development Fund-ERDF);
Bandlik bilan bog’liq muammolarni bartaraf etishga ko’maklashuvchi – “Evropa ijtimoiy Jamg’armasi” ( European Social Fund-ESF);
EI agrar siyosatini qo’llab-quvvatlash va qishloq joylarining rivojlanishini ta’minlashga asoslangan Evropa qishloq xo’jaligini boshqarish va kafolatlash jamg’armasi huzuridagi bo’linma .
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishning xorij tajribasini o’rganish, ushbu mamlakatlarda investitsiya siyosatini yuritishda foydalaniladigan vositalarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish imkonini beradi. Jahon xo’jaligidagi ayrim davlatlarning xududiy siyosat yuritish bo’yicha dastak va vositalari 5- jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |