I.Karimov (ma'ruzadan)
2009-2014 yillаrdа аmаlgа оshirish ko’zdа tutilgаn invеstitsiоn lоyihаlаr Dаsturini to’liq аmаlgа оshirish uchun bаrchа moliyaviy mаnbаlаr hisоbidаn jаmi 42,5 mlrd. dоllаr miqdоridа mаblаg’ аjrаtilishi ko’zdа tutilgаn.
Shuningdek, mа’ruzаdа 2010 yildа mаmlаkаtimizdа muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSH dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investitsiYalar jalb qilinishini vа to’g’ridаn-to’g’ri хоrijiy investitsiyalаr hаjmi 46 fоizgа оshishi rеjаlаshtirilаyotgаnligi аlоhidа e’tirоf etildi.
Investitsiya dаsturlаridа muayyan dаvrdа аmаlgа оshirilishi mo’ljаllаngаn lоyihаlаr, ulаrning bаjаrilish bоsqichlаri vа sаrflаnishi ko’zdа tutilgаn mаblаg’lаr qiymаti hududlаr vа tаrmоqlаr bo’yichа аks ettirilаdi. Investitsiya dаsturlаri uzоq muddаtgа mo’ljаllаngаn bo’lib, undа hаr bir yil uchun mo’ljаllаngаn chоrа-tаdbirlаr аlоhidа ifоdаlаngаn bo’lаdi.
“Iqtisоdiyotning eng muhim еtаkchi tаrmоqlаrigа хususiy invеstоrlаrni jаlb qilish vа ulаrdа nоdаvlаt sеktоr ulushini yanadа kеngаytirish zаrur. Bundа bo’lаjаk invеstоrlаrning bаrchа tоifаlаrigа хususiylаshtirish jаrаyonlаridа tеng shаrоit yaratishni tа’minlаsh, ulаrdа хususiy sеktоr ishtirоkini kеngаytirish, хususiylаshtirish bitimlаrining оchiqligi vа оshkоrаligini ko’zdа tutish lоzim.” 4
Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi (2010 yil 27 Yanvаr) ma’ruzasidа Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliYatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarni, qulay investitsion muhitni shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiYa qilish va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rivojlantirishni normativ-huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida o’rin egallagаnligini tа’kidlаb o’tdi.
2.2 Investitsiya risklarini pasaytirish yo`llari va sug`urtalash
Investitsiya risklarini pasaytirishda ko`proq sug`urtalashdan foydalaniladi. Sug`urta himoyasiga olishning uchta turi farqlanadi.
O`z-o`zini sug`urtalash.
Bu usulda xo`jalikdagi har qanday sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisalar, korxonalardagi maxsus jamg`armalar tomonidan qoplanadi. O`z-o`zini sug`urtalash maxsus fondlarga ajratiladigan ajratmalar summasiga bog`liq bo`ladi. YA`ni ko`rilgan zararlar miqdori ko`p bo`lsa, ajratma summasini oshishiga olib keladi va shu jihatdan bu mablag`lar chegaralangandir. Korxonaning aylanma mablag`laridan bir qismi maxsus fondlarga jamg`ariladi va aylanma mablag`lar xajmiga salbiy ta`sir kursatadi. O`z-o`zini sug`urtalash ikkita asosiy sababga ko`ra zarur bo`ladi:
- korxonani sug`urtaviy himoyalashning boshqa usullarini qo`llash mumkin bo`lmaganda;
- yoki shunday risklar turlari borki, ularni albatta kompensatsiya qilish zarur.
2. Sug`urtalash.
Sug`urta iqtisodiy faoliyatning muhim turi sifatida, sug`urtalanuvchilar mulkiy qiziqishlarida ko`riladigan zararlar bo`yicha risklarni taqsimlanishi bilan bog`liq va bevosita maxsus ixtisoslashtirilgan tashkilotlar (sug`urtalovchilar) tomonidan, sug`urta badallarini bir joyga to`plovchi, sug`urta zahiralarini tashkil qilish va sug`urtalanuvchilarning ko`rgan zararlarini qoplashni amalga oshirishni ifodalaydi. Bu holatda sug`urtalanuvchilar o`rtasida risklarni taqsimlash asosiy jarayon bo`lib, ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlar bo`yicha potentsial risklar sug`urtalanuvchilar o`rtasida taqsimlanadi, ya`ni ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni qoplash har bir sug`urtalanuvchilar zimmasiga tushadi. Bu munosabatlarda asosiy o`rinni sug`urtalovchiga to`lanadigan sug`urta badallari egallaydi. Ammo, bu sug`urta badallarining etishmovchiligi yuzasidan ko`riladigan zararlarni sug`urtalovchi qoplamaydi degani emas. Ana shu holat sug`urta faoliyatida tadbirkorlik riskini keltirib chiqaradi, ya`ni sug`urtalovchi kurilishi mumkin bo`lgan zararlar yuzasidan oldindan sug`urta qoplamasini o`z mablag`lari hisobidan ham to`lashni ko`zda tutadi.
2-jadval
Sug`urta usuli albatta sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yoki bo`lmagan risklarni ehtimoliyligi baholanganda va sug`urtalovchi tomonidan zararlarni qoplash bo`yicha aniq moliyaviy kafolatlar mavjud bo`lganda qo`llaniladi.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko`p o`o`llaniladiganlari quyidagilar:
1) Loyihaning sezgirlik tahlili.
2) “Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash.
3) Barqarorlikni tekshirish.
3-rasm. Investitsiya faoliyati yo’nalishlari
Sezgirlik tahlili loyihaning o`xshash parametrlaridan biri o`zgarganda, loyiha samaradorligi qay darajada o`zgarishiga miqdoriy baho berishda o`o`llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli darajada ta`sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun o`tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog`liq vazifalarni echishda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy qiymatni hisoblashga yordam beradigan omillar aniqlanadi. Keyin ma`lum oraliqlarda omillardan biri o`zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo`l har bir omil uchun takrorlanadi. Bundan so`ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil o`zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning muvaffaqiyatiga eng ko`p darajada ta`sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili yordamida, hisoblar uchun zarur bo`lgan turli xil o`zgaruvchilar berilganda, naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o`zgarishlarini aniqlash mumkin. Turli xil o`zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi, investitsiya davri davomiyligi, kredit foizi, xom ashyo va yonilg`i qiymati, soliqlar miqdori va boshqalar misol bo`ladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo`lgan holdagi sotish hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo`lsa, korxona zararlarni qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo`lsa, korxona ishini zararsiz olib borayotgan bo`ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida o`o`llaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi past bo`lsa, korxona zararga ishlayotgan bo`ladi. Bu tahlil loyihani baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishga bir qator zararsizlik nuqtalarini hisoblashga imkon beradi.
4- rasm. O’zbekiston Respublikasi banklarining yalpi kapitali
Barqarorlikni tekshirish usuli yordamida investitsiya ishtirokchilari uchun eng xatarli variantlarda investitsiya loyihasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqishni oldindan ko`rib chiqish mumkin. Har bir rejada har bir ishtirokchining rejalashtirilayotgan daromadi, yo`qotishlari, samaradorligi e`tiborga olinadi. Agar barcha ko`rib o`tilgan holatlarda ishtirokchilar qiziqishlari kuzatilsa, kutilayotgan ko`ngilsiz oqibatlar mavjud zahira va rezervlar hisobiga cheklatilsa yoki sug`urta to`lovlari bilan qoplansa, loyiha barqaror va samarali deb hisoblanadi. Loyihaning barqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining ehtimolli o`zgarishlarga nisbatan ishlab chiqarish, narx va mahsulotning eng yuqori darajadagi qiymati orqali ifodalanishi mumkin.
3-jadval
YUqorida ko`rib o`tilgan riskni boshqarish bosqichlari va riskni baholash usullari yordamida risk sababli bo`ladigan yo`o`otishlarni pasaytirish, ular bilan bog`liq ko`ngilsiz oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif qilish mumkin.
Umumdavlat resurslari hisobidan markazlashgan holda ajratmalarni amalga oshirish orqali. Bu resurslar hisobidan katta xajmdagi ko`zda tutilmagan holatlar bo`yicha favqulodda zararlar qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: |