To‘rtinchidan, ish kuchi va kapitalning iqtisodiyotning qonuniy sektorlaridan yashirin iqtisodiyotga oqib ketishiga olib keladigan tranzaksiya xarajatlarining kamayishi kuzatilmoqda. Beshinchidan, kelgusida texnologik yutuqlarga erishish nuqtasiga aylanishi va keyingi 20-30 yil davomida mamlakat ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlanishi uchun zamin yaratishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning eng istiqbolli sohalariga yo‘naltirilgan investitsiya siyosati strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Investitsiya muhiti mamlakatdagi barcha faoliyat sohalariga taʼsir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, islohotlar ko‘lami iqtisodiy, institutsional, taʼlim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv taʼminoti, energetika, transport va boshqa yo‘nalishlarni qamrab oldi. Shuningdek, tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi eng yorqin misol - bu 2020 yilda tuzilgan eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyati bo‘lib, uning vazifalariga tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, pandemiya tufayli yuzaga kelgan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni taxlil qilish, shuningdek, har bir tadbirkorlik subyektining muammosini hal qilishda individual yondashuv asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Komissiya aʼzolarining joylarga chiqqan holda olib borgan faoliyati natijasida 98 mingdan ortiq korxonalar faoliyati manzilli tartibda o‘rganildi va natijada 5902 ta korxonalarning 6235 ta muammoli masalalari aniqlandi. Muammolarning har biri tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari va Respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan yaqin hamkorlikda hal etildi.
Xulosa: Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, jahon amaliyoti va tajribasidan kelib chiqib, biznesning investisiya va innovasion faoliyatiga to'sqinlik qilayotgan muammolarni endi oddiy vositalar bilan, ya'ni imtiyozlar berish yoki yangi deklarativ me'yorlarni nashr etish bilan hal qilishning imkoni yo'q. Xususiy investisiyalarni faollashtirish uchun tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish talab etiladi. Biznes bilan doimiy muloqot, muayyan sektorlarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladigan to'siqlarni aniqlash va yengib o'tish bo'yicha astoydil ish olib borish kerak. Shu munosabat bilan quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faol ish olib borish orqali xorijiy investisiyalar oqimini ko'paytirish mumkin.