Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi O`rni



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#120948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
3-мавзу-1

4. Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi O`rni


Xalqaro lizing biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshlagan. Xalqaro lizing operatsiyalrini rivojlanishiga quyidagi omillar ta‘sir etgan: ko`pchilik mamlakatlarda kredit olish shartlarining og`irligi, banklar tomonidan foiz stavkalarining oshirilishi, moliyaviy inqirozlar, ba‘zi mamlakatlar soliq tizimining beqarorligi va boshqalar. Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar shundan iboratki, ular hamkor mamlakat hukumatining valyuta, bojxona va boshqa tartibga solish qoidalari ta‘siri ostida bo`ladi. Xalqaro lizing taraqqiyoti oldidagi to`siqlarni yo`q qilish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli mamlakat va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro moliyaviy lizing bo`yicha Ottava Konvensiyasi 1988 yilning may oyida qabul qilingan. Jahon amaliyotida lizingning taraqqiyoti ko`p jihatdan davlatlarning qonunchiligida mavjud to`siqlar va shart-sharoitlar asosida shakllanib kelmoqda. Bugungi kunda yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan
―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ va milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib ko`rsatish mumkin.
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. a‘zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o`rganish va taqqoslash;

  2. barcha xuquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda ko`maklashish;

  3. lizing bitimlarining shartlari to`g`risidagi ma‘lumotlarni yig`ish;

  4. lizing firmalarini tashkil etish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni o`rganish. 80-yillar oxirlariga kelib jahonning 60 ta mamlakatiga tegishli lizing

kompaniyalar 150 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritgan. 1965 yilda ―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA) tashkil topgan bo`lib keyinchalik uning tarkibiga ko`plab moliya va lizing tashkilotlari birikishni boshlashgan. Bugungi kunda uning a‘zolari soni 25 ta104 lizing tashkilotlaridan iborat bo`lib, har bir davlat



104 Immorent Aktiengesellschaft, Австрия. KBC Lease Group, Бельгия. Китай Лизинг Бизнес Ассоциации Китайской ассоциации предприятий с иностранными инвестициями Предприятия, Китай. CSOB Лизинг как, Чешская Республика. Nordania лизинга, Дания. Piraeus Египет лизинговая компания, Египет. Nordea Finance Финляндии Limited, Финляндия. Ergo, Исландия. Сундарам Finance Limited, Индия. Промышленность и шахты лизинговая компания, Иран. Iccrea Bancalmpresa, Италия. ABN AMRO NV аренды, Нидерланды. DNB Bank ASA, Финанс, Норвегия. Europejski Fundusz Leasingowy SA, Польша. Caixa Лизинг электронной факторинг, Португалия. Лизинговая компания УРАЛСИБ, Россия. BCR Лизинг IFN SA, Румыния. Swedbank Финанс AB,
faqat bitta lizing tashkiloti bilan a‘zolikka qabul qilinishi mumkin. IFLA a‘zolari muhim bo`lgan xalqaro kredit institutlari bilan uzviy aloqalarga ham ega bo`lishadi.
―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA)ga a‘zo bo`lish uchun quyidagi talablarni bajarishi lozim:

    • lizing tashkiloti kredit va lizing asosida moliyalashtirishga yo`naltirilgan bo`lishlari lozim;

    • barqaror moliyaviy tizimga ega bo`lishi;

    • lizing tashkilotlari o`z faoliyati, kuch g`ayrati bilan assotsiatsiya faoliyatini rivojlantirishga ko`maklashishi talab qilinadi.

―Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi‖ (IFLA) o`zining asosiy maqsadi sifatida, a‘zolari o`rtasida forumlar tashkil etish va bu bilan ular o`rtasida o`zaro g`oyalar, bilimlar, malaka va ma‘lumotlar almashinuviga zamin yaratishga qaratgan. Bunday o`zaro almashinuvlar tomonlar manfaatlariga xizmat qilishga yo`naltirilgan. Assotsiatsiya o`z faoliyati doirasida a‘zolari faoliyat doirasi, ularning moliyaviy natijalari va shu kabi boshqa ma‘lumotlarni o`rganib boradi va o`z a‘zolari faoliyatini qiyosiy baxolaydi. Bugungi kunda yirik lizing markazlaridan yana biri bu Yevropa lizing bozori bo`lib uning 78 foizi 8 ta (Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha va Shvesiya) mamlakat ulushiga to`g`ri keladi, bundan tashqari bu mamlakatlar Yevropa ittifoqi xududida ishlab chiqarish sohasining 78 foizlik ulishiga ega hisoblanadilar. Yevropa ittifoqi (YEI) xududida faoliyat yuritayotgan firmalarni doimiy kuzatuv tahlil jarayoni bilan Yevropa markaziy banki (YEMB) shug`ullanib boradi.
Bugungi kunda Yevropa lizing bozorining yirik ishtirokchisi bu ―Leaseurope‖ bo`lib unga 1972 yilda asos solingan. ―Leaseurope‖ hozirgi kunda Yevropa davlatlarining 44 ta assotsiatsiyalarini o`zida birlashtirgan federatsiya hisoblanadi va Yevropa lizing bozorini 93 foizini egallagan. Bugungi kunda ―Leaseurope‖ Yevropa davlatlaridan tashqari AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiya kabi davlatlarining

Швеция. Tunisie лизинга, Тунис. Турецкие Финансовая Лизинговая Ассоциация, Турция. УФНА Американская ассоциация финансовых услуг, Соединенные Штаты Америки. HSBC Bank, Великобритания. Лизинг оборудования и финансам ассоциации (ELFA), Соединенные Штаты Америки.


lizing assotsiatsiyalari bilan hamkorlik munosabatlarini o`rnatgan. Yevropa mamlakatlarida 2015 yilda lizing portfelining hajmi 15.1-rasmda keltirilgan.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin