Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlanish va uning miqdori va o’lchovi. Atom energiyasi. Radioaktiv nurlanish tabiati



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#38181
1   2   3   4   5
2-дарс

Ionlovchi nur manbalariniikki guruhga – tabiiy va su’niy manbalarga bo’lish 

mumkin.Tabiiy manbalarga quyidagilar kiradi: 

1.Kosmik nurlar. Ular tabiati jihatdan turli korpuskulyar yoki kvant nurlar 

oqimidan iborat. 

2.Geologik jinslardagi radioaktiv moddalar. Uran, radiy, poloniy, radon va 

boshqakimyoviy elementlar.  

3.Suv, havo, odam tanasi radioaktivligi. 

Tabiiy manbalardan tarqaluvchi nurlar hayot uchun zaruriy radioaktiv muhitni 

hosil  qiladi. M.Kyuri o’z vaqtida aytganidek, radioaktiv muhit odam, hayvonlar va 

boshqa tirik mavjudot yashashi uchun zarurdir. Tirik mavjudot, shuhisobda odamlar 

evolyutsiya  jarayonida  bu  muhitga  moslashgan  va  radioaktiv  muhit  hayot  uchun 

bezarar.  

Ionlovchi  nurlarning su’niy  manbalari  radioaktiv  fonni ortishiga  olib keladi, 

turli  asoratlar  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Bu  manbalarga  odam  faoliyati  tufayli 

yuzaga  keluvchi  radioaktiv  ifloslanishlar,  chiqindilar,  turli  nurlovchi  uskanalar, 

atom reaktorlari, energetik, texnologik va tadqiqot reaktorlari, nurlovchi uskunalar 

va  radioaktiv  preparatlar  kiradi.  Bu  manbalarni  ham  bir  necha  guruhga  bo’lish 

mumkin. 


1.Yadro  sinovlari,  atom  elektrostansiyalaridagi  avariyalar,  radioaktiv 

moddalarni  qazib  olish,  uranni  boyitish  fabrikalarning  chiqindilari,  uran  bilan 

ishlovchi  ob’yektlarida  texnologik  jarayonlarining  buzulishidan  yuzaga  kelgan, 

tabiiy  muhitdagi  radiatsiyaning  su’niy  manbalari,masalan,Qozog’istonda, 

Semipalatinsk yadro poligoni; AQSHda Nevada shtatida va Polineziya orollaridagi 

yadro  poligonlari  hududi  va  uning  atrofidagi  radioaktiv  qoldiqlar  va  osmondan 

yog’ilgan  chang,  Chelyabinsk  shaxri  yaqinida  Techa  daryosiga  radioaktiv 

chiqindilarni katta miqdori tushishi natijasida yuzaga kelgan radioaktiv ifloslanish 




 

havzasi,    Kishtim  shaxri  yaqinida  radioaktiv  chiqindilar  portlashidan,  Chernobil 



AESning  avariyasi  natijasida  Belorusiya,  Ukraina  va  Rossiyaning  o’nga  yaqin 

oblastlarini qamrab olgan radioaktiv ifloslanish regionlari. 

2.Atom energetik, texnologik va tadqiqot qurilmalari, turli tezlatgichlar, AES-

lar, tadqiqoto’tkazish va radioaktiv moddalar olish uchun mo’ljallangan reaktorlar, 

atom  suvusti  va  suvosti  kemalari,  radioizotoplar  olinadigan  tsiklotronlar 

ekspluatatsiyasi ma’lum darajada nurlanishga sabab bo’ladi.  

3.Texnologik  gamma-  va  rentgen  uskunalar.  Bu  turdagi  nur  manba’lariga 

sanoat  mahsulotlari  qalinligi  va  defektining  nurli  nazorat  gamma  ustanovkalari, 

aeroportlarda  va  boshqamuhim  ahamiyatli  ishlab  chiqarishda  turli  nazorat 

uskunalari misol bo’ladi.  

4.Tibbiyotda  qo’llanuvchi  diagnostik  va  terapevtik  uskunalar:  turli 

rentgenodiagnostik  apparatura;  rentgenoterapevtik,  beta  nurlovchi  uskunalar, 

betatronlar, chiziqli tezlatgichlar, gammaterapevtik  qurilmalar.  

5.Radioaktiv  preparatlar  –  diagnostika  va  davolash  maqsadida  qo’llanuvchi 

turli radioaktiv moddalardir.  

Radioaktiv preparatlar ikki guruhga bo’linadi: ochiq va yopiq. Yopiq radioaktiv 

preparatlar  –  tashqi  muhitdan  germetik  tuzilgan  moddalardir.  Bu  tur  preparatlar 

ichiga radioaktiv modda kiritilgan kavak igna, naycha, disk, granula munchoqchalar 

shaklida  yasalgan.  Preparatning  tashqi  devori  oltin,  zanglamaydigan  po’latdan 

yasaladi.  Radioaktiv  modda  sifatida 

226

Ra, 


60

Co, 


137

Cs, 


192

Ir  qo‘llanadi.  Yopiq 

radioaktiv preparatlar devoridan faqat gamma nuri teshib o’ta oladi, shu sababli ular 

vositasida  gammaterapiya  amalga  oshiriladi.  Yopiqradioaktiv  preparatlar  bilan 

ishlashda  nurlanish  havfi  bor.  Muolaja  tugagach  radioaktiv  preparat  tanadan 

chiqarib olinadi.  

Ochiq  radioaktiv  preparatlar  suyuq,  kolloid  yoki  chin  eritma,  gazsimon 

radioaktiv  moddalar  bo‘lib,  ular  ko’proq  diagnostika,  kamroq  davolanish 

maqsadlarida  ishlatiladi.  Bu  preparatlar  og’iz  orqali  ichiriladi,  venalar  yoki 

to‘qimalar  orqali  tanaga  yuboriladi.  Bu  preparatlarni  yuborishga,  tayyorlash 

organizmga kiritish jarayonida Personal radioaktiv moddalari bilan ifloslanishi va 



10 

 

nurlanishi mumkin. Tanasiga ochiq radioaktiv modda yuborilgan odam yoki hayvon 



radioaktiv  ifloslanish  manbasiga  aylanadi.  Unda  ochiq  radioaktiv  preparat  to‘liq 

parchalanib bo’lmaguncha va organizmdan chiqib ketmaguncha saqlanadi.  

Bu bosqichlarning hammasi ham texnologik jarayon buzilgan taqdirda ma’lum 

darajada havfli bo‘lishi mumkin. 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin