Mavzu; Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi Mundarija Kirish Reja; I bob Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va mohiyati


II.Tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni



Yüklə 56,27 Kb.
səhifə7/12
tarix02.01.2022
ölçüsü56,27 Kb.
#38359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi

II.Tashqi iqtisodiy faoliyat mazmuni

2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari

Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish


jarayonidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning subyektlari xalqaro hamkorligining
xilma-xil shakllari tizimidir.10 Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va
turli milliy davlatlar iqtisodiyotidagi o’zaro bog’liqlik va xo’jalik aloqlarining
kengayishi natijasida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, soha va
yo’nalishlari yanada ortib bordi. Oddiy tovarlar ayirboshlash o’rnini teng huquqli
va manfaatli savdo egallay boshladi. Milliy davlatlarning tashqi savdonitartibga
solish dastaklari, usullari murakkablashib bordi. Natijada, faqat tashqi savdo
xususida emas, unga bog’liq keng ko’lamdagi aloqalar: davlatlararo savdoiqtisodiy bitimlar, o’zaro hamkorlik majburiyatlari, banklararo to’lovlar tizimi,
transport va sug’urta ta’minoti, tovarlarning sufatlari, standartlashtirish talablari
xususidagi masalalar ham katta o’rin egallay boshladi. Shu sababdan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarni yaxlit bir tizim sifatida tasvvur etgan holda, o’zaro
bog’liq masalalrni kompleks hal etish zaruratini anglamoq lozim.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yo’nalishlari, ularni amalga oshirish
mexanizmi va shakllarini to’liq tasavvur qilish uchun o’tgan asrning 50-yillaridan
boshlab xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimini xalqaro miqyosda tartibga
solishdagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish o’rinlidir : - xalqaro savdoni taribga solishda Tariflar va Savdo bo’yicha Bosh Bitimning
qabul qilinishi hamda 1995-yilda Jahon savdo tashkilotining shakllanishi
davlatlar o’rtasidagi tovar va xizmatlar savdosi, investitsiyalar va maxsus xarid
xususiyatiga ega tovarlarni tartibga solish qoidalarini belgilab berdi;
BMTning tarmoq va sohalar bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlari (komissiylar,
konferensiyalar, qo’mitalar, dasturlar) doirasida tashqi savdoning tartibga
solinishi lozim bo’lgan sohalar bo’yicha Konvensiyalar, shartnomalar qabul
qilindi. Masalan, xalqaro savdoda yuk tashish qoidalari, intellektual mulk
himoyasi, investitsiyalarni sug’urtalashga oid xalqaro konvensiyalar shular
jumlasidandir; - tashqi va xalqaro savdoni amalga oshirishda xalqaro bank-moliya tizimi –Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi kabilar shakllandi hamda o’zaro hisob-kitob, kredit, investitsiyalar va grantlarni o’zlashtirish bo’yicha tegishli tartiblar belgilandi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkiban tashqi savdoga aloqador bo’lgan boshqa sohalar bilan bog’liqligi ortdi.
Xalqaro iqtisodiy faoliyatning sohalari kengaydi va savdo-sotiq,
investitsiyalar, ish kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni ko’chirish, axborot
almashish, fan-texnika yutuqlarini ayirboshlash va boshqa ko’plab sohalar bilan
o’zaro bog’liqlikda, o’zaro ta’sirda bo’lishini namoyon eta boshladi. Xalqaro
iqtisodiy aoqalarning mazkur sohalari davlatlar o’rtasida ikki va ko’p tomonlama
maxsus bitimlar tuzish hamda kelishuvlarni amalga oshirish zarurligini taqazo eta
boshladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy yo’nalishlar sifatida
quyidagilarni ajratish mumkin: - maxsulotlar (tovar va xizmatlar) ayrboshlash, ya’ni xalqaro savdo; - ilmiy-texnikaviy maxsulotlarni ayrboshlash; - ishlab chiqarishni joylashtirish; - investitsiyalar, valyuta va kreditlar borasidagi yo’nalishlar; - axborot va aloqa sohalaridagi yo’nalishlar; - mehnat resurslari harakati yo’nalishlari.
Qayd etilgan yo’nalishlar alohida tarzda emas, balki o’zaro bog’langan va birbirini ta’minlovchi sohalar sifatida ham qaralmog’i lozim. Masalan, ikki
mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlashda ularning bank tizimlari, balyuta
almashinuvi tartibi bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berishda ishtirok etuvchi
transport - ekspeditorlik, sug’urta, sifatni tekshirish va nazorat etish kabi sohalarga
aloqador masalalarda ham munosabatlar albatta o’rnatilgan bo’lishi shart.
Jahon xo’jalik faoliyati va xususan, tashqi iqtisodiy faoliyatga quyidagi sohalar
kiradi:
-xalqaro savdo;
-ishlab chiqarish va fan-texnika sohasidagi xalqaro ixtisoslashuv;
-fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ayrboshlash; mamlakatlar o’rtasidagi
valyuta
moliyaviy hamda kredit aloqalari; kapital va ishchi kuchining harakati;
-xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati, global
muammolarni hal etishdagi iqtisodiy hamkorlik.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli shakllari mavjud bo’lib, unga quyidagilar
kiradi: tashqi savdo(tovar va xizmatlar bo’yicha), qo’shma tadbirkorlik (qo’shma
korxonalar, franchayzing, laysenzing, agentlik va h.k.), hamkorlikning boshqa
shakllari (biznes alyanslar, konsortsiumlar va h.k.).
Tаshqi iqtisodiy fаoliyatning аsosiy printsiplаri quyidаgilаrdаn iborаt: • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining erkinligi vа iqtisodiy mustаqilligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining tengligi; • sаvdo-iqtisodiy munosаbаtlаrni аmаlgа oshirishdа kаmsitishlаrgа yo‘l qo‘yilmаsligi; • tаshqi iqtisodiy fаoliyatni аmаlgа oshirishdаn o^ro mаnfааtdorlik; • tаshqi iqtisodiy fаoliyat sub’ektlаrining huquqkri vа qonuniy mаnfааtlаri dаvlаt tomonidаn himoya qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning eng muhim shakillaridan biri - tashqi savdo bo’lib u milliy mehnat natijasida yaratilgan mahsulot va xizmatlar bilan xalqaro
almashinuv demakdir. Tаshqi sаvdo fаoliyati xаlqаro tovаrlаr, ishkr (xizmаtlаr)
sаvdosi sohаsidаgi tаdbirkorlik fаoliyatidir. Tаshqi sаvdo fаoliyati tovаrlаrni,
ishlаrni (xizmаtlаrni) eksport vа import qilish yo‘li bilаn аmаlgа oshdi. Uni
tog’ri rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va amalga oshirish, aniqligiga erishish uchun tasniflash lozim. Tasniflash deganda xalqaro tijorat kelishuvini
oldi-sotti va tovar almashish kelishuvlariga ajratishni tushunish mumkin. Tashqi
savdo operatsiyalarini amalga oshirish harakteri va predmetiga ko’ra u
quyidagilarga ajratiladi:

1. Tayyor maxsulotlar savdosi

2. Yig’ilmagan ko’rinishdagi maxsulotlar savdosi

3. Barter operatsiyalari

4. Eskirgan uskunalar savdosi

5. Xom-ashyo savdosi

6. Litsenziyalar savdosi

7. Injiniring hizmatlarini ko’rsatish va boshqalar.

8. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi savdoga asoslanadi, chunki bunday faoliyat
tufayli mamlakatlar o’z ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish imkoniyatiga egadirlar. Shuni takidlash joizki, xalqaro savdo tashqi
iqtisodiy faoliyat barcha qolgan shakllari va turlarining boshlang’ich,
muvofiqlashtiruvchi va ko’paytiruvchi negizi hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy
faoliyatning horijiy sarmoyani jalb etishdek shaklining samaradorligi ham uning
darajasiga bog’liqdir. Savdodagi qonun hujjatlari tomonidan belgilangan va
boshqa cheklashlar investitsiya jarayonlarida aks etadi.

9. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa


sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar sivilizatsiya maxsuloti hisoblanadi. Ular ular
davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu
aloqalarning rivojlanishiga ayniqsa feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi.
Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning
milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar
ayrboshlashida keskin sakrashni tug’dirdi, bu esa davlat munosabatlarining
iqtisodiy sohasida baynalmilal aloqalar va xalqaro ayrboshlash kengayishi va
chuqurlashishiga olib keldi. Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha
turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’yektlari
o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish –iqtisodiy

munosabatlar tizimini tashkil etadi. ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat


iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo uning ishlab chiqarish, savdo,
investitsiyaga oid vamoliyaviy faoliyatini qamrab oladi.

10.Hozirgi jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy aloqalar davlat milliy daromadini


o’stirish, xalq xo’jaligi harajatlarini tejash va fan-texnika taraqqiyotini
jadallashtirish omillariga aylanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va uni boshqarish mexanizmining
samaradorligi ko’p jihatdan tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifi bilan belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar turi - bitta umumiy belgi, masalan, tovar oqimining
yo’nalishi yoki tarkibiy belgi bilan birlashtirilgan aloqalar majmuidir. Tovar
oqimining yo’nalishi bilan bog’langan tasnif belgisi tovar (xizmatlar, ishlar)ning
bir mamlakatdan boshqasiga harakatini, ya’ni tovarning mamlakatdan olib
chiqilishi yoki tovarning mazkur mamlakatga olib kirilishini belgilaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar tasnifining tarkibiy belgisi aloqalarning iqtisodiy
manfaatlar sohasi va davlat tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy maqsadi bilan
bog’langan guruhiy tarkibini belgilaydi. Tarkibiy belgiga ko’ra tashqi iqtisodiy
aloqalar tashqi savdo, moliyaviy, ishlab chiqarish, investitsiya aloqalariga
bo’linadi.
Tashqi savdo faoliyati tovarlar, ishlar, xizmatlar, axborot intellectual faoliyat
natijalari, shu jumladan ularga doir mutloq huquqlar (intellektual mulk) bilan
xalqaro ayrboshlash sohasida tadbirkorlik faoliyatining alohida turidir. Bunda
tovar deganda har qanday harakatlanuvchi mol-mulk (shu jumladan
energiyaning barcha turlari) va ko’chmas mulkka kiritilgan, tashqi savdo
faoliyatining predmeti bo’lgan havo, dengiz kemalari va ichki suzish kemalari
hamda fazoviy ob’yektlar tushuniladi. Xalqaro tashishlar to’g’risidagi
shartnoma chog’ida foydalaniladigan transport vositalari tovar hisoblanmaydi.
Hozirgi davrda tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy xususiyatlari sifatida
quyidagilarni qayd etish o’rinli :

Yüklə 56,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin