Mavzu: Iqtisodiy siyosat subyektlari va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 3,86 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü3,86 Kb.
#177610
Mavzu Iqtisodiy siyosat subyektlari va uning o’ziga xos xususiy-genderi.org


Mavzu: Iqtisodiy siyosat subyektlari va uning o’ziga xos xususiyatlari

Mavzu: Iqtisodiy siyosat subyektlari va uning o’ziga xos xususiyatlari

Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili. Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi ustuvor yo’nalish etib belgilandi. Jumladan, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish. Chunonchi, O‘zbekiston o‘tgan 26 yil mobaynida uzoq yillardan buyon yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmini 8 % dan tushirmayapti. U dunyoning eng tez rivojlanayotgan davlatlarining birinchi beshtaligi tarkibida turibdi. Ana shu tarixiy yutuqni yanada rivojlantirish va iqtisodiy qudratli davlat maqomini saqlab qolish Harakatlar strategiyasining asosiy mazmunidir.


Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari quyidagi vazifalarni tashkil etadi: Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustaxkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish: Xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, solik ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish; ishlab chikarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish, eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish.
Iqtisodiy siyosat — iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsadlari, vazifalari, manfaatlariga muvofiq holda iqtisodiy jarayonlarga muayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani sohalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi
http://genderi.org
Yüklə 3,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin