Mavzu Iqtisodiy va ekologik tarbiya asoslari Reja-fayllar.org
17. 2. Iqtisodiy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog'liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta'lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni o'quvchi bevosita maktab ta'limi davrida oladi. Shuning uchun o'quvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va ko'nikmalarni tarkib toptirishga alohida e'tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
Donolar debdurlarki: «Harakat qiling to obodon bo'lg'aysizlar va ozga qanoat qiling, toki mollaringiz ko'p bo'lg'ay, yumshoq tabiatli va shirin so'zli bo'ling, do'stiniz ko'p bo'lg'ay». Demak, ko'p ranj bila topilg'on ganjni (boylik) g'aflat va qohillik bila qo'ldan bermoq aqlli kishining ishi emasdur. Qashshoq bo'lg'andin so'ng har qancha pushaymon bo'lsa, sud (foyda) qilmaydur. Demak, moling barqaror bo'lguncha mashaqqat ustiga mashaqqat chekg'il, sen bundan bahramand bo'lg'aysan.
Biroq mol har qancha aziz bo'lsa ham, uni do'stlardin darig' tutmag'il. Har holda molingni go'ringga olib bormagungdur. Ammo daromad na chog'liq bo'lsa, xarjing ham ul miqdor bo'lsun. Shunda senga qashshoqlik mashaqqati yuzlanmag'ay. Har kishiki xarjini daxlidin oz qilsa, hech vaq qashshoq bo'lmag'ay.
Donishmandlar debdurlarkim, hech bir ishda isrof qilmag'il, isrof qiluvchi barcha vaqt ziyonkordur. Ammo tirikchilikni talx qilgudek qattiqliq qilmag'il. Ro'zgoringning zaruriy ishlarida tahsir nuqson ko'rguzmag'il. Joningga jabr qilmag'il: mol har nechakim azizdur, ammo jonigdan aziz emasdur. Alqissa, jahd etib yig'ilgan molingni bahllarning qo'liga topshirmag'il va sharobxo'r, qimorbozlarga e'timod qilmag'il. Mol jam etmakda xato qilmag'il, har odam o'z ishida xato qilsa, saodatdin mahrum bo'lg'ay va muddaolarda bebahra qolg'ay, nedinkim, roham mehnatdadur. Shundoqki, bugunning rohati kechagi mehnatning natijasidur.
Molingdin mustahiqlarga (munosib, loyiq) edurg'il. O'zgalarning molidin ta'ma qilmag'il, tokim barcha xaloyiqning yaxshiroq va azizrog'i bo'lg'aysan. Molingni o'zgalarning moli deb bilg'il, o'zgalarning molin o'z molingdin ziyodrog' bilg'il, toki omonatga xiyonat qilmaslik, to'g'rilik bila xalqqa mashhur bo'lg'aysan (Qobusnoma. 70-72 bet).
«... Har ishning bir sababi bordir. Ammo qashshoqlikning sababi isrofdir. Isrof faqat molni sarf qilishgagina emas, ovqatda, kishining qiziqishlari, nutqida ham isrof bo'ladi, isrof tanni aldaydi, nafsni ranjitadi, aqlni qochiradi va tirikni o'ldiradi».
Isrof so'zining lug'aviy ma'nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki o'zi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yo'g'ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma'nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi ko'rinishda bo'lmasin kishining bor-yo'g'ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan (Al-adab al-mufrat. Imom Ismoil al-Buxoriy. 131-bet).
«Yaxshi sayrat, chiroyli hay'ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir bo'lagidir» (216 bet, 468 hadis). Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g'azabda bo'ladi. Molni noo'rin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar» (206 bob, 131 bet). Birovdan qarzdor bo'lsangiz, va'da qilg'an kuningizda topshiring», deb ta'kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag', boylik uchun o'zini xavf-xatarga qo'ymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag', boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga to'siq bo'lmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi.