Mavzu: ishchi kuchi va ishsizlik



Yüklə 19,55 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#162154
  1   2
Mavzu


Mavzu: ISHCHI KUCHI VA ISHSIZLIK
Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud. Friktsion ishsizlik – bu ihtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan boshqaishga o’tish, yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bog’liq. Ishsizlikning bu turi doimiydir. Strukturaviy ishsizlik majburiy ishsizlik turi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga ko’ra ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham doimiydir.
Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiydarajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi kandaydir darajada iqtisodiy jihatdan maqbul hisoblanadi. Chunki «friktsion» ishsizlarga mos keluvchi ish o’rinlarini topish, «tarkibiy» ishsizlarga ham yangi kasbni o’zlashtirish yoki yangi yashash joyida ish topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi.
«Ishsizlikning tabiiy darajasi» tushunchasi ma’lum bir aniqliklar kiritishni talab qiladi.
Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo’lishi mumkin. (Ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida).
Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z - o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tartibdagi o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf – odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, 60 – yillarda friktsion va tarkibiy ishsizlarning muqarrar darajasi ishchi kuchining 4% ni tashkil qildi deb hisoblangan. Boshqacha aytganda, ishchi kuchining 96% band bo’lganda to’liq bandlilikga erishilishi tan olingan. Hozirgi davrda iqtisodchilar ishsizlikning tabiiy darajasi taxminan 5 - 6% ga teng deb hisoblaydilar.
Davriy ishsizlik bu iqtisodiyotda pasayish bo’layotgan davrda mavjud bo’lib, bunda ishchi kuchiga talab bo’lsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin bo’lgan ma’lum bir mahsulotdan voz kechiladi.
Hozirgi sharoitdagi ishsizlik– bozor munosabatlarini shakllantirish jarayonida rivojlanish bosqichlari oqibatida yuzaga kelgan voqelikdir. Jamiyat holatining ijtimoiy-iqtisodiy mezoni sifatida ishsizlikka munosabat vaqt o’tishi bilan o’zgardi, biroq ishsizlik keltirgan zarar mamlakatni iqtisodiy rivojlanishidagi sezilarli ortda qolishiga olib keladi.
Iqtisodiy faollikni oshishi yoki pasayishi mamlakatdagi bandlik va ishsizlik darajasini o’sish hamda pasayishining asosiy sabablari hisoblanadi. Iqtisodiyotning davriy rivojlanishi va iqtisodiy faollikning bir necha yillar yoki o’n yilliklar moaynida bir biridan keyin ko’tarilishi va tushishi bandalr va ishsizlar sonining ma’lum tebranishlariga olib keladi.
Iqtisodchilar ichida ishsizlik sabablariga bir xil nuqtai nazardan qarashlar yo’q.
Ishsizlikning quyidagi asosiy sabablarini ajratish mumkin:
 Aholi ortiqchaligi (umuman jahon iqtisodiyoti mehnat ortiqchaligiga ega va aholi sonining keskin o’sishi bunga yordam beradi);
 Kasaba uyushmalari harakatlari va aholi ijtimoiy-iqtisodiy faolligi bosimi ostida ish haqi stavkalarini muvozanatli darajadan yuqori o’rnatilishi;
 Fan-texnika inqilobi davrida mehnatni kapital tomonidan siqib chiqarilishi;
 Mehnat bozorida monopsoniyaning mavjudligi (monopsonist korxonalar mehnatga haq to’lash shartlarini qo’yadilar va bandlik hajmini pasaytiradilar);
 Past darajadagi to’lov qobiliyatli talab (tovarlar va xizmatlarga talabning yo’qligi mehnatga bo’lgan talabni pasaytiradi, chunki mehnatga talab hosilaviy xususiyatga ega, buning oqibatida esa ishsizlik yuzaga keladi).

Shuningdek friktsion ishsizlikning yuzaga kelishini qator sabablarini ajratish mumkin:


 Aholini geografik ko’chishi: inson bir erdan boshqa yangi joyga ko’chadi va ko’chish vaqtida va ko’chishdan oldin hamda ko’chgandan keyinishsiz bo’lishi mumkin;
 Kasbiy manfaatlarni o’zgartirish, qayta o’qish, qayta malakaga ega bo’lish;
 Inson shaxsiy hayotida yangi bosqichlarni kelishi: o’qish, farzand tug’ilishi va shu kabilar.
Tuzilmaviy ishsizlikning yuzaga kelish sabablari bir kasbdagi xodimlarga talabni qisqartiruvchi va boshqa kasbdagi xodimlarga talabni orttiruvchi texnik taraqqiyot natijasida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, tuzilmaviy ishsizlik turli kasbdagi mehnat bozorlarida ishchi kuchiga talab hamda taklif tarkibining farq qilishi tufayli ishga joylashish imkoniyati yo’qolishi tufayli tug’iladi.
Korxonalardagi yashirin ishsizlik sabablarini ikki guruhga ajratish mumkin: firma rahbarlari xodimlarni ommaviy ishdan bo’shata olmaslik sabablari va xodimlarniish haqi yashash minimumiga uchma-uch etganda hamda oylab kechikkan vaziyatlarda ham o’zicha ishdan bo’shamaslik sabablari. Yashirin ishsizlikni saqlashning birinchi guruh sabablari quyidagilarni qamrab oladi. Birinchidan, hatto ishlab chiqarishda pasayish bo’lgan sharoitda ham firma rahbarlari kelajak uchun xodimlarni qisman bandlikni, haq to’lanadigan( va to’lanmaydigan) ta’tillarni kiritib saqlashga harakatqiladilar. Ikkinchidan xodimlarni saqlab qolishdavlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga umid bog’lashga imkoniyat yaratadi. Uchinchidan ko’pincha firmalarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishga joylashish davrida ozod bo’lgan xodimlarga nafaqa va ish haqi to’lash uchun mablag’lar bo’lmaydi. Shuning uchun ishdan bo’shatish odatda mehnat sharoitlarining yomonlashuvi va past ish haqi tufayli «o’z hohishiga ko’ra» grifi bilan amalga oshiriladi.
Yashirin ishsizlikni saqlashning ikkinchi guruh sabablari hatto ish haqining juda past darajasida ham xodimlarni o’zlarining eski ish joylarini tark etmasliklari bilan tushuntiriladi. Birinchidan aholisi ko’p bo’lmagan aholi yashash joylarida ishni boshqa topish imkoniyati bo’lmaydi. Ikkinchidan mehnatga layoqatli katta yoshdagi aholiga nafaqa olishi uchun uzluksiz ish staji juda muhim. Uchinchidan ishsizlik bo’yicha nafaqa, hatto uni olishga erishilsa ham ish haqidan yo’qotishlarni qoplamaydi. To’rtinchidan, xodilarning hayolida ko’pincha bandlikning barqarorligi kabi omil o’rnashib oladi. Ko’plab insonlar hufyona iqtisodiyot sohasida, shuningdek shaxsiy tomorqa xo’jaligida ishlab pul topsalar ham to’liqsiz bandlikni afzal ko’rgan holda asosiy ish joyi bilan aloqani uzmaydilar.
Shunday qilib iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda mamlakatda yashirin ishsizlikning saqlanishi davlat hamda kasaba uyushmalarining faol tartibga solish holatidan emas, balki ishlab chiqarishning inqiroz oqibatida pasayishida bunday tartibga solishning yo’qligi bilan bog’liq.
Bu barcha sabablar u yoki bu darajada ishsizlikni paydo qiladi yoki uni yanada rivojlanishiga ko’maklashadi. Bu voqelikni nazorat qilinmaydigan rivojlanishi keskin makroiqtisodiy oqibatlarga ega bo’lishi mumkin.
Barcha ishsizlik ko’rinishlarining darajalari birgalikda ishsizlikning haqiqiy darajasini ifodalaydi.
Ishsizlik darajasi ishsizlarning ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.
Ishsizlar soni
Ishsizlik darajasi = *100%
Ishchi kuchi Ishchi kuchiga ishlay oladigan va ishlashni hohlagan barcha kishilar kiradi. Ishchi kuchi – ishlovchilar va faol ish izlovchilardan iborat bo’ladi. Boshqacha aytganda, band bo’lganlar va ishsizlar ishchi kuchini tashkil qiladi. Ishsizlarga ish bilan band bo’lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqida tegishli xizmat muassasalariga (mehnat birjalariga) murojaat qilgan kishilar kiradi. Mehnat qilishga layoqatli bo’lib, ishlashni hohlamagan va ish izlashga harakat qilmaganlar ishsizlar tarkibiga kirmaydi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potentsial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaIM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham potentsial hajmdagi YaIM haqiqiy YaIMdan katta bo’ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kamytiradi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsisnti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2,5 foizdan 3,5 foiz oralig’ida deb hisoblanadi. Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin