Mavzu Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda biznes rejani
2. Yangi tashkil etilgan korxonani boshqarish. Korxona (firma)ning rivojlanish bosqichlari. Faoliyatining dastlabki bosqichlarida ishbilarmon qator muammolarga duch keladi. Shulardan bin o'z xo'jalik yuritish maqomiga ega bo'lishidir. Shu bilan birga ishbilarmon bozor holati, talab va taklifni «"rganishi lozim. Bundan tashqari, oldida qanday to'siq va chegaralar uchrashi, qanday imtiyozlar olishi mumkinligini bilishi zarur. Shu tariqa investitsiya kiritishning umumiyshartlaribelgilanadi.
Bunday ma’lumotlar ochiq va ular matbuotda, statistik axborotlarda, qonunchilik hujjatlarida mavjuddir. Mutasaddi shaxslardan ham bunday ma’lumotlarni olish mumkin.
Ishbilarmon xo'jalik yuritish yo'nalishini aniqlab olgach, o'z korxonasining ixtisoslanishini belgilaydi. Buning uchun bo'lajak iste’molchilarning imkoniyatini aniqlash, raqobatchilar haqida barcha ma’lumotlarga ega bo'lishi lozim.
Faoliyat shakli, ya’ni individual yoki jamoa ishbilarmonligidan birini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Individual shakl tanlaganda ishbilarmon ixtiyoriy ravishda tavakkalga qo'l uradi. Ish muvaffaqiyatsiz tugaganda mulkdor korxona majburiyati uchun o'zi javob beradi va o'z mulkihisobidanzararniqoplaydi.
Jamoa shakli tanlanganda ishbilarmon mas’uliyatni korxonaning boshqa ishtirokchilari bilan bo'lishadi. Ushbu shakl qo'llanganda tavakkal kamayadi, bundan tashqari, qo'shimcha resurslarni jalb etish mumkin bo4adi.
Keyingi bosqichda ishlab chiqarish bazasi shakllanadi. Ishbilarmon ishlab chiqarish va omborxona, asbob-uskunalarni ijaraga olishi, xomashyo va materially yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlarini sotib olishi, ishchi kuchini jalb etishi kerak. Korxona asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilar, xomashyo va materially ta’minotchilari, vositachi firmalar bilan munosabat o'rnatadi. Kerakli ishchilarni mehnat birjalari, e’lonlar yordamida jalb etishi mumkin.
Moliyaviy vositalarni jalb qilish muhim bosqichlardan hisoblanadi. Faoliyatining dastlabki paytlarida ishbilarmonning ishni boshlashi uchun moddiy mablaglari yetarlicha bo'lmaydi. Pul mablaglari kamchiligini aksiyalarni chiqarish, ya’ni korxona kapitali va daromadiga huquqni qisman boshqalarga berish, tijorat banklaridan qarzlar olish yo'li bilan bartaraf etishi mumkin. Bunda korxona aksiya yoki qarz majburiyatlarini sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, tijorat banklari bilan o'zaro aloqa qila boshlaydi.J3ank kreditlari qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida banklar tomonidan qisqa muddatli kredit berish shakli keng qo'llanilmoqda.
Banklarning korxonalarga kredit berishi turli sug urta operatsiyalari bilan bog liqdir. Inshoot, moddiy zahiralar va korxonaga qarashli boshqa mulklar sug urta qilinishi mumkin. Bu hollarda korxonalar sug urta kompaniyalar bilan munosabat o'rnatadi.
Aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatbah о qog ozlarni sotib olish yoki ularni sotishda korxonalar jamg arma bozori, ya’ni qimmatbah о qog ozlar bozoriga murojaat etadi. Korxona aloqa qilayotgan tashkilotlar soni juda ko'p bo'ladi. Ular ichida turli xil fond birjalari, kredit-moliya institutlari, inversion jamg armalar, individual investorlar yetakchi o'rinniegallaydilar.