Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish



Yüklə 20,68 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü20,68 Kb.
#196744
  1   2   3   4
Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish-hozir.org


Mavzu. Ishlab chiqarish korxonalarida sifatni boshqarish

MAVZU. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA SIFATNI BOSHQARISH
7.1. Mahsulot sifat ko’rsatkichlarining mohiyati va tizimi

7.2 Mahsulot sifatini boshqarishning mahalliy tajribasi

7.3. Mahsulot sifatini boshqarishning xorijiy tajribasi

7.4. Sifatni umumiy boshqarish kontseptsiyasini tahlil qilish. Raqobatbardoshlikni ta’minlash tizimi.

7.5. Sifatning xalqaro tizimi: ISO 9000 : 2000 standartlari

7.1. Mahsulot sifat ko’rsatkichlarining mohiyati va tizimi
Mahsulot sifati – mahsulotga kelishilgan yoki nazarda tutilgan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini beradigan uning xususiyatlari va xarakteristikalari yig’indisi. Mahsulot sifati uning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy omili hisoblanadi. Boshqa statik omillarga mahsulot narxi, xizmatning me’yoriy muddatida va mahsulot servisi sifatida uning iste’moli doirasidagi xarajatlar (ekspluatatsiya) kiradi.
Tovarning iste’mol xususiyatlari yig’indisidan foydalanish darajasi nuqtai nazaridan “sifat” va “foydali samara” tushunchalarini farqlash lozim. Sifat – tovarning ma’lum bir ehtiyojni qondirishining salohiyatli qobiliyati, samarali foyda esa – tovarning ma’lum bir talabni qondirishining haqiqiy (faktik) qobiliyati. Tovarning foydali samarasining faktik ahamiyati uning salohiyatli qobiliyatining 40-70%ini tashkil qiladi, iste’molchilik xususiyatlari 40-70% qo’llaniladi. amaliyotda iste’molchilik xususiyatlaridan foydalanishning 100% iga erishish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas, chunki bunday holatlarda tovarlarning razunifikatsiya qilinishi va ishlab chiqarish xarajatlari oshishi yuz beradi. Iste’molchilik xususiyatlaridan foydalanishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, masalan, mashinasozlikda 0,8-0,9 atrofida bo’lgan kattalik hisoblanadi.

7.2. Mahsulot sifatini boshqarishning mahalliy tajribasi.
Ta’kidlash lozimki, ko’rsatilgan tizimlar bozor munosabatlari (raqobat, mulk shaklining turli-tumanligi) yo’qligi tufayli sezilarli natijalar bera olmadi. Uslubiy jihatdan mahsulot sifati ko’rsatkichlari tarkibiga uning resurs sig’imi ko’rsatkichlari qo’shilishi, sifatni raqobatbardoshlikdan ajratib olish, boshqaruvning (takror ishlab chiqarish – evolyutsion, funktsional, marketing va boshqalar) ko’pgina ilmiy yondashuvlarini e’tibordan chetda qoldirish kabi kamchiliklarni ta’kidlash mumkin.


Yüklə 20,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin