Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy (absolyut) va qiyosiy, iqtisodiy samaradorligi
Mahsulot (ish, xizmat) birligi uchun sarflangan mablag‘ ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Xarajatsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi, uni qilmasdan turib foyda topish mumkin emas.
Iqtisodiyotda xarajatlarning umumiy miqdori emas, ularning samarasi muhim. Xarajatlar samaradorligini to‘liqroq ifodalash uchun qiymat va natural ko‘rsatkichlarga umumlashgan tavsif berish kerak bo‘ladi. Bu maqsadga erishishda xarajatlarning umumiy (absolyut) va qiyosiy, iqtisodiy samaradorligi xizmat qiladi.
Rejalashtirishda va loyihalashtirishda umumiy iqtisodiy samaradorlik olinadigan natija (samara)ni kapital xarajatlarga nisbati, qiyosiy iqtisodiy samaradorlik esa turli variantlar o‘rtasidagi joriy xarajatlar farqining kapital xarajatlar farqiga nisbati ko‘rinishida aniqlanadi.
Umumiy va qiyosiy iqtisodiy samaradorlik bir-birini to‘ldiradi, ularning asosida xarajat va natijani solishtirish yotadi. Ulardan quyidagilarni hal etishda foydalaniladi:
- kapital xarajatlarni talab etuvchi masalarni hal etishda eng yaxshi variantni tanlashda;
- ko‘rib chiqilayotgan variantlardan eng yaxshisini amalga oshirish sharoitida solishtirilib ko‘rilayotgan variantning mavjud bo‘lgan boshqa variantlardan haqiqatda eng yaxshisi ekanligiga ishonch hosil qilishda, kapital xarajatning samaradorligini baholashda.
Kapital xarajatlar samaradorligi xalq xo‘jaligi miqiyosida milliy daromadning, tarmoqlar va korxona miqiyosida esa foydaning o‘sishini, bu o‘sishga imkoniyat yaratuvchi kapital xarajatlarga munosabatini ko‘rsatuvchi umumiy (absolyut) samaradorlik koeffisiyenti bilan tavsiflanadi.
Umumiy samaradorlik koeffisiyenti rejalashtirish darajasiga bog‘liq turli formulalar bilan ifodalanadi.
Butun bir xalq xo‘jaligi xarajatlarining umumiy iqtisodiy samaradorligi aniqlanganda milliy daromadning (uning o‘sishiga sabab bo‘lgan) kapital xarajatlarga bo‘lgan nisbati orqali aniqlanadi. Ya’ni: