Mavzu: Ishlab chiqarish omillari ularning o’zaro ta’siri va rivojlanishi Reja: Kirish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/9
tarix19.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#118048
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ishlab chiqarish omillari ularning o’zaro ta’siri va rivojlanishi

Ikkinchi guruhga m ateriallarni saqlash uchun mo‘ljallangan mehnat vositalari (sisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.
Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to‘la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo‘llar va boshqalar misol bo‘la oladi.


Mehnat jarayonining zaruriy shartlari







Ishchi kuchi

Mehnat vositalari

Mehnat predmenti







Mehnat qurollari

Mehnatning moddiy sharoitlari

Tabiat ashyolari

Xom ashyo






Ishkab chiqaruvchi vosita

Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat predmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallaming tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo‘lsa-da, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ulami turlicha tushuntirishadi.2


Jum ladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda m ehnat qurollari va m ehnat predmetlari (yer-suv, yer osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham ) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko'pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to‘rt omili: mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Bu yerda ishchi kuchi bilan mehnat o'rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to'g'ri rog'i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko'pgina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko'pgina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillaming birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek. insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo'lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo'shilishi natijasida sodir bo'ladigan va m a’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.
Shuning uchun biz m ehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, kapital, yersuv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta ’kidlaymiz

Ishlab chiqarish omillari










Ishchi kuchi

Tadbirkorlik qobilyati

Yer

Kapital

Ishchi kuchi insonning mehnatga bo'lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig'indisi bo'lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori bo'ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo'llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o'rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o'rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to'g'ri va tushunarli b o'lar edi. Ishchi kuchi faol asosiy ishlab chiqaruvchi kuchdir. Chunki u hamma moddiy vositalarni va pul mablag‘larini harakatga keltiradi, ulardan unum-li foydalanadi.
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko'pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni o‘z egasiga qo'shim cha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘zo‘zidan ko'payuvchi, o'suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g‘arb iqtisodchilari ham masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi. Foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.
Qatorg‘arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev o'zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatan ham — kapital o'zidan-o'zi ko'payuvchi qiymat» deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.loxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni hamma ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida qo'llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbobuskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko'rsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bunda



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin