Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni. Kurs ishi kirish to’rta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1.Ishlab chiqarish samaradorligi. Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-gʻi va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
I.ch.x.ni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, I.ch.x. quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot i.ch.ga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar (yana q. Muomala harajatlari).
Foyda - tovar va xizmatlardan olingan daromadning bu tovarlarni (xizmatlami) ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortishi. Tadbirkorlik subyektini xo‘jalik yuritish faoliyati moliyaviy natijalarining muhim ko'rsatkichi.
Yalpi foyda- xo'jalik yuritish faoliyati mahsulotmi sotishdan tushum va ishlab chiqarish omillari xarajatlari yig'indisi o'rtasidagi pulda ifodalangan farq.