Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligi,uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari Reja: kirish asosiy qism


Iqtisodiy samaradorlig, uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari



Yüklə 168,91 Kb.
səhifə8/9
tarix07.04.2023
ölçüsü168,91 Kb.
#94244
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu Ishlab chiqarish samaradorligi,uning ko’rstakichlari va h

4. Iqtisodiy samaradorlig, uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash korxona, firma va kompaniyalarning xo:jalik-moliyaviy boshqaruv tizimiga yangicha yondoshishni ta’qozo etadi. Korxonalaming iqtisodiy mustaqil va moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlari, ularda boshqaruvni to‘g‘ri tashkil qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni oqilona yo‘lga qo‘yish, fan va texnika yangiliklaridan, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish, moliyaviy boshqaruv va moliyaviy rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil etilish kabi bir qator omillarga bog‘liq. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlaming muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, qo‘shma korxonalar tuzish, korxonalami ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish, kichik hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bog'liqdir. Har qanday mulkchilik shaklidagi korxonalarda dastlab ish faoliyatini tashkil etish, kelgusida ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatishni samarali boshqarish va moliyaviy barqarorlikka erishishda biznes rejaning o‘ni muhim ahamiyat kasb etadi.
Rejalashtirish tushunchasini xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi ≪rejalilik≫ orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) iva proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, balanslilikni (muvozanatni) va prorporsionallilikni ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo'lida) qolgan daromadlar o'rtasidagi optimal nisbatni bildiradi.
Proportsionallik esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to'langandan keyingi miqdorlari o‘rtasidagi oqilona riisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin.
R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- investitsion imkoniyatlaming tahlili va korporatsiya ixtiyoridagi mablag‘Iardan moliyalashtirish imkoniyatlarining tahlili;
- qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatlarini bashoratlash yoki oldindan ko‘ra olish;
- bir nechta variantlardan eng oqilona qabul qilingan qarorlarning rejaga kiritilishini asoslay olish;
- rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bilan korporatsiyalar tomonidan erishilgan natijalaming nisbatini baholash.
Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalami tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o'zaro bog'Iash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi chizmasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki,moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiyiigini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. Moliyaviy rejalashtirish tushunchasi quyidagilarni o‘z ichiga oiadi: taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti va b.
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli boigan moliyaviy resurslar bilan ta'minlash;
- pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
- kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
- kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlar o'rnatish;
- korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish.
Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalaming besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalaming loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilami hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro£ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlaming roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va birvaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘ra bilishgina emas. Bu tegishli ishlami amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir.
Albatta, xo‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish; operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
- o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning moiiyaviy resurslarga bo‘lgan amaldagi ehtiyojlarini aniqlash;
- moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o`z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini boshqarish tizimini yaratish va uning ushlab turishi (qo‘llab-quvvatlash);
- shakllantirilgan rejalarni operativ o'zgartirish tartibini ishlab chiqish. Moiiyaviy rejalashtirishni quyidagi ikki asosiy turga boTtsh mumkin:
- strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategic moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o'zgarayotgan xo‘jalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir;
- strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim: xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun talab qilinadigan kapitalning miqdori qanday, u qaysi tnanbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi bu kapitaldan qanday foydalaniladig1 o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rivojlanishi mumkin. Agar mumkin bo‘lmasa, moliyaviy resurslami jalb qilishning manbalari qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadliligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qanday muddatlarda?
O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalami amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslaming hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
- mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;
- pul oqimlarini rejalashtirish;
- butun xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);
- investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
- Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo'linishi mumkin:
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o ‘zining qamrab olish ko‘lami bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai nazaridan firma kengayishining yo‘l qo'yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming moliyaviy rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlash vositasi sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi:
- bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va b.) hisob-kitob qilish. Bu yerda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
- pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalami aniqlash. Bu tushumlaming kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o ‘zgarishi, soliq to‘lov!arini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. Shu yerning o‘zida foydaga oid hisob-kitoblar korxonaning istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
- zaruriy investitsiyalaming hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo£yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash va boshqalar.
Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang'ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning information asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning obyektiv ravishda o'zaro bogliqligi va uzoq muddatli tendentsiyalarini, shuningdek, kelajakda bu tendentsiyalar rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillami aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur ctib bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy ahvolini oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
• o‘rta muddatli (5-10-yillik);
• uzoq muddatli (10-yildan ortiq).
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin soair bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini belgilashga imkon beradi.
Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimning barcha subyektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalami yechishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Demak, korxonalarda istiqbolli moliyaviy rejalashtirish jarayonlarini ishlab chiqishda bashoratlash tizimiga, xoh makroiqtisodiy xoh mikroiqtisodiy nuqtai nazardan alohida e’tibor qaratish Iozim.
Moliyaviy rejalashtirishning uslubiy asoslari va tamoyillari
Korxonalarda korporativ moliyaviy rejalashtirishni tashkil etishda asosiy e ’tiborli jihatlardan biri, uning uslubiy asoslari va tamoyillarini to‘g ‘ri o ‘rganish hisoblanadi. Ishimizning ushbu paragrafi doirasida moliyaviy rejalashtirishning asosiy xususiyatlarini tadqiq etamiz.
Iqtisodchi olimlar F.Li Cheng va D.I. Finnertilaming fikricha, korporativ moliyaviy rejalashtirish dividend, moliya va investitsiya siyosatini tahlil qilish, pirovard natijalarini bashorat qilish, ularni korporatsiyalar iqtisodiy muhitiga ta’siri oqibatlari va loyihalarni tanlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonlari tushuniladi. Rus iqtisodchi olimi I.Y.Lukasevichning fikricha korporativ moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagi mexanizm orqali amalga oshiriladi
Rejalashtirish metodlari, bu - iqtisodiyotni boshqarishning turli bo‘g‘inlarida, jumladan, korxonalami boshqarishda rejalami ishlab chiqish usullari majmuasidir. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z faoliyatini rejalashtirishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Biroq bu rejalashtirishning tekshirib ko‘rilgan va foydali usullaridan voz kechishni anglatmaydi. Bugungi sharoitda ham korxonalar faoliyatini rejalashtirish texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, progressiv norma va normativlar, iqtisodiy tahlil, muqobil variantlami tanlashga asoslanadi.
Demak, korporatsiya boshqaruvida tizimli yondashuv asosida axborot texnologiyalari va tizimlarini tatbiq etish boshqaruv sifatini samaradorligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Axborot texnologiyalari va tizimlari ko‘p qirralidir va u aniq sharoitlarda paydo bo‘ladi. Korxonalar kompyuter axborot tizimlarini tatbiq
qilinishi asosida samaradorligi jihatidan ham farqlanadilar. Ba’zi hollarda axborot tizimlarini malakali tarzda tatbiq etish raqobatdosh ustunlikni berishi mumkin. Masalan, uzoqlashtirilgan korxona bo‘linmalari faoliyatida hamkorlikni takomillashtirish yoki buyurtmalami bajarish tezligini oshirish hisobiga axborot tizimlari samaradorligi ortadi. Boshqa hollarda kompyuter texnikasi murakkab vazifalarni bajarishni yengillashtiradi va axborotlami tizimlashtirishga yordam beradi.
XULOSA
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini bеlgilab bеradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Insoniyat zarur nе’matlar istе’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida jonli mеhnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga kеltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib kеtmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi.
Yangi vujudga kеlgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.
Bundan 100 yil ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va iqtisodiyotning univеrsal qonuni dеb atalgan qonun – «kеyingi qo’shilgan omil (qo’shilgan kapital, qo’shilgan mеhnat) unumdorligining pasayib borish qonuni» ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon fan-tеxnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.
Ishlab chiqarish jarayoni doimo o’zgarib, takomillashib va kеngayib boradi. Uning rivojlanib borishida ishlab chiqarish jarayonlarini modеrnizatsiyalash, divеrsifikatsiyalash va tarkibiy jihatdan o’zgartirib borish muhim rol o’ynaydi.
Menejment insonlarni ongli mehnatga, tadbirkorlikka qiziqtirish, ishga mas’uliyatliligini nazorat qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini faoliyatga ijobiy t a ’sir ko‘rsatishini t a ’minlash, rag'batlantirishni tashkil etishdir. Fanning predmeti xo‘jalik yuritishning barcha bo‘g ‘inlarida boshqaruvni tashkil etish shakllari va uslublarini ifodalovchi nazariy hamda amaliy tamoyillar majmuidan iborat.
Menejment usullarini puxta egallagan, qo'llay biladigan rahbar nafaqat ishlab chiqarish faoliyatini samarali boshqarishga, qolaversa, butun iqtisodiyotni rivojlantirishga katta ta ’sir ko'rsatadi. «Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta ’kidlaydi Prezidentimiz Islom Karimov, - hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g ‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda m as’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iborat».

Yüklə 168,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin