Mavzu Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammosi1
Ishsizlik tushunchasi va uning moxiyati Bandlik va ishsizlik aniqlar ekanmiz albatta mehnat bozorini o’rganmasdan buning ilojisi yo’q. Mehnat bozori iqtisodiy faol aholining ish bilan bandligini, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga jalb etilishini ta’minlaydi. U xodimning o’zi uchun yanada mosroq ish joyiga o’tishini engillashtiradi. Mehnat bozori orqali korxonalar zarur miqdorda va talab qilingan sifatga ega ishchi kuchi bilan ta’minlanadi. Mehnat bozori qanday kadrlar, mutaxassislar, kasblarga talab borligini, ulardan qandaylari ortiqchaligini ko’rsatadi. Mehnat bozorida raqobatning mavjud bo’lishi, bir tomondan, yollanma xodimlar o’z professional mahoratini o’stirishi va kengaytirishini, malakasini oshirishini rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, ish beruvchilarni qulay mehnat va unga haq to’lash sharoitlarini yaratish hamda saqlab turishga undaydi.
Mehnat bozorining asosiy unsurlari quyidagilardir:
Ishchi kuchini taklif qilish.
Ishchi kuchiga talab.
Ishchi kuchiga talab va taklifning nisbati asosida uning bahosi (ish haqi) shakllanadi.
Mehnat bozori unda vujudga kelayotgan ishchi kuchi oqimlarini tartibga soladi. Bu oqimlar to’rtta asosiy yo’nalish bo’yicha yuzaga keladi:
Birinchisi — ish bilan bandlarning ishni yo’qotishi natijasida ishsizlar safiga o’tishi.
Ikkinchisi —ishsizlarni ishga joylashtirish va shu tariqa ularning ish bilan bandlar toifasiga o’tishi.
Uchinchisi— ish izlashni to’xtatish, ya’ni mehnat bozoridan chiqib ketish va iqtisodiy faol aholidan iqtisodiy nofaol aholiga o’tish.
To’rtinchisi — ilgari ishlamagan yoki hech qachon ish qidirmaganlarning ish qidirishi va ishga joylashishi, shu tariqa ularning iqtisodiy faol aholi toifasiga kirishishi.
Mehnat bozorida ishchi kuchi yollanma mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Yollanib ishlaydiganlar ish bilan bandlarning, shu jumladan menedjerlar va ma’murlarning ham aksariyat ko’pchiligini tashkil qiladi. Faoliyati mulk shakllarining xilma-xilligi bilan belgilanadigan ish bilan bandlarning boshqa toifalari mulkdor tadbirkorlardan, o’z ishi bilan band xodimlardan, yordam beruvchi oila a’zolaridan iborat. Mehnat bozorisiz muvozanatli iqtisodiyotni bunyod etib bo’lmaydi, chunki iqtisodiyotni boshqarish, avvalo, odamlarning mehnat faoliyatini boshqarishni nazarda tutadi. Shuning uchun ko’plab chet ellik iqtisodchilar mehnat iqtisodiyoti va mehnat sosiologiyasi masalalarini ish haqi va ish bilan bandlik imkoniyatlarining o’zaro bog’liqligi, ta’lim va xodimlar tayyorlashga kapital mablag’ sarflashni rag’batlantirish va shu sarflarning samaradorligi, mehnatning ijtimoiy masalalarini mehnat bozori nuqtai nazaridan olib qaraydilar.
Agar bozor iqtisodiyoti elementlarini turli-tuman bozorlar turkumidan iborat bo’lgan imorat deb tasavvur etsak, uning tomidan chakka o’tib, devorlari teshilgan bo’lsa ham imoratdan ma’lum muddat foydalanish mumkin. Lekin
bino poydevorsiz bo’lsa, u albatta qulaydi. Mehnat bozori keng ma’noda tushuniladigan bo’lsa, mehnat miqdori va sifati muvofiq taqdirlanadigan, uni normal qayta tiklash hamda undan samarali foydalanishni ta’minlaydigan ijtimoiy
munosabatlar, shu jumladan yuridik norma va tartibotlar tizimidir. Tor ma’noda mehnat bozorini ish beruvchilar—ishlab chiqarish vositalari egalari bilan yollanma ishchilar — ish kuchi egalari o’rtasidagi — birinchilarning mehnatga talabini va ikkinchilarning yashash vositalari manbai sifatida ishga yollanish bo’yicha ehtiyojlarini qondirish borasida shakllanadigan munosabatlar tizimi tarzida ta’riflash mumkin.
Ishchi kuchining tovarligini, demak, mehnat bozorini ham shakllantirishning ikkinchi muhim zamini ishchi kuchining egasi erkin tovar ishlab chiqaruvchi bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lishi kerak. Agar kishi bozorda o’zi mustaqil ishlab chiqargan va unda o’zining mehnati moddiylashgan tovarlarni sota olmasa, demak, u yashash uchun mablag’ topish maqsadida o’z ishchi kuchini sotishi kerak bo’ladi.
Mehnat bozorining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, mazkur bozorda tovar buyumli shaklda bo’lmaydi. Mehnatning tovarlar va ishlab chiqarish resurslarining yalpisidan prinsipial farqi shundaki, u inson hayotiy faoliyatining eng muhim sohasi, inson shaxsining o’zini namoyon etishi shaklidir.
Mehnat bozori tarkibiy qismlari o’rtasida tarkib topgan nisbatga tadbiqan «mehnat bozori kon’yunkturasi» tushunchasi qo’llaniladi. Mehnat bozori kon’yunkturasining quyidagi uch turi bo’lishi mumkin:
Xodimlar taqchilligi, bunda bozor mehnat taklifi kamligini boshdan kechiradi.
Ishsizlik, bunda mehnat bozorida mehnat taklifi ortig’i bilan bo’ladi.
Muvozanat, bunda mehnatga talab mehnat taklifiga mos keladi.
Mehnat bozorining ishlashi ishchi kuchini mehnatni tatbiq etish sohalari,
xalq xo’jaligi tarmoqlari, korxonalar, tashkilotlar, firmalar o’rtasida qayta taqsimlash erkinligining yuqori darajada bo’lishini nazarda tutadi. Bu eski ish joylarining qisqartirilishi va tugatilishi hamda yangi ish joylarining tashkil etilishi bilan birga bog’liq bo’lgan sarmoyaning erkin kirib kelishi natijasida ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda o’zgarishlar sodir bo’ladi degan ma’noni anglatadi.
Mehnat bozorini haqiqiy ishlashining muhim sharti unda barcha mehnat munosabatlari ishtirokchilari: davlat, ish beruvchilar va yollanma ishchilarning mos xatti-harakatlari hisoblanadi.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi - mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yohud shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo’lib, yollanma xodimlarni o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlarni o’zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham o’z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining 3ifodalanishi bo’ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga erishish uchun o’zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o’zaro bog’langan hamda bir-birlariga qaram bo’lsalar ham bir- birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi - taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o’sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlari oshishi yetakchi o’rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo’jaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko’proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko’rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo’li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo’jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo’llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizasiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni o’zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko’rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko’lamini kengaytirish, kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo’jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o’z-o’zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflyasiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko’maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to’lash qobiliyatiga ega bo’lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlarni o’zlashtirish ko’lamini qisqartirish, moddiy- texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo’llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo.
Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud:
kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o’sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo’jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko’payishi, mehnatni qo’llash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar.
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo’lgan mablag’lar jamg’armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo’rlar va bolalik ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo’lgan shaxslarni mablag’lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo’jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da band bo’lganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o’sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko’rsatkichlarining o’zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo’lgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investisiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar; mulkchilik shakllarining turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to’lovga qodir emasligi (bankrotligi) va hokazo.
Barcha turdagi bozorlarda sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular harakat qilganidek, bu jarayon mehnat bozorida ham amal qiladi. Bu bozor mehnatni sotadiganlar va sotib oladiganlardan iborat bo’ladi. Agar sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini butun mamlakat bo’ylab izlasalar, bunday bozor milliy mehnat bozori deyiladi. Sotuvchi va xaridorlar bir-birlarini faqat muayyan hududda izlasalar, bunday bozor mahalliy bozor deb nomlanadi.
O’zbekistonda zamonaviy mehnat resurslari bozori endigina shakllana boshladi. U mazkur mezon bo’yicha hali o’z shaklini egallagani cha yo’q. Bu xususda uni aralash hamda mehnat bozorining birinchi turiga moyilroq deyish mumkin.
Joriy bozor quyidagi ikki qismga bo’linadi:
1) ochiq bozor, unda taklif ish qidirayotgan, shu jumladan, qayta kasb tanlashga, kasb tayyorgarligi va qayta tayyorgarligiga muhtoj bo’lgan odamlarni qamraydi, talab esa bo’sh o’rinlar bilan tavsiflanadi;
2) yashirin bozor, u rasman xo’jalikda ish bilan band bo’lgan, lekin ishlab chiqarishga zarari etmaydigan tarzda bo’shatib olinishlari mumkin bo’lgan shaxslarni o’z ichiga oladi. Ana shu har ikkala bozorning rasmiy (ro’yxatga olingan) va norasmiy (ro’yxatga olinmagan) qismi bo’ladi.
O’zbekistonda hozir amalda bo’lgan mehnat bozori bir xil emas. U ishchi kuchi zahiralarini to’plash usul va shakllari, tashkil etish va boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnatkashlar holatiga ta’sir etish xarakteriga ko’ra farqlanadigan, turli funksional vazifani bajaradigan, ikkita o’zaro bog’langan soha hosil qiladigan ko’p qatlamli tuzilmadir. Aytib o’tilgan belgilariga ko’ra uni «ochiq» va «yashirin» ishchi kuchi bozoriga ajratish mumkin. Ochiq ishchi kuchi bozori rasmiy va norasmiy (asosan o’z-o’zidan) shakllangan qismlar bilan berilgan (1-chizma).
Nufuz mezonlari bo’yicha mehnat bozorlari quyidagilarga ajraladi:
yoshlarning mehnat bozori;
xotin-qizlarning mehnat bozori;
keksa yoshdagi fuqarolarning mehnat bozori;
nogironlarning mehnat bozori.
1. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tomonidan aholi bandligini ta’minlash masalasi Hukumatning eng muhim vazifasidan biri sifatida belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2016 yil 10 oktyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonlaridan berilgan taklif va tavsiyalar asosida Dastur loyihasi qayta ishlab chiqilib, Hukumat yig‘ilishida tasdiqlandi. 2017 yilda Aholi bandligini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birga har bir qishloq (mahalla) bo‘yicha demografik holat, jumladan aholining yoshi, kasbi, bandligi, ijtimoiy ahvoli, mehnatga layoqati, ayollar bandligi va boshqa ko‘rsatkichlari birma-bir o‘rganildi hamda hududlardagi joriy mehnat bozori holati, shu jumladan 2017 yilda ish joylariga muhtoj bo‘lgan aholining haqiqiy soni kasblar kesimida aniqlandi. Mehnat bozorining kutilayotgan ehtiyojidan kelib chiqib, ya’ni kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari, chetdan qaytadigan mehnat migrantlari, ish qidirayotgan fuqarolar, shuningdek iqtisodiy jarayonlar natijasida ish joyini yo‘qotadigan xodimlarni ham hisobga olgan holda barcha tumanlar va shaharlar bo‘yicha 2017 yilda aholi bandligini ta’minlashga oid Buyurtmanoma shakllantirildi. Ushbu Buyurtmanomalar asosida mahalliy hokimliklar hamda Iqtisodiyot vazirligi hamkorligida kollej bitiruvchilari, mehnat migrantlari, ishdan bo‘shatilgan ishchilar soniga mos keladigan ko‘lamlarda aholi bandligini ta’minlash parametrlari ishlab chiqildi. Dastur loyihasini ishlab chiqish jarayonida, haqiqatda ish o‘rinlari yaratish imkoni mavjud bo‘lgan sohalar, tarmoqlar, ayniqsa investitsion dasturlar doirasida yaratiladigan yangi korxonalar, shuningdek ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oilaviy biznes sohalarida mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlar maksimal darajada hisobga olindi. Dastur loyihasida 2017 yilda mehnat bozoriga ta’sir etadigan demografik omillar, jumladan aholining o‘sishi, pensiyaga chiqish va tabiiy qisqarish omillari inobatga olingan. Bunda, shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida kelgusi yil Dasturi prognoz parametrlarini belgilashda Respublika bo‘yicha mehnat bozoriga ilk bor 508,8 mingdan ziyod yoshlar (kollej va oliy o‘quv yurtlarini bitirib) hamda 145,5 ming nafar qaytib kelayotgan mehnat migrantlari hisobga olingan. Bundan tashqari, 111,0 ming nafar ishchilar iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida ish o‘rinlarini yo‘qotadi, 7,4 ming nafar fuqarolar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladi, 18,3 ming harbiy xizmatchilar muddatli harbiy hizmatni o‘tab ish qidiruvchilar qatoriga kiradilar. Ruxsatingiz bilan, endi 2017 yilda aholi bandligi Dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan tadbirlar to‘g‘risida axborot bersam. Birinchidan, Dastur parametrlari keyingi yilga belgilangan makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari, byudjet, soliq va investitsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlari, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivojlantirish dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Dasturga muvofiq kelgusi yilda 389,3 ming nafar fuqaroning yangidan tashkil etiladigan barqaror ish o‘rinlarida bandligi ta’minlanadi. Bunda investitsiya, mahalliylashtirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hisobiga - 345 308 ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilmoqda. Shundan:
sanoatda 10 102 ta loyihada 131,1 mingta yaratilishi belgilanmoqda. Jizzax shahridagi “Elegans Teks” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 25 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan ip-kalava hamda mato ishlab chiqarish loyihasida 1000 ta, “Guandong Bohua Keramiks” xorijiy korxonasi tomonidan 40 mln. AQSh dollarga teng bo‘lgan keramik plitalar va keromagranit ishlab chiqarish loyihasida 800 ta;
Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Shangfeng Bridj of frendship” qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan sement ishlab chiqarish loyihasida 400 ta ish o‘rinlari yaratiladi.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishda 16 814 ta loyihada 69, 5 mingtani tashkil etadi.
Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yengil konstruksiyali qurilmalar asosida quriladigan xizmat ko‘rsatish ob’ektlari tashkil qilish uchun, kichik hajmdagi ya’ni 20-100 kv metrgacha bo‘lgan tashlandiq yer maydonlarini berish yaxshi natija bermoqda. Jumladan, Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida shahardagi 16 mahallada 300 dan ortiq xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga talab aniqlanib, bugungi kunda 100 dan ortiq fuqarolarga yengil konstruksiyali qurilmalar asosida xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qurish uchun shahar hokimininng qaroriga asosan 1,2 ga yer maydonlari ajratilib, 600 ta ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Bu tajribani yaxshi natija berganini inobatga olib 2017 yilda ham tadbirkorlarga kichik hajmdagi yer maydonlari ajratish davom ettiriladi. Qishloq xo‘jaligi sohasida 10 058 ta loyihada 55,8 mingta, bunda asosan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni maqbullashtirish orqali chorvachilikda 2 992 ta loyihada 18 550 ta, parrandachilikda 792 ta loyihada 4 756 ta, bog‘dorchilik, yangi turdagi ko‘chatchilikda 1 126 ta loyihada 7 174 ta, baliqchilikda 821 ta loyihada 3 079 ta, uzumchilikda 891 ta loyihada 4 366 ta, intensiv bog‘lar, issiqxonalar, muzlatgichlarni tashkil etish bo‘yicha 1 249 ta loyiha hisobiga 7 480 tani tashkil etadi. Qurilish va infratuzilma loyihalarida 88,9 mingta (ko‘p qavatli va qishloq joylarida uy-joylarni qurish yo‘l transport va muxandislik kommunikatsiya infratuzilmasi, qurilish hamda qurilishning boshqa yo‘nalishlarida); Misol: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida"gi qarori qurilish sohasida ish o‘rinlarini yanada ko‘payishiga imkon yaratdi. Birgina 2017 yilda Dasturni moliyalashtirishga 2 trillion 121,5 milliard so‘m yo‘naltirilib, 15 mingta yangi uy va kvartiralar quriladi. Buning uchun yangidan tashkil etiladigan 500 dan ortiq qurilish korxonalarida qo‘shimcha 30 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratiladi. Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish va ijaraga berish hisobiga 44,0 mingta yaratilishi belgilangan. Dasturga asosan Zarafshon shahar hokimligi balansidagi tugatilgan sobiq —Qizilqum Manufaktura” qo‘shma korxonasiga qarashli bo‘lgan bino va inshootlarini “Orianna yarns textile” MChJga investitsiya kiritish sharti bilan “nol” xarid qiymatida berilishi hisobiga 3644 mln. so‘mlik o‘z mablag‘larini loyihaga yo‘naltirish evaziga 150 ta; Namangan shahridagi bo‘sh turgan yer maydoni negizida “Tekstil libos” MChJ tomonidan tikuvchilik faoliyatini yo‘lgan qo‘yish uchun jami 3,0 mlrd. so‘m investitsiya hisobiga (o‘z mablag‘i 1,0 mlrd. so‘m, tijorat banki krediti 2,0 mlrd. so‘m) 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan. Dasturda Navoiy, Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi erkin iqtisodiy zonalarda transport, qurilish, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bilan uzviylikda yangi loyihalarni amalga oshirish orqali ish o‘rinlari tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Misol uchun, Angren erkin iqtisodiy zonasi hududida “Gongkong texnoloji KoLTD” xorijiy korxonasi tomonidan qiymati 7,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan dekorativ keramik plitkalar va santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasida 350 ta ish o‘rinlari tashkil etiladi. Urgut va G‘ijduvon tumanlari hamda Qo‘qon shahrida tashkil etiladigan erkin iqtisodiy zonalar bu boradagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Bundan tashqari boshqa yo‘nalishlarda Boysun tumanida Farmatsevtika mahsulotlari hamda Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasi tashkil etish bo‘yicha qaror loyihalari tayyorlanmoqda. Shuningdek, Dastur doirasida norasmiy sektorda ishlayotgan fuqarolarni rasman ishga olinishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda, berilgan imkoniyatlarni ish beruvchilarga tushuntirish orqali ish o‘rinlarini tashkil etish va legallashtirish imkoniyatlaridan keng foydalaniladi. Ikkinchidan, Dastur loyihasiga muvofiq, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, ular tomonidan mehnat shartnomalari asosida qo‘shimcha xodim yollash hisobiga - 97,7 ming kishining bandligi ta’minlanadi; Uchinchidan, aholini qishloq xo‘jaligi, xususan paxtachilik (paxtani chopiq qilish, chekanka, yig‘im - terim ishlarida), g‘allaga ishlov berish, begona o‘tlardan tozalash, pillachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, quritish, qadoqlash va konservalashda, xususiy sektordagi uy-joylar qurilishi, shuningdek, yo‘l qurilishi, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlaridagi mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda yillik o‘rtacha hisobda 199,1 ming kishining bandligi ta’minlanadi. Hunarmandchilik, oilaviy tadbirkorlik hamda shaxsiy yordamchi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, o‘zi-o‘zini band qilish orqali 308,6 ming nafar aholining bandligini ta’minlashga erishiladi. Korxonalarni optimizatsiyalash bankrot qilish va tugatish, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlikda 205 mingta ish o‘rinlari tugatilishi hamda mehnat bozorida 133,1 mingta ish o‘rinlari tabiiy (xodimlarni pensiyaga chiqishi, vafot etishi, ko‘chib ketishi natijasida) bo‘shashi va 136,7 mingta vakant ish o‘rinlari mavjudligini hisobga olgan holda 2017 yilda ishsizlik darajasini xalqaro standartlarga ko‘ra maqbul bo‘lgan 5-6 foiz atrofida saqlab qolish imkonini beradi. To‘rtinchidan, Iqtisodiyot vazirligi, tijorat banklari hamda tegishli vazirlik, idoralar bilan birgalikda hududlardagi ichki imkoniyatlar o‘rganildi va ularni ishga solish maqsadida mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bo‘lgan 34 tumanda maxsus chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida “Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak. Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim” deb ta’kidlab o‘tdilar. Dastur doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan 15,8 trln. so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. Bu esa 2016 yilga nisbatan 25 foizga ko‘p. Xususan, ajratiladigan kreditlarning salmoqli qismi Milliy bank (2 385,4 mlrd.so‘m), Asakabank (1 546,8 mlrd so‘m), Agrobank (1 312,9 mlrd so‘m), Xalq banki (1 250,8 mlrd so‘m), Ipotekabank (1 144,4 mlrd so‘m), Mikrokreditbank (1 131,5 mlrd so‘m), O‘zsanoatqurilishbanki (1 121,6 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi. Dasturda nafaqat dunyoga tanilgan tarixiy markazlarimiz bo‘lmish Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon shaharlarida turizm infratuzilmasini rivojlantiribgina qolmasdan, olis va tog‘li hududlarda turizm va ekoturizmni tashkillashtirish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda. Bu borada hozirda Surxondaryo viloyatining Boysun va Uzun tumanlari ichki imkoniyatlari o‘rganilib, turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar mavjudligi aniqlandi, shu asosda ushbu tumanlarni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. Bunda, tog‘ oldi hududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uylari (gostevoy domlar) tashkil etilib ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, tualet va oshxonaning sanitar holatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyohlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa chet eldan keladigan sayyohlar oqimini yanada kengaytirish imkonini beradi. Bu singari kichik loyihalarni moliyalashtirish uchun unchalik katta mablag‘ talab etilmasada ko‘plab ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlarini beradi. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Savdo sanoat palatasi, yangi tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi va tijorat banklari bilan birga ushbu qishloqlardagi yoshlar va aholi uchun sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish rejalashtirilib, videoqo‘llanma tayyorlanmoqda. Beshinchidan, Dasturni amalga oshirish doirasida ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Dasturga muvofiq, yangi yaratiladigan, mavjud bo‘sh (vakant) va zahira qilinadigan (kvota) ish o‘rinlariga kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarining qariyb 508,8 ming nafar bitiruvchisini ishga joylashtirish mo‘ljallangan. Har bir tuman va shahar kesimida bitiruvchilar yashash manzili, olayotgan mutaxassisligi, hududdagi imkoniyatlar va ushbu hududda yaratilayotgan ish o‘rinlarining yo‘nalishlari bilan bog‘lab chiqildi. Ayni paytda, 2017 yilgi asosiy vazifalarimiz sifatida: -bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish, 2017 yilda 24 mingdan ortiq bitiruvchiga
350 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilangan. Dastur doirasida Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 275 ming nafardan ortiq band bo‘lmaganlarning bo‘sh, zahira va yangi ish o‘rinlariga ishga joylashishlarida ko‘maklashiladi, 420 ming nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi bo‘yicha bepul maslahatlar beriladi. Shu bilan birgalikda, band bo‘lmaganlarga, birinchi navbatda yoshlar va xotin-qizlarga kasbga qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatiladi. Bunda, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari imkoniyatlari ishga solinadi. Birgina Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazida bugungi kunga qadar 2 ming nafardan ortiq band bo‘lmagan fuqarolar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, metallarni qayta ishlash, elektrotexnika, axborot- komunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida kasb-hunarga qayta o‘qitildi va to‘liq ishga joylashtirildi. yil sentyabrdan o‘z faoliyatini boshlagan Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 240 nafar band bo‘lmaganlar kasbga qayta o‘qitilmoqda.
Shahrisabz shahrida tashkil etiladigan o‘quv markazining loyihalashtirish ishlari yakunlanib, qurilish ishlari boshlandi va bu markaz 2018 yilda ishga tushiriladi. Urganch va Qo‘qon shaharlarida xuddi shunday o‘quv markazlarini 2019 yilda tashkil etish bo‘yicha Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) bilan kelishildi, hozirda bitim imzolash jarayonida, Buxoro va Termiz shaharlarida esa 2020 yilda tashkil etish rejalashtirilmoqda. Yana bir muhim yo‘nalish bu Tashqi mehnat migratsiyasi masalasi, Bunda birinchi Prezidentimiz tomonlaridan belgilab berilgan 5 prinsip asosida (ish joyi va mehnat sharoiti, ish haqi, turar joy bilan ta’minlash, malakali tibbiy xizmat, xavfsizligi ta’minlanganligi) chetga ishlash uchun yuborish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. Polsha, Yaponiya, Rossiya davlatlarining yirik ish beruvchilari bilan muzokaralar olib borilib, bitim imzolash choralari ko‘rilmoqda. Dasturga muvofiq, barcha hududlarni qamrab olgan holda, band bo‘lmagan aholi, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va migrantlar uchun 1000 dan ortiq yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu yarmarkalar sifati va natijadorligini yanada oshirish maqsadida 2 ta yo‘nalishda, ya’ni yoshlarga biznesni boshlash va ishga joylashish imkoniyatlariga alohida e’tibor beriladi. Yarmarkani o‘tkazish to‘g‘risida 1 oy oldin tuman hokimining qarori qabul qilinishi va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon (reklama) berilishi, ish beruvchilar bilan oldindan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, yarmarkalar joriy etilgan yangicha tizim orqali bevosita kollejlar va sanoat maydonlarida tashkil etilib, bitiruvchilar o‘sha joyning o‘zida ish beruvchilarga mehnat ko‘nikmalari va mahoratlarini ko‘rsatish imkoniyatlari ham yaratilib berilmoqda. Misol uchun, Samarqand, Buxoro, Andijon, Toshkent, Xorazm viloyatlaridagi yirik korxonalarning ishlab chiqarish maydonlarida tashkil etilgan yarmarkalarda bitiruvchilarga ish beruvchilar oldida g‘isht terish, bo‘yoqchilik va payvandlash va tikuvchilik bo‘yicha mahoratlarini namoyish etishdi va joyida ishga qabul qilindi. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida yangi interaktiv xizmatlar joriy etilib, kelgusida yanada takomillashtiriladi. Mehnat vazirligi mehnat.uz saytida tashkil etilgan interaktiv xizmat orqali mahalla raislari va kollej direktorlariga o‘zining mahallasi yoki o‘quv muassasasida yarmarka o‘tkazishga Buyurtma berish, fuqarolarga ishga joylashish bo‘yicha inspektor maslahat berishi uchun aholiga maqul vaqtda taklif etilib va vazirlikning 24 soat davomida ishlaydigan call-markazi (200 06 00 raqami orqali) faoliyati yo‘lga qo‘yilib, fuqarolar uchun onlayn maslahat berish imkoniyatlari yaratildi. yilda aholi bandligi Dasturi ijrosini ta’minlash va monitoringini amalga oshirishda quyidagi choralar ko‘riladi.
Birinchidan, viloyat va tuman hokimlari boshchiligidagi Ishchi komissiyalar faoliyati "Aholi bandligi dasturi bajarilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi komissiyalar to‘g‘risida"gi yangi qabul qilingan nizom asosida yanada kuchaytiriladi. Ikkinchidan, ish o‘rinlarini tashkil etilganligini haqqoniyligini ta’minlash borasida qo‘shib yozishlarga chek qo‘yish maqsadida muhrlar bilan tasdiqlangan ma’lumotlardan voz kechilib, tashkil etilgan ish o‘rinlari hisobi Soliq qo‘mitasi va Xalq bankining elektron axborot tizimlaridan foydalangan holda INN va INPS raqamlari orqali amalga oshiriladi. Uchinchidan, xususiy sektorni mehnat bozirida ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatishga jalb qilish maqsadida rekruting xizmatlarini tashkil etish va kelgusida rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rgangan holda "Rekruting faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish; To‘rtinchidan, yoshlarimiz 16 yoshga to‘lganida fuqarolik pasportini olish bilan birga soliq idoralari tomonidan INN raqamlari, Xalq banki filiallari tomonidan INPS raqamlari olishni amalga oshirishni qonunchilikka kiritish; Beshinchidan, ishsizlarni kasbga o‘qitish hajmlarini 15,0 mingga ko‘paytirish va band bo‘lmagan kollej bitiruvchilarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning ish bilan to‘liq ta’minlanishiga erishish (buning uchun 15,1 mlrd so‘m mablag‘ talab etiladi). Oltinchidan, norasmiy mehnat qilayotgan fuqarolarning kichik biznesga jalb etish jarayonlarini kengaytirish. Kichik biznesga berilgan imtiyozlardan keng foydalangan xolda soliq idoralari bilan birgalikda ish joylarini legallashtirish choralarini ko‘rish orqali ushbu fuqarolarning kelgusida pensiya yoshiga yetganda ijtimoiy himoyasini kafolatlash. Yettinchidan, band bo‘lmagan aholiga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish, bunda vazirlik mehnat.uz saytidagi bo‘sh ish o‘rinlari ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayoni tubdan o‘zgartirildi. Qonunchilikka muvofiq bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ma’lumotlar faqat yirik korxonalar va byudjet tashkilotlardan olingan ma’lumotlar hisobiga shakllanar edi. Endilikda, Savdo-sanoat palatasi yordami, mahalliy hokimliklarning bevosita ko‘magi bilan kichik biznes sub’ektlaridan ixtiyoriy ravishda ularni tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda ulardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazaga kiritish yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil 1 dekabr xolatiga bazaga kiritilgan vakant ish o‘rinlarining 35 % xususiy biznes sub’ektlari xissasiga to‘g‘ri kaladi va yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatgichni 50 % ga yetkazishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Sakkizinchidan, Dastur ijrosi keng jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda mahalliy deputatlar tomonidan tashkil etiladi. Bu borada hurmatli deputatlarimiz va senatorlarimiz ko‘magiga ham tayanamiz. Hurmatli senatorlarimiz bilan birgalikda doimiy ishlarni tashkil etib, monitoring natijalari bo‘yicha deputatlarimiz va senatorlarimizga har chorakda doimiy ravishda batafsil va tanqidiy axborot kiritib boramiz. Fursatdan foydalanib, taqdim etilayotgan dastur bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalar uchun hurmatli senatorlarimizga, Senat mas’ul Qo‘mitalari va bo‘limlariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz va kiritilgan 2017 yil Dasturi loyihasini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz.Bu rejalarni amalga oshirishimiz uchun esa ishsizlik sabablari va turlarini o’rganishimiz kerak. 2. Iqtisodchilar ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabalari qandayligi to’g’risida hanuzgacha bahslashadilar . Jumladan , bu masala klassik va keyns maktablari o’rtasidagi kelishmovchilik mavzulardan biridir . Bu bahs xususida qisqacha to’talamiz.
Klassik(va neoklassik) nazariyaga ko’ra , ommaviy ishsizlikning asosiy sababi pasayish tomoniga bo’lgan yuqori va moslashuvchan bo’lmagan ish haqi hisoblanadi . Ish haqi o’z muvozanat darajasidan oshib , kasaba uyushmasining faolligi hamda davlatning aralashuvi tufayli o’sha darajada “o’rnashib qolganda” mehnat talabi bilan taklifi o’rtasida uzilish paydo bo’ladi , mana shu narsa ishsizlikni keltirib chiqaradi . Agar bozordan tashqari kuchlar (kasaba uyushmalari va davlat) firmalarni ish bilan bandlikni oldingi darajasida saqlashga majbur qilsa, buning oqibati mamlakatdagi xronik inflatsiya bo’lishi mumkin . Bundan –neoklassiklarning asosiy “resepti” – ish haqi darajasini ushlab turish va hatto kamaytirish kelib chiqadi . Shuningdek , bu maktab vakillarining (D.Rikardo, J.S.Mill , A.Marshall va boshqalar) fikricha , mehnat bozoridagi raqobat majburiy ishsizlikni istisno etadi . Bozor tomonidan belgilangan ish haqiga mehnat qilishni xohlagan har bir kishi osongina ish topa oladi.
Yangi klassik maktab nazariyachilari (J.Perri , M Feldstayn , R. Xoll va boshqalar) mehnat bozorida muvozanat , ya’ni ish kuchiga talab va uning taklifi teng bo’lsa , ishsizlik bo’lmaydi deb hisoblashadi .
Keynschilar (J.M Keyns , R. Godon va boshqalar) ishsizlikning asosiy sababi – “samarali talab” yetarli emasligidadir deb isbotlaydilar .Ushbu “samarali talab”ning tarkibiy qismi , bir tomondan , shaxsiy iste’mol tovarlariga talab bo’lsa, ikkinchi tomondan , investitsiya talablariga (ishlab chiqarish vositalariga) talabdir . “Ish bilan band bandlik hajmi , demak ish bilan band emaslik yoki ishsizlik , -deb yozgan edi J.Keyns , - mutlaqo ravishda samarali talab bilan bog’liqdir ”. U “samarali talabni” davlar xarajatlarini ko’paytirish , davlatning bozor talabii (eng avvalo , investetsiyaviy tovarlarni) ko’paytirish hisobiga oshirish zarurligini ko’rsatgan.
Monetarchilar(M. Fridman , F. Kegen , D.Mayzelman , K .Brunner , A. Moltser va boshqalar) ish bilan bandlik faqat kutilmagan inflatsiya bilan bog’liq , chunki u ishsizlikning tabiiy darajasini o’zgartiradi , degan tushunchaga asoslanadilar . M.Fridmanning ishsizlikning tabiiy darajasi mavjudligi to’g’risidagi xulosasi muhim metodologik ahamiyatga egadir . Bu daraja mehnat bozori sharoitlari bilan qat’iy chegaralab qo’yilgan va davlat siyosati bilan o’zgartirilishi mumkin emas . Agar hukumat ish bilan bandlikni uning tabiiy darajasini talabni ko’paytirishning an’anaviy byudjet va kredit usullari bilan oshirmoqchi bo’lsa , bu choralar qisqa muddat samara keltirib , faqat narx-navo ko’tarilishiga olib keladi.
Institutsional iqtisodiyot nazariyasida (T. Veblen , J. Gelbreyt , D . Kommons va boshqalar) mehnat bozoriga iqtisodiyotning eng muhim sektori sifatida qaraladi . T. Veblen bozorning tarixiy rivojlanishini tahlil etar ekan , industirial jamiyat taraqqiy etishibilan raqobat kurashi markazi tovarlar va xizmatlar bahosi uchun kurash sohasidan mehnat bahosi va sharoiti uchun kurashish sohasiga ko’chishini aniqladi. 4
Mazkur yo’nalish tarafdorlari davlat mehnat bozoridagi rejali siyosatini bu yerda amal qiladigan institutlar orqali amalga oshirishi zarur degan fikrda bo’lganlar . J.Gelbreyt davlat ishi bilan bandlik darajasi yuqori bo’lishidan manfaatdor , chunki bu holat byudjetning daromad qismini ko’paytiradi va mamlakat boyligining ortishini ta’minlaydi deb ko’rsatgan Institutsional maktab vakillari qarashlarini tahlil etish asosida ularning mehnat bozorini tartibga solish bo’yicha nuqtai nazrlari to’g’risida quyidagi xulosaga kelish mumkin , Y’ni shaxs erkin hamda kasb malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladigan ijtimoiy tartib o’rnatish uchun ijtimoiy iqtisodiy siyosat quyidagi vazifalar xal etilishini ta’minlashi zarur :
Odamlarning qobiliyatiga muvofiq tanlagan kasbga o’qish uchun teng imkoniyat yaratish ;
Xodimlarning mehnat jarayoniga ko’milish , malaka oshirish , xizmat vazifasi bo’yicha ko’tarilish uchun teng imkoniyatlar yaratish;
Mehnatni rag’batlantirish xodim va uning oilasi munosib turmush kechirishini ta’minlaydigan darajada bo’lishi;
Xodimlar bilan ish beruvchilar o’rtasida mehnat munosabatlarini tartibga solish
Yuqorida bayon etilganlardan ishsizlikning kelib chiqishi sababi mehnat bozorida Ishchi kuchi taklifining unga talabidan ortiqligi natijasi ekanligi annglanadi . Lekin mehnat bozori faqat , muayyan bir vaqtda mehnat resurslariga talab va uning taklifi nisbatini aks ettiradi , xolos .Ana shu nisbetni tashkil etadigan mehnat resurslari mehnat bozori tashqarisida (moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish , muomala sohalarida) shakllanadi . Bu ishsizlik tarkibida ham o’z ifodasini topadi.
Ishsizlik tarkibi :
Jinsi bo’yicha
Yoshi bo’yicha
Ijtimoiy guruhlar bo’yicha
Erkaklar
ayollar
Yoshlar , Pensiyaga chiqish arafasidagilar
Ishchilar, xizmatchilar , mutaxasislar
Ta’lim darajasi bo’yicha
Malakasi bo’yicha
Ixtisosligi bo’yicha
O’rta , o’rta maxsus , oliy
Muhandis , iqtisodchi o’qituvchi va boshqalar
Malakali , malakasiz
1-jadval Ishsizlikning tarkibi
1-Jadvalga ko’ra "Ishsizlik tarkibi" indikatori ishsizlarni jinsi, yoshi, ma'lumoti darajasi, kasbiy holati, ijtimoiy xususiyatlari (ishchilar , mutaxassislar), daromadlari va boyligi bo'yicha ishdan bo'shatish sabablariga ko'ra tavsiflaydi. Ishsizlik tarkibini tahlil qilish statistik, operatsion va sotsiologik tadqiqot usullarining kombinatsiyasi asosida amalga oshiriladi. Tahlil natijasi ishsizlarning ijtimoiy-demografik portretini ishlab chiqish bo'lishi mumkin.
MDH mamlakatlardagi voqelik ishsizlikning iqtisodiy turg’unlik pasayishi sur’atlari bilan bevosita aloqasini tasdiqlamaydi . Masalan , sanoat ishlab chiqarish hajmlari deyarli ikki marta qisqarganda , ish bilan band bo’lganlar soni 10%dan ortiqroq kamayishi mumkin . Fikrimizcha , buning sababi quyidagicha bo’lishi mumkin :
Birinchidan , bu iqtisodiyotda davlat sektorining saqlanganligidir .Bozor islohotlarining boshlarida , davlat mulki ustuvor bo’lgan va korxonalarni , shu jumladan , qaror keltiradiganlarni ham davlat tomonidan qo’llab – quvvatlash davom etgan , ish haqining onda –sonda va kechikuvchi idekasasiya qilinishi munosabati bilan inflatsiya darajasining kamayishi korxonalarga , hatto ishlab chiqarish kamygan sharoitlarda ham , aholini ish bilan bandligini saqlash imkonini beradi .
Ikkinchidan , bu yashirin ishsizlikning to’liq bo’lmagan ish vaqti , ta’minot saqlanmagan ta’tillar shaklida ko’payishidir . Rasman ish bilan band bo’lgan bunday ishchilar hech qayerda ishsizlar sifatida ro’yxatga olinmaydi , ular garchi mohiyatiga kora sezilarli darajada ishsiz bo’lsalarda , rasman boshqa ish joyini qidirmaydilar . Qoidalarga ko’ra , qisman ish bilan band bo’lganlar ikkinchi marta ish bilan bandlik yoki o’z- o’zini ish bilan band qilish deb atalmish aholini ish bilan bandligiga ega bao’ladilar .
Uchinchidan , ishsizlikning kuchli o’sishi , ayniqsa , keskin iqtisodiy o’zgarishlardan keying dastlabki yillarda mehnat bozoridagi taklif kamayganligi tufayli ko’zga tashlanmaydi . Qo’llanilgan muddatdan oldin pensiyaga chiqarish , uy xo’jaligida ish bilan band bo’laganlar sonini ko’paytirish (asosan , ayollar) , yakka tartibdagi mehnat faoliyatining keng tarqalishi – bu iqtisopdiyot yashirin sektorining rivojlanishini jadallashtiradi – bularning hammasi bozordagi ishchi kuchi taklifini kamaytiradi .
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mehnat bozorini tartibga solishda ish haqi bilan bog’liqligi , ayniqsa , muhim ahamiyatga egadir . Buni “Fillips egri chizig’i” orqali kuzatishimiz mumkin . Yangi Zellandiyada tavallud topgan , uzoq vaqt davomida Angiliyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan Olban Uiliyam Fillips 1891- yildan 1958- yilgacha bo’lgan davrni qamrab olgan ma’lumotlar asosida ana shu bog’liqlikni asoslab bergan.
Agar ish haqi va narxlarning o’zgarishi sur’atlari o’rtasida bir xil nisbat mavjud deb hisoblanadigan bo’lsa , Fillipsning egri chiziq modeliga ko’ra ikki: iqtisodiy o’sishning eng yuqori sur’atlari ish bilan bandlik darajasining yuqori bo’lishi , ayni paytda narxlarning tez qimmatlashishi yoki narxlarning barqarorligida ishsizlik darajasining yuqoriligi holati kuzatiladi .
XX asrning 70-yillarida inflatsiya sur’atlari va ish haqi darajasi bir vaqtda o’sishining imkoniyati yo’qligini inkor etgan voqealar sodir bo’ldi . Neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK ) neft narxini oshirib yubordi . Buning oqibatida stagflyatsiya – ishlab chiqarishning pasayishi hamda inflatsiya sur’atining o’sishi ro’y berdi.
“Fillips egri chizig’i”ning zamonaviy modellari inflatsiyaning o’sish sur’atlarini – narxning avvalgi darajasidan o’zgarishi quyidagi 3 omilga bog’liqligiga asoslangan, ya’ni:
Kutilayotgan inflatsiyaga;
Davriy inflatsiyaga;
Taklifning sok o’zgarishiga ;
Nobel mukofotining lauriyati K.A.Pissarides o’zining “Ishsizlikning muvozanat nazariyasi” asarida ishsizlik ish bilan band xodimlar va ishsizlarning manfaatlari bir – biriga zidligi sababli yuzaga kelish g’oyasini ilgari suradi . Shuning uchun agar ish haqi faqat ish bilan band xodimlar mavjud bo’lgan firma darajasida belgilanadigan bo’lsa , ishsizlik muvozanati samarali bo’lmaydi . chunki ishsizlar va bo’sh ish joylari mavjud firma savdodan tushadigan foydadan ish bilan band xodimlar mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan kompaniya kabi yetarlicha manfaatdor bo’la olmaydi .Bunday kompaniya jamiyat manfaati nuqtai nazaridan ijtimoiy samarali emas .
Iqtisodchi olim Pissarides ish haqi ijtimoiy samarali darajada bo’lgandagina ishsizlar faolroq ish qidirishlarini , natijada mehnat bozorida raqobat kuchayishi tufayli ish beruvchilar yuqoriroq bilim va malakaga ega bo’lishlari va bu pirovard natijada kompaniyalarning samaradorligi ta’minlanishiga olib kelishi to’g’risidagi xulosaga keladi .
Ishsizlikning asosiy sabablaridan yana biri bu - mehnat bozorida nomutanosiblikdir. Ushbu nomutanosiblik, ayniqsa iqtisodiy tanazzul, urush, tabiiy ofatlar va boshqalarda kuchaymoqda.
Ishsizlik bozor iqtisodiyotining muhim sherigi hisoblanadi. Tabiiy me'yorda bo'lgan mehnat zaxirasi uning samarali ishlashining omillaridan biridir.
Ishsiz odamlar va ularning oilalari ko'pincha moddiy muammolarga duch kelishadi. Ishsizlarning moliyaviy ahvoli, ularning asosiy qismi naqd pul jamg'armalariga ega emasligi sababli og'irlashadi, shuning uchun ular ish joyidan mahrum bo'lganda, ishsizlik nafaqalari bilan yashashga majbur bo'ladilar, ularning miqdori juda oz.
Ishsizlarning oilalarida bo'sh vaqt, ta'til va bolalar ta'tilini o'tkazish, sport o'ynash, turli to'garaklarga, sektsiyalarga tashrif buyuradigan bolalarga va hokazolarga nisbatan ko'proq muammolar mavjud.
Ishsizlik har bir shaxs uchun ish, kasb, mutaxassislikni majburiy yo'qotish, qayta tayyorlash va yangi kasbiy bilimlarni olish zaruriyati, yangi ish qidirish bilan bog'liq. Odamlar o'z odatlarini, ijtimoiy doirasini, eski turmush tarzini o'zgartirishga majbur. Ular ertangi kunga kamroq ishonishadi. Ishsizlikning hissiy oqibatlari orasida o'zini past qadrlash, tushkunlik va o'z joniga qasd qilish moyilligini nomlash moda. Ishsizlikdan kelib chiqadigan stress holati odamning turli kasalliklarga moyilligini oshirishi mumkin.
Ba'zi tadqiqotchilar ishsizlik bilan bog'liq stress oila a'zolarining bir-birlariga g'amxo'rlik qilish qobiliyatini pasaytiradi, natijada o'smir bolalar uylaridan tez-tez qochib ketishadi va er-xotin o'rtasidagi munosabatlardagi mojarolar kuchayadi. Shu bilan birga, bunday vaziyat bolaning mustaqilligining rivojlanishiga, uning o'qishga, mehnatga bo'lgan munosabatining o'zgarishiga olib keladi. Bolalar mehnati ko'plab ijobiy tomonlarga ega. Yaxshi ish intizomni, bag'rikenglikni, o'zini o'zi qadrlashni, mehnatsevarlikni o'rgatishi mumkin. Bundan tashqari, ortiqcha yuk bolalarning sog'lig'i va ta'lim sifatiga ta'sir qiladi. Ko'pgina bolalar hech qanday bilim va kasbiy ko'nikmalarsiz pul topish va qulay yashash mumkin degan xulosaga kelishadi. Bunday hollarda o'spirinlarning o'qish va mehnatini birlashtirish masalasini oqilona hal qilish zarur.
Va nihoyat, ishsizlik va jinoyatchilik o'rtasidagi bog'liqlikni ta'kidlash kerak.
Shunday qilib, ishsizlik nafaqat ushbu pozitsiyaga tushgan har bir kishiga, balki uning oila a'zolariga ham halokatli ta'sir ko'rsatadi. Barcha kuchlarni safarbar etish va qiyin vaziyatdan chiqishga yordam berish jamiyat va ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassislarning vazifasidir.
Fuqaroni ishsiz deb tan olish to'g'risidagi qaror fuqaroning yashash joyidagi bandlik xizmati tomonidan pasport, mehnat daftarchasi yoki ularning o'rnini bosadigan hujjatlar, shuningdek hujjatlar taqdim etilgandan so'ng 11 kundan kechiktirmay ish bilan ta'minlash xizmatiga qabul qilinadi. Kasbiy malakasini tasdiqlash, oxirgi ish joyida oxirgi ikki oyda o'rtacha ish haqi to'g'risidagi ma'lumot, va birinchi marta ish izlayotganlar uchun va kasbiga (ixtisosiga) ega bo'lmaganlar uchun - pasport va ma'lumot to'g'risidagi hujjat. Bunday holda, fuqaro ushbu hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ishsiz deb tan olinadi .
- pensiya to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiya olgan fuqarolar, 3 guruh nogironligi bo'yicha pensiya oladigan fuqarolar bundan mustasno;
- tegishli ish uchun ikkita variantni olish uchun Bandlik markaziga murojaat qilgan kundan boshlab ikki kun ichida rad etgan fuqarolar.
- Belgilangan tartibda ishsiz deb e'tirof etilmagan fuqarolar, tan olinishi uchun ikki hafta o'tgach, yana murojaat qilish huquqiga ega.
- Agar murojaat qilingan kundan boshlab 10 kun ichida tegishli ish bilan ta'minlash imkoni bo'lmasa
- Fuqarolar bandlik markaziga hujjatlar taqdim etilgan birinchi kundan boshlab ishsiz deb tan olinadi.
Ish xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, oldingi ishi, sog'lig'i, ish joyining transport imkoniyatidan kelib chiqqan holda, uning kasbiy mosligiga mos keladigan deb hisoblanadi.
XULOSA Mehnat bozori mehnat resurslarini shakllantirish, taqsimlash qayta taqsimlash va ulardan foydalanishni muvofiqlashtiruvchi iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, ishlab chiqarish, tijorat va boshqa faoliyat turlarini samarali amalga oshirishni ko‘zlaydigan ish kuchi sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mexanizmi sifatida ish kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni huquqiy normalar asosida bevosita tartibga soluvchi bozor iqtisodiyotining murakkab ijtimoiy - iqtisodiy tizimidir. SHuningdek, mehnat bozori bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosid qurilgan ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidir. Mehnat bozorini turli mexanizmlar orqali tartibga solish strategiya va taktikasini ishlab chiqish barcha jarayonlarining jamiyat va iqtisodiyotning olg‘a tomon rivojlanishi talablariga, jamiyatdagi ijtimoiy - siyosiy barqarorlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlarning ustuvorligini ta’minlashga hamda ish bilan bandlik samaradorligini oshishiga xizmat qilishi zarur. Mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiy rivojlanish talablarini amalga shart-sharoit yaratishi zarur. Bu esa mehnat resurslarining yuqori darajada ish bilan bandligi keragidan ortiqcha xodimlarni saqlab turish orqali emas, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining ish joylariga bo‘lgan ehtiyojlarini kamaytirish, mehnat bozorida faol siyosat bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish kerak. Qayta qurilayotgan ta’lim tizimi iqtisodiyot tarmoqlari talablariga hozirgi kun tuzilmaviy tarkibidan kelib chiqib emas, balki yanada ilgarilashni ta’minlash hisobiga, ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining bundan keyingi tezashishiga ham mos bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish ishlarining samarali bo‘lishi uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: mutaxassislar tayyorlash va ular malakasini oshirish ishlarini olib borishga qodir bo‘lgan o‘quv yurtlari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish va ularga moliyaviy va moddiy imtiyozlar berish; o‘quv yurtlari faoliyatini boshqarishda iqtisodiy uslublardan kengroq foydalanish; mutaxassislarni qayta tayyorlashning eng maqbul yo‘llarini tanlash va miqdor jihatidan ularni mehnat bozoridagi talab ehtiyojiga qarab o‘zgarib turishini ta’minlash; mehnat bozorida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam hisoblangan yoshlarning malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan o‘tishi orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash; yoshlarni kasbga yo‘naltirishni psixologik jihatdan qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha ilmiy asoslangan dasturlarni ishlab chiqish. kasbiy tarkibning yillik tahlili, bitiruvchi ishsizlar soni va ularni ishga joylashtirish monitoringini tizimli ravishda o‘tkazi borish. Bizningcha, yoshlar ishsizligini kamaytirishning hududiy dasturi metodikasini ishlab chiqish va tadbiq etish ularni ish bilan bandligini oshirishning samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Mazkur dastur ish bilan bandlikning davlat siyosati, inflyasiya va ishsizlik, ish bilan bandlik va investitsiyalar, ish joylari va mehnat resurslari o‘rtasidagi makroiqtisodiy nisbatlar bilan uzviy bog‘liq holda ishlab chiqilishi zarur. Yuqorida zikr etilgan xulosa va tavsiyalardan amalda foydalanish O‘zbekiston sharoitida respublikamiz mehnat bozorida yoshlarning samaral bilan bandligini ta’minlashda muhim omil va shart - sharoitlar bo‘lib hisoblanadi