Mavzu: isitma sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarning erta va qiyosiy tashxisi



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə6/9
tarix10.04.2017
ölçüsü0,99 Mb.
#13712
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Erikson belgisi – bemor yonboshga yotqizilib yuqoridagi yonbosh suyakning bukri bosilsa, zararlangan tarafda dumg’azada og’riq kuzatiladi. Ikki tomonlama zararlanish bo’lganda esa bemor osmonga qarab yotganda yonbosh suyak bukirlari ikkala qo’l bilan bosilganda og’riq kuzatiladi.

  • Naxlas belgisi – bemor qorni bilan yotgan holda tizza bo’g’imidan bukiladi va oyoq yuqoriga ko’tarilsa dumg’aza-yonbosh bo’g’imida og’riq kuzatiladi.

  • Larreya belgisi – bemor osmonga qarab yotganda yonbosh suyak qanotlarini ikki qo’l bilan ikki tarafga tortsak og’riq kuzatiladi.

  • Djon-Bera belgisi – bemor osmonga qarab yotganda qov birlashmasi (simfiz) bosilganda dumg’aza-yonbosh bo’g’imida og’riq paydo bo’ladi.

    Surunkali qoraoqsoqda mushaklarda og’riq (miozit), fibrozit, sellyulit, nevritlar, radikulitlar, orxit, epididimit, salpingit, metrit, endometrit, amenorreya, bepushtlik, abort, o’lik tug’ilishlar kuzatilishi mumkin.

    Laborator tashxisot.

    Bakteriologik tekshirish uchun qon, suyak ko’migi, siydik, sut, balg’am, sinovial, orqa miya, jinsiy a’zolar suyuqliklari olinadi. Serologik reaksiyalarda Rayt, Xeddlson, Kumbs reaksiyalari, KBR, RPGA qo’llaniladi.


    Tifo-paratifoz kasalliklar (TPK)
    TPK – o’tkir infeksion kasalliklar bo’lib, bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, o’ziga xos isitma, jigar va taloqlarning kattalashuvi, me’da – ichak tizimi limfatik apparatining (ayniqsa ingichka ichakning) zararlanishi bilan kechuvchi kasallikdir. Qo’zg’atuvchisi Enterobacteriaecea oilasi, Salmonella avlodi, Salmonella enterica turkumiga mansub, grammanfiy, peritrexial xivchinlarga ega bo’lgan tayoqchadir. Kasallikning tipik va atipik shakllari mavjud.

    Kasallik boshlang’ich davrining klinik belgilari: umumiy holsizlik, tez charchash, adinamiya, kuchayib boruvchi bosh og’rig’i, ishtaha pasayishi, isitmaning pog’onasimon asta ko’tarilib, kasallikning 4-7 kunlari eng cho’qqiga chiqishi, uyqu ritmining buzilishi, nisbiy bradikardiya, o’pkada quruq tarqoq xirillash, til quruq, kulrang karachli, chetlari karachdan toza, meteorizm, gepatomegaliya. Padalka simptomi musbat, goxida gastroenterit yoki enterit belgilari kuzatiladi.

    Kasallik avjiga chiqqan davrida intoksikatsiya yanada kuchayadi. Kasallikning 7-8-kunlari isitma maksimal darajagacha chiqib ko’pincha doimiy tipda bo’ladi. Bemor tormozlangan, befarq, es- xushi xiralashgan (infeksion-toksik ensefolapatiya). Isitma fonida kasallikning 8-10-kunlaridan boshlab kam sonli rozeolez toshmalar toshadi (qorinning yuqori va yon qismlarida, ko’krakning pastki qismida).Toshmalar tana harorati meyorga tushguncha, biri paydo bo’lib, boshqasi yo’qolib boradi. Til quruq, tilda tish izlari, kul-rang to’q qo’ng’ir karachli (fuliginoz til), meteorizm, gepatosplenomegaliya. Paratif V da diareya kuzatilishi mumkin. Nisbiy bradikardiya, puls dikrotiyasi, AQB pasaygan, yurak auskultatsiyasida sistolik shovqin eshitiladi. Kasallikning orqaga qaytish davrida bosh og’rig’i va umumiy intoksikatsiya belgilari so’nib boradi, tana harorati litik pasayadi, ishtaha ochiladi, til tozalanadi, jigar va taloq me’yoriga keladi. Lekin biroz astenizatsiya uzoq muddatga saqlanib qoladi.

    TPKga uch xil tipdagi isitma egri chizig’i xosdir:

    1.Vundirlix tipi ( 6-8 % hollarda). Bu tipdagi isitmada stadium incrementi asta-sekin pog’onasimon ko’tarilib, kasallik birinchi haftasining oxirlarida 39-40°S gacha etadi. So’ng Stadium fascigada doimiy tipda (f.continua) bo’ladi. Stadium fasciga bir necha kundan, xafta, oygacha davom etishi mumkin. Stadium decrementi litik tushadi. Goxida amfibolik tushishi mumkin(1,5-2°S farqi bilan). Bu tipdagi isitma egri chizig’i trapesiya shaklini eslatadi.
























































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































    40
    39
    38
    37
    36
    2.Botkin tipidagi isitma bir necha to’lqinli bo’lishi mumkin.Bu tipdagi isitma boshqalariga qaraganda ko’proq o’chraydi.

    3.Kildyushovskiy tipidagi isitmada stadium incrementi nisbatan tez (3-4-kun ichida) yuqori darajaga ko’tariladi. Stadium fasciga qisqaroq bo’lib, stadium decrementi asta- sekinlik bilan tushadi (uzun dum berib). Lekin uchala tipdagi isitma egri chizig’ida ham isitma o’ziga xos xususiyatini yuqotmaydi, ya’ni asta-sekin ko’tarilib, asta-sekin tushadi. TPK 0,5-8% hollarda spesifik asoratlar (ichakdan qon ketish, perforatsiya,ITK) berishi mumkin. Ichakdan qon ketganda isitma birdan kritik tushib ketadi. Bemorning ahvoli soxta yaxshilangan bo’ladi. Nisbiy bradikardiya taxikardiya bilan almashadi, bemor terisi yana oqarib ketadi. AQB yanayam tushib ketadi.

    Oxirgi yillarda TPKning atipik shakllari ko’p uchramoqda.Buning asosiy sabablaridan biri bo’lib qo’zg’atuvchilar biologik xususiyatlarining o’zgarishi, poli-va multirezistent shitammlarining paydo bo’lishi, hamda Tojikiston Respublikasidan bizning xududimizga 061 shtammi kirib kelishidir.



    Atipik shakllari

    1.Abortiv shakli.Kasallikning tipik shakliga juda o’xshaydi, lekin hamma klinik belgilar tez rivojlanadi va tez qaytadi. Isitma davri hammasi bo’lib 7-10 kun yoki 2-3 kun davom etishi mumkin. Isitma kritik tushadi, intoksikatsiya simptomlari tez yo’qoladi va tuzalish davriga o’tadi.

    2.Bilinar-bilinmas shakli (ambulator tif). Intoksikatsiya belgilari juda sust, isitma subfebril bo’lib, davomiyligi 5-7 kundan oshmaydi. Ekzantemalar juda kam yoki yo’q. Ichki a’zolardagi patologik o’zgarishlar juda kuchsiz, nisbiy bradikardiya va meteorizm kuzatilmaydi. Bemor odatda ish qobiliyatin yo’qotmaydi.

    Tashxisi. Klinik, epidimiologik va laborator tekshiruvlarga asoslanadi.

    Laborator tashxisoti:

    1.Umumiy qon analizi (kasallikning 4-5-kunidan leykopeniya, aneozinofiliya, trombotsitopeniya).

    2.Bakteriologik usul (qon, axlat, siydik, o’t suyuqligini ekish).

    3.Serologik usul (IFA, RIA, RPGA, Vidal reaksiyasi, O-AGA reaksiyasi).


    Meningokokkli infeksiyalar

    Meningokokkli infeksiyalar – bu qo’zg’atuvchisi Neisseria meningitides havo tomchi yo’li orqali o’tib, polimorf klinik xususiyatga ega bo’lgan kasallikdir. Meningokokkli infeksiyalarda ham isitma xarakteri kasallikning klinik shakllariga mos ravishda bo’ladi.



    Meningokokkli nazofaringit. MI ichida juda ko’p uchraydigan shakli bo’lib, umumiy kasallikning 80% ni tashkil etadi. Kasallik subferil isitmadan, kuchli bosh og’rig’idan, bosh aylanishi va yuqori nafas yo’llari kataridan boshlanadi. Isitma 1-3 kun davom etishi mumkin. Kam hollarda 5-7 kunga cho’ziladi. Bemorda quruq yo’tal, tomoqda og’riq, burun bitishi, yutqum orqa devori va murtak bezlari giperemiyasi, limfoid follikulalar giperplaziyasi kuzatiladi. Ko’p hollarda yutqum orqa devorida shilliqli yoki shilliqyiringli ekssudatlar bo’ladi. Og’ir kechgan hollarda isitma 39-40ºS gacha ko’tarilib, meningizm belgilari qo’shilishi ham mumkin. Periferik qonda neytrofilli leykotsitoz, leykoformulani chapga siljishi bilan. EChT yuqori bo’ladi.

    Meningokokksemiya (meningokokkli sepsis)

    Kasallik o’tkir boshlanib, kuchli toksikoz va ikkilamchi metastatik o’choqlar paydo bo’lishi bilan kechadi. Isitma birdan qaltirash bilan 39-41º S darajaga ko’tariladi. Bemor isitma boshlangan soatigacha aytib beradi. Isitma 3-4 kun davom etishi mumkin. So’ng subfebrilgacha tushadi. Isitma doimiy, intermittirlovchi, gektik, to’lqinsimon xarakterda bo’lishi mumkin.

    Bemorda infeksion toksik karaxtlik rivojlansa tana harorati me’yorgacha tushib ketadi. Demak isitma darajasi bemor ahvolini baholay olmas ekan. Isitma sindromiga umumiy intoksikatsiya belgilari: bosh og’rig’i, darmonsizlik, mushaklarda og’riq, chanqash, og’iz qurishi teri rangparligi, ko’kimtirligi belgilari qo’shilib keladi.

    Ayrim hollarda meningokokksemiya isitmasiz kechishi mumkin.

    Meningokokksemiya tashxisotida eng ahamiyatga ega bo’lgan belgi bu ekzantemadir. Isitma sindromi boshlangandan 5-15 soatdan so’ng gemorragik toshmalar toshadi. Toshmalar har xil kattalikda bo’ladi (petexiya, purpura, ekximoz). Toshmalarning joylashishi asosan tananing pastki qismida: dumba, oyoq -qo’llarda bo’ladi. Yuzda kamroq.

    Artritlar gemorragik toshmalardan so’ng rivojlanadi. 3-7% hollarda uveitlar kuzatilishi mumkin. Meningokokksemiya surunkali shakli kam uchraydi va bir necha haftadan, bir necha yilgacha davom etadi. Isitma ko’pincha intermittirlovchi, kam hollarda doimiy tipda bo’ladi. Isitma polimorf ekssudativ eritema bilan kechadi. Remissiya davrida isitma me’yorgacha tushadi, toshma yo’qoladi, bemor ahvoli yaxshilanadi. Surunkali shakliga artrit, poliatritlar, gepatosplenomegaliyalar xosdir.



    Meningokokli infeksiya. Meningit.

    Meningokokli infeksiyalarning og’ir shakli hisoblanib, kasallik birdan o’tkir boshlanadi. Odam sog’lom yurib turganda to’satdan kuchli qaltirash va tana haroratining o’tkir 39-40ºS gacha ko’tarilishi, kuchli bosh og’rishi, ko’p qusish kuzatiladi (meningit tridasi). Boshlangich davrida bemorning esh-xushi joyida bo’ladi. Es-xushni erta yukotish yomon okibatlarga olib kelishi mumkin.O’ziga xos isitma egri chizigiga ega emas. Isitma egri chiziklari intermettirlovchi, remittirlovchi, doimiy, ikki to’lkinli bo’lishi mumkin. Tarkok, istirobli, juda kuchli, pulsatsiyalanuvchi bosh og’riq xosdir. Giperesteziya, giperakkuziya, fotofobiya, giperosmiyalar rivojlanadi. Meningial belgilar ijobiy bo’ladi: ensa mushagi taranglashuvi Kernig, Brudzinskiy va h.k. Bemor majburiy holatda (“o’qlanayotgan miltiq”) bo’ladi. Yonboshlab yotgan, boshi orqaga tortilgan, qo’llari tanaga, oyoqlari qorniga yaqinlashtirilgan. Isitma darajasi har doim ham bemor ahvoliga baho bera olmaydi. Gohida kasallik isitmasiz ham kechadi. Gemogrammada kuchli neytrofilli leykotsitoz, (giperleykotsitoz) chapga siljish bilan, EChT yuqori.



    Tashxisi. Epidimiologik anamnez, kasallik tarixi va klinik belgilariga asosan qo’yilib, laborator tekshiruvlar orqali tasdiqlanadi. Meningogok tashuvchanlik va nazofaringitda faqat bakteriologik tekshiruvga asosan qo’yiladi (og’iz, burun shilliq qavatlaridan material olinib, meningokoksemiya meningit bilan birga kechganda bakteriologik tekshiriv uchun material og’iz, burun shillik pardasidan, qon,orqa miya suyuqligi olib ekiladi). Serologik tekshiruv uchun RNGA, IFM qo’llaniladi.
    Skarlatina
    Skarlatina – bu umumiy intoksikatsiya, isitma sindromi, angina va mayda nuqtali rozeolyoz toshma toshishi, havo-tomchi yo’l bilan o’tuvchi, antroponoz, o’tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Ko’pincha 10 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Mavsumiyligi kuz va qish oylari.

    Qo’zg’atuvchisi – A guruhiga mansub bo’lgan beta-gemolitik toksik streptokokk.

    Klinikasi. Yashirin davri 5-7 kun. Kasallik juda o’tkir boshlanadi. Sog’lom yurgan bolada to’satdan isitma ko’tariladi, birinchi soatdayoq 39-40º S ga etadi, ko’ngli aynib qusadi va tomoqda og’riq paydo bo’ladi. Bir necha soatdan so’ng toshma toshadi. Toshma yuzga, bo’yinga, tana va qo’l-oyoqlarga juda tez tarqaladi. Kam hollarda toshma kasallikning ikkinchi, uchinchi kunlari toshadi. Toshma mayda nuqtali rozeolez tipida bo’lib, giperemiyalangan teri foniga toshadi. Yuzning yonoq qismida toshma ko’p. Burun-lab uchburchagida toshmalar yo’q, rangpar bo’ladi (Filatov belgisi). Toshmalar tananing yon qismlarida, qo’l-oyoqlarning bukuvchi qismlarida, tabiiy burmalarda juda zich joylashgan. Mayda petixial toshmalar ham bo’lishi mumkin (Pastiya belgisi). Oq dermografizm xos.

    Toshma odatda 3-7 kun saqlanadi. Toshma yo’qolgandan keyin avval nozik terilarda (quloq suprasi, bo’yin, moyak xaltachasi), so’ng butun tanada po’st tashlashlar kuzatiladi. Toshmalar yo’qola borishi bilan bemorning isitmasi ham tusha boshlaydi.

    Skarlatinada angina asosiy va qariyib doimiy uchraydigan belgilaridan hisoblanadi. Tomoqda cheklangan qizarish kuzatiladi (murtak bezlari, tilcha, ravoqda). Yumshoq tanglay shilliq pardalarida qizarishlar yo’q.Kasallikning boshlang’ich davrida til qalin oq karash bilan qoplangan, orqaga qaytish davridan boshlab “malinasimon” til kuzatiladi.

    Skarlatina tashxisotida epidemiologik anamnez va kasallik klinikasining dinamikasi muhimdir. Bakteriologik tekshiruvlarning ahamiyati kam, chunki sog’lom odamlarda va boshqa kasalliklarda ham qo’zg’atuvchini og’iz burin shilliq pardalaridan ajratib olish mumkin.


    Epidemik toshmali tif
    Epidemik toshmali tif – isitma, umumiy intoksikatsiya, rozeolyoz-petexial ekzantemalar toshishi, asab va yurak-qon tomir sistemasining zaralanishi, gohida rikketsiyalarning odam organizmida uzoq yillab saqlanib qolishi bilan siklik kechuvchi o’tkir yuqumli kasallik hisoblanadi.

    Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchisi R.prowazekii.

    Epidemiologiyasi. Kasallik manbai kasal odam.Kasal odam kasallik yashirin davrining oxirgi 2-3 kunidan to isitma me’yoriga kelgandan 7-8-kunigacha manba hisoblanadi. O’tish mexanizmi transmissiv. Rikketsiyani bitlar(asosan kiyim bitlari) o’tkazadilar. Bemor qonini so’rgan bit 4-kundan so’ng boshqalarga yuqtirish xususiyatiga ega bo’ladi, to o’lguncha (30-40 kun). Yashirin davrining oxirgi kunlarida qon topshirgan donorlarning qonidan ham gemotranfuziyada yuqishi mumkin.

    Klinik belgilari. Kasallik siklik kechadi:

    1.Yashirin davri – 6-25 kun.

    2.Boshlang’ich davri (toshma toshguncha) – 4-5 kun.

    3.Avjiga chiqqan davri (toshma toshgandan isitma me’yorga kelguncha) 4-5 kundan, 8-10 kungacha.

    4.Rekonvalessensiya davri (2-3 hafta).

    Odatda kasallik o’tkir boshlanadi. Kam hollarda qisqa muddatli prodromal davri kuzatilishi mumkin (6 soatdan 2 kungacha). Kasallikning boshlang’ich davri isitmaning tez ko’tarilishi bilan o’tkir boshlanadi. Kasallikning 1-2-kunlaridanoq (kam hollarda 3-4chi kun) 39-40°S gacha ko’tariladi. Kuchli bosh og’rig’i, bosh aylanish, ko’ngil aynish, darmonsizlik, uyqusizlik, giperesteziya, giperakuziya, fotofobiya, bezovtalik va eyforiya belgilari bilan kechadi.

    Bemorning tashqi ko’rinishi juda xos, ya’ni yuzi kerkkan, giperemiyalangan, ko’zi yaltiroq, sklerada qon tomiri tiqilishi (quyon ko’z), labi quruq yaltiroq, terisi quruq issiq. Kasallikning 2-3-kunlari tilcha (uvula) asosida nuqtasimon qon quyilish (Rozenberg-Vinokurov belgisi) kuzatiladi. Kasallikning 3-4-kunlari esa binafsha rangdagi kon’yunktival enantema (Kiari-Avsin belgisi) namoyon bo’ladi. Yurak-qon tomir tizimida esa taxikardiya, gipotoniya, yurak tonlari bo’g’iqligi kuzatiladi. Kasallikning 3-4-kunlari taloq kattalashadi. Diurez biroz kamayadi. Kasallikning 3-4-kunidan isitma egri chizig’ida kesilish, ya’ni 1-2°S ga pasayish kuzatiladi. Ertasi kuni isitma yana ko’tarilib oladi. Shu bilan birga intoksikatsiya va MNS ning zararlanishi belgilari kuchayadi. Kasallikka xos ekzantema toshadi. Kasallik avjiga chiqqan davrida hamma klinik belgilar yaqqol namoyon bo’ladi. Isitma maksimal darajaga chiqqandan so’ng og’ir kechgan hollarda febris continua, kam hollarda febris remittans egri chiziqlari tipida bo’ladi. Isitmada kesilishlar kasallikning 8-9 chi va 12-13-kunlari ham kuzatiladi.

    Isitmaning darajasi va davomiyligi kasallik oqibati va bemorlarning ahvolini baholab beradi. 6-kunidan boshlab meningo-ensefalit belgilar namoyon bo’ladi. Bemorlar istirobli bosh og’rig’iga, bosh aylanishiga, ko’ngil aynishiga, uyqusizlikka shikoyat qiladilar, giperesteziya, giperakuziya, fotofobiya belgilari yaqqollashadi. Bulbar buzilishlar – til deviatsiyasi, dizartriya (so’zlashdagi tartibsizlik), Govorov-Godele (tilni pastki tishdan tashqariga chiqara olmaslik va tilni nuqtasimon titrashi) belgilari kuzatiladi. Serozli meningit rivojlanish hisobiga meningial belgilar musbat bo’lishi mumkin. Rozeoloz-petexial toshmalar kaft, tovon, yuzda kuzatilmaydi. Kam hollarda toshmalar bo’lmasligi mumkin, lekin “chimchilash”, “jgut”, Konchalovskiy belgilari musbat bo’ladi. Tili quruq to’q jigar rang tusda – “fuliginoz til”. Gohida siydik chiqarish tizimi ham zararlanib belda og’riq, oligouriya, albuminuriya, silindiruriyalar bo’lishi mumkin.

    Rekonvalessensiya davrida hamma belgilari pasayib boardi. Isitma kritik tushib gohida kollaps bilan birga kuzatiladi.


    Yüklə 0,99 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin