Mavzu: Islomda inson huquqlari himoyasi ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik Islomda inson huquqlari himoyasi



Yüklə 19,97 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü19,97 Kb.
#113845
  1   2   3
Mavzu Islomda inson huquqlari himoyasi ijtimoiy tenglik adolat


Mavzu:Islomda inson huquqlari himoyasi ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik
Islomda inson huquqlari himoyasi.Islom huquqi o’z zaminida normativ tizim sifatida VII-X asrlarda arab xalifaligida feodal jamiyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan bo‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom mavjud huquq Alloh tomonidan yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir davrida bashariyatga o'zining rasuli - Muhammad payg‘am bar (taxminan 570 - 632-yillar) orqali islom ta ’limotini ayon etdi. Alloh tomonidan in’om etilgan huquq insoniyatga bir yo‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, jamiyat bu huquqqa amal qilmog'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e’tiro fetadi. Islom huquqshunoslarining necha asrlik sermashaqqat ishlari aynan ana shunga,ya’ni, tushuntirishva sharhlashga ketgan. Biroq, ularning bu sa’y-harakatlari yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tomonidan nozil bo‘lgan huquqni faqatgina amaliy jihatdan foydalanish uchun moslashtirishga qaratilgan, xolos.
Islom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat emas, balki, fiqh - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini o‘ynaydi1. Huquq muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yangilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy- huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o‘z ifodasini topgan. Bu sharh va fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda talqin etar ekan, hech qachon ularni ochiqdan-ochiq rad etmagan va ularning odatiy jarangini o’zgartirmagan.
Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan berilgan ne’matlardan ularning baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ramiz.
Qur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida ko‘rsatib berilgan. Masalan, Qur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 220-oyatda yetimlaming haqlari to’g’risida, 223, 228-229, 230-oyatlarida erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli imron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, to‘g’ri yo‘l yanglish y o’ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi.
Islomda Alloh taolo har bir mo'minning haq-huquqini kamsitmaslik va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim ma’lumotlar beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari o'nta bo'lib, ular:
1. Alloh taoloning haq-huquqlari;
2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari;
3. Ota-onaning haq-huquqlari;
4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari;
5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari;
6. Er-xotinning haq-huquqlari;
7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari;
8. Q o'shnining haq-huquqlari;
9. Musulmonlaming haq-huquqlari;
10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat.

Yüklə 19,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin