Mavzu; Ivanov va zufarovlar tahriri ostida chiqqan umumimiy pisixalogiya darsligidan shax va uning tiplari mavzusiga oid malumotlarni tahlil qiling



Yüklə 75,72 Kb.
səhifə2/4
tarix21.06.2023
ölçüsü75,72 Kb.
#133498
1   2   3   4
RUZIYEV RAHMIDDIN

Odam psixikasi tarixiy taraqqiyotida sifat jihatidan o ‘zgarganligi va odam ongli mavjudod bo‘lib, shaxs sifatida shakllantirilganligi uqtiriladi. Birinchi b o ‘limning oxirida shaxs to ‘g‘risidagi um um iy m a’lum ot keltiriladi, shaxsning asosiy belgilarining ijtimoiyligi, ongi, o ‘z -o ‘zini anglashi, odam ga www.ziyouz.com kutubxonasi xos bo‘lgan ehtiyojlar, ijtimoiy faollik, m a’lum bir maqsadni ko‘zlab ish tutish, ideallar (oliy m aqsadlar), dunyoqarash, maslak ko‘rsatib o ‘tilgan. Q o‘llanmaning ikkinchi bo‘limida ayrim psixik funksiyalar: sezgi, idrok, xotira, tafakkur va shu kabilar bayon qilinadi. Ayni vaqtda psixikaning ayrim ko‘rinishlari — sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, his, irodaga psixikaning qismlari yoki ong va shaxsning tarkibiy qismlari deb emas, balki yagona ong ko‘rinishlari — funksiyalari deb qaraladi. O dam ning bilish, emotsiya va iroda faoliyatining ayrim ko‘rinishlari «psixologik jarayonlar» degan term in bilan ifodalanadi. Ularni psixik funksiyalar deb atash m a’qulroq bo‘lar edi. Funksiya tushunchasi m azm un va hajm jihatidan kengroq-da axir. Bu tushuncha psixik jarayonlarni ham , psixik holatlarni ham, psixik m ahsullarni ham , shuningdek, faollik va ish-harakatlarini ham o‘z ichiga oladi. Funksiyalar qanday bo‘lmasin butun narsaning qismlari emas, balki shu butun narsa harakatining bir ko‘rinishi dem akdir.

M odomiki shunday ekan, psixikaning ayrim ko‘rinishlari - sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq, diqqat, his, iroda — yagona ongning, yagona shaxsning o‘zaro cham barchas bog‘langan funksiyalaridir. Ikkinchi b o ‘lim da yana har bir funksiyaning umumiy psixologik tarixi, psixik funksiyalarning nerv fiziologik asoslari, maxsus qonuniyatlari, boshqa psixik funksiyalar bilan bog‘langanligi, psixikaning um um iy strukturasida va odam faoliyatida har bir funksiyaning tutgan o ‘rni va ahamiyati bayon qilinadi. Psixik funksiyalarning yoshga aloqador xususiyatlari, ta ’lim va tarbiyada ana shu xususiyatlarining aham iyati qisqacha bayon qilinadi. Q o llan m an in g uchinchi b o ‘limi shaxsning individual xususiyatlariga bag‘ishlanadi. Bu b o ‘limni psixologiya kursining sintetik (yakunlovchi) qismi desa bo‘ladi. Bunga tem peram ent (mijoz), xarakter, shaxsning layoqat-qobiliyatlari va qiziqish-havaslari haqidagi ta ’limot kiradi. Kitobning to ‘rtinchi qismida ikkita ilova bor. Birinchi ilova «Psixologiya tarixidan» deb ataladi. Har bir fanning, shu jumladan psixologiya fani tarixi bilan tanishish saviya uchun muhim ahamiyatga egadir. Chunki u odamning psixologiyasiga doir bilimini kengaytirish bilan birga aqliy saviyasini ham oshiradi. Ikkinchi ilova psixologiya fanining navbatdagi vazifalariga bag‘ishlanadi.


Yüklə 75,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin