Jahon xoʻjaligi - turli mamlakatlar milliy iqtisodiyotining bozor munosabatlari zamirida bir-birini taqozo etgani holda umumjahon yaxlitligini tashkil etishi; jahondagi oʻzaro aloqador milliy xujaliklar va xalqaro iqtisodiy munosabatlar majmui. J. x. bozor iqtisodiyoti rivojining mahsuli sifatida 19-asrning oxiri — 20-asr boshlarida shakllandi. Xalqaro mehnat taqsimoti turli mamlakatlar milliy xujaliklarini ixtisoslashishiga olib keladi, yaʼni muayyan mamlakatda u yoki bu soha ustuvor rivojlanadi. Ixtisoslashuv mamlakatda kanday tabiiy resurslarning borligiga va shu yerdagi i. ch. tajribasiga bogʻliq. Ixtisoslashuv harajatlarni kamaytirib, tovarlarni sifatlii. ch. imkonini berganidan xalqaro aloqalarni zaruratga aylantiradi.
J. x.dagi iqtisodiy aloqalar har bir mamlakat milliy iqtisodiyotining mustaqilligi; mamlakatlar iqtisodiy munosabatlarining bozor qoidalari asosida olib borilishi; iqtisodiy aloqalar uning ishtirokchilar uchun zaruriy manfaatli boʻlishi; milliy xoʻjaliklar manfaatlarining uygʻunligiga tayanib, ixtiyoriy ravishda va sharoit yetilganda oʻzaro integratsiyalashuvi tamoyillariga asoslanadi.
J. x. aloqalari koʻp qirrali boʻlib, savdo-sotiq, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, kapital chiqarish va uni kiritish, ochiq iqtisodiy zonalar tashkil etish, ish kuchi migratsiyasini uyushtirish, birgalikda ilmiy-texnikaviy loyihalarni moliyalashtirish, axborot almashish, sayyohlik sohasida hamkorlik qilish kabi shakllarga ega.
J. x.da xalqaro tashkilotlar tenglikka asoslangan va oʻzaro manfaatli iqtisodiy aloqalar va hamkorlik urnatishga xizmat qiladi.
J. x. aloqalari bevosita turli mamlakatlardagi firmalar, banklar va davlat idoralari oʻrtasida, shuningdek, bevosita — xalqaro tashkilotlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Osiyo rivojlanish banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti va b. kiradi.
J. x.ni tashkil etuvchi milliy xoʻjaliklar ikki yoʻsinda guruxlashtiriladi: 1) rivojlanish yoʻnalishlari buyicha mamlakatlar bozor iqtisodiyooʻti rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyoti tizimiga oʻtish davrida yoki iqtisodiy transformatsiya bosqichidagi mamlakatlarga ajratiladi; 2) iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga kura mamlakatlar yalpi milliy mahsulot (YAMM) koʻrsatkichlari buyicha 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: daromadi past (axoli jon boshiga yillik YAMM koʻrsatkichi 987 AQSH dollari), daromadi oʻrtacha (5323,2 dollar) va daromadi yuqori (22921,3 dollar) boʻlgan mamlakatlar (1999).
MDH mamlakatlari orasida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston daromadi oʻrtachadan pastroq boʻlgan mamlakatlar guruhini tashkil etadi. MDHning boshqa mamlakatlari daromadi past (eng kam taraqqiy etgan) mamlakatlar hisoblanadi. J. x. da sanoati rivojlangan 6 mamlakat: AQSH, Yaponiya, GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya yetakchi oʻrinni egallaydi, 90-yillar oʻrtalarida jahon sanoat i. ch.ning 60%, tovarlar eksportining 63% va xizmatlar eksportining 47% shu mamlakatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.
J. x.da kishilarning turmush darajasi iqtisodiyotga bogʻliq holda jiddiy farqlanadi. Boy mamlakatlarda yuksak turmoʻsh darajasi mavjoʻd boʻlgani xolda qoloq mamlakatlarda kambagʻallar aholining katta qismini tashkil etadi. 21-asrga kelib boʻ ikki guruh mamlakatlaridagi turmush darajasining farqi 12 martadan ziyodroq boʻldi. Qoloq mamlakatlarda daromadning nisbatan koʻp qismi isteʼmolga sarflansa-da, daromadning kam boʻlishi xisobidan bu mamlakatlarda turmush darajasi pastligicha qoladi.
Hoz. davrda J. x.ning rivojlanishi 3 yoʻnalishda bormoqda: 1) J. x.ga kiruvchi mamlakatlar safi kengayib, uning tarkibiga 90-yillarda sobiq sotsializm tizimidan ajralib chiqqan 25 ta yosh mamlakat xoʻjaligi qoʻshildi. Mustaqillik tufayli Oʻzbekiston ham J. x.ga kirib keldi, jahon iqtisodiyotining teng huquqli ishtirokchisiga aylandi, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻldi, jahon savdosida ishtirok etib, 1996—2001 yillarda, uning tashqi savdo oboroti 63,3 mlrd. dollarni tashkil etdi; 2) J. x.da i. ch.ning oʻsishi yuz bermoqda. 1998 y. dunyoda yaratilgan jami tovar va xizmatlar qiymati 36,5 trln. dollar boʻlsa, 2001 y. kelib 40 trln. dollardan ziyod boʻldi; 3) J. x.da iqtisodiy integratsiya (iqtisodiy ishtirokchilar faoliyatining birlashib ketishi) va globalizatsiya (jaxron iqtisodiyotining oʻmoʻmbashariy toʻs olishi, milliy iqtisodiyotlarning har biri oʻning tarkibiy qismi boʻlib qolishi) yuz berib, sifat oʻzgarishlari yuzaga kelmoqda.
J. x. xar bir mamlakat milliy iqtisodiyoti va jahon iktisodiyotining rivojlanish omili hisoblanadi. J. x. doirasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari fan-texnika taraqqiyotini jadallashtiradi, ish koʻchi sifatini oshiradi, eng yangi maqsulotlarni oʻzlashtirish, resoʻrslarni tejash, mehnat oʻnumdorligini oshirishga yoʻl ochadi.
Globallashuv uzoq vaqt davomida tarkib topuvchi hamda butun borliqni qamrab oluvchi bashariyat miqyosidagi iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Hozirda u jahon xo‘jaligining umumjahon tavsifiga ega hamda yaxlit holda butun insoniyatga taalluqli boMgan maMum bir unsurlarini o ‘z ichiga olishi mumkin. Shunga ko‘ra, hozirgi vaqtda jahon xo‘jaligining globallashuv yoMidagi rivojlanishining dastlabki qadamlari, yo‘nalishlari amalga oshmoqda. Globallashuvning yo‘nalishlari makroiqtisodiyotga nisbatan sifat jihatidan yangi boMgan iqtisodiy munosabatlar turining tarkib topishiga olib keladi. Globallashuv jararyonining quyidagi yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yo ‘na/is/i - mulkchilik munosabatlarining globallashuvi. Hozirda mulkiy o ‘zlashtirishning mamlakatlar hududidan chetga chiquvchi, ko'plab davlatlarning ishtiroki asosida ro‘y beruvchi ko‘rinishlari amal qilmoqda. Bularga transmilliy korporatsiyalar (TM K), shuningdek, TM Kning xalqaro birlashmalarini misol keltirish mumkin. Yevropa ittifoqi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy integratsiyalashuv milliy tuzilmalardan yuqori turuvchi organlarni tarkib toptirishi mumkin. Bu organlar Elga a’zo davlatlarning mulkchilik munosabatlarini ham m a’lum darajada tartibga soladi. /kkinchi yo ‘na/is/i — kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o‘tish. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hozirgi zamon murakkab mehnat kooperatsiyasiga xos boMgan xo‘jalik o ‘zaro aloqalarining juda katta tarm og’iga kirishib ketganlar.
Eng mukammal texnika vositalarini yaratishda turli mamlakatlardan yetkazib beriluvchi ko‘plab butlovchi qismlardan foydalaniladi. Masalan, AQSh “ Boing” samolyotini ishlab chiqarishda butlovchi qism va detallarni mingga yaqin xorijiy firmalardan oladi. l/c/iinc/iiyo ‘na/ish — xo‘jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo'lishi va rivojlanishi. Jahonda xo‘jalik aloqalarini tashkil etish shakllarining tubdan o ‘zgarishi ko'p jihatdan axborot tarqatishning globallashuvi bilan bog’liq. Jumladan, yangi asrimizning dastlabki davri uchun quyidagi jarayonlar xos boMadi: a) butun jahonni toMiq kompyuterlashtirishni taqozo etuvchi global axborot tizimlari (Internet singari) yanada rivojlanadi; b) sun’iy yoMdoshlar imkoniyatlaridan foydalanishning yangi tizimi uyali telefon aloqasidan yoMdoshlar orqali ta ’minlanuvchi global aloqaga o ‘tish imkonini beradi; v) insoniyat ochiq axborotlashgan jamiyat tomon intiladi; g) Internet orqali savdo tizimi keng rivojlanadi. To'rtincft/ yo ‘na//s/i - xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi roli rivojlanadi. Jahon xo'jaligi subyektlarining o'zaro aloqasi hamda o ‘zaro bog’liqligining kengayishi va kuchayishi global muammolarni hal etishda tobora ko'proq davlatlarning ishtirok etishini taqozo etadi. Bu muammolarning murakkablashuvi ularning o'z vaqtida va tezkorlik bilan hal etilishida hukumatlararo va nohukumat (ishlab chiqaruvchilar, kompaniyalar va firmalar, ilmiy jamiyatlar va boshqa tashkilotlarning birlashmalari) xalqaro iqtisodiy tashkilotlarining faoliyatini zaruriyatga aylantiradi. Shuningdek, jahon xo'jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlaming asosiylari quyidagilardan iborat: 1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Iqtisodiy o'sishning jadallashuvida ilmiy-texnika inqilobi (ITI) hal qiluvchi rol o'ynaydi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib yangi texnika va texnologiyalarga “sakrab” o'tilishi o ‘ziga xos “tutash zanjir” hosil qildi. Global miqyosdagi axborotlashtirish natijasida turli mamlakatlaming texnologik jihatdan baravarlashuvi tendensiyasi kuchaydi. Axborot, aloqa va transport vositalari rivojlanishidagi texnikaviy to ‘ntarish yer sharining barcha mintaqalarida 1TI yutuqlarini tezlik bilan o ‘zlashtirish imkonini berdi. Natijada, bir mamlakatda yaratilgan yangi texnika va texnologiyalar, sun’iy to ‘siqlarni bartaraf etgan holda, jahon bo‘yicha tezlik bilan tarqalmoqda. Biroq XX asrning oxiriga kelib, jahon xo‘jaligidagi iqtisodiy o ‘sish sur’atlarida jiddiy tafovutlar sezilmoqda. Birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning ko‘payishi tezligi juda o ‘sib ketdi. Aholi jon boshiga YalM o ‘sish tendensiyasiga ega boMgan rivojlanayotgan mamlakatlar soni ko‘paydi. Ikkinchidan, iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi tafovutlar natijasida g’arb mamlakatlari iqtisodiy qudratining sekin-asta, biroq muntazam ravishdagi nisbatan pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Ba’zi mamlakatlar o ‘zlarining iqtisodiy o ‘sish sur’atlarini sezilarli darajada oshirgan holda zamonaviy sanoatlashgan ishlab chiqarishning eng yuqori darajasiga erishishga harakat qilmoqdalar. Masalan, 1970-1980 yillarda yangi industrial mamlakatlaming “dastlabki avlodi” — Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur va Gonkong ancha tez sur’atlarda rivojlandi. 1990 yillarning oxiriga kelib yangi industrial mamlakatlaming “ikkinchi avlodi” — Indoneziya, Filippin, Malayziya, Tayland jadal sur’atda taraqqiy etdi. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan nafaqat an ’anaviy ishlab chiqarish sohalari, balki murakkab texnika mahsulotlari, jumladan ishlab chiqarish vositalari bozori bo‘yicha raqobatlasha boshladilar. Biroq hali jahon xo‘jaligi tarkibida ishlab chiqarishning sanoatlashuvi darajasiga yetmagan, taraqqiyotda ilgarilab ketgan mamlakatlarga yetib olish uchun zarur resurslarga ega bo‘lmagan ko‘plab mamlakatlar ham mavjud. 2) boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasidagi farqning kuchayishi. Jahon miqyosida yaratilgan mahsulot va daromadlarning turli mamlakatlar o'rtasidagi taqsimoti o ‘ta darajada notekis bormoqda. XX asrda yer shari aholisining eng boy chorak qismi YalM ning o ‘rtacha jon boshiga 6 baravar o ‘sishiga erishgan bo‘lsa, eng kambag’al chorak qismi esa, bu ko‘rsatkichning 3 baravar o ‘sishiga erishgan xolos. BMTning oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti m a’lumotlariga ko‘ra, hozirgi davrda jahonda ochlikka mahkum kishilar soni 500 mln.ga etadi, ularning deyarli yarmi ochlik va to'yib ovqatlanmaslik hamda buning oqibatida kelib chiquvchi turli kasalliklar natijasida o'limga mahkumdirlar. 1 mlrd.dan ortiq kishilar yetarli darajada ovqatlanmaslik muammosiga duch kelmoqdalar.
Shuningdek, “yashirin ochlik” — sifatli va to'liq ovqatlanmaslik ham keng tarqalgan. Shunga qaramay, fan va texnikaning zamonaviy darajasi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ahamiyatli darajada ko'paytirish imkonini berib, u nafaqat hozir, balki kelgusida yashashi mumkin boMgan barcha aholining oziqovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondira oladi. 3) ekologik balokat tahdidlarining kuchayib borishi. Insoniyat taraqqiyotining butun tarixi davomida xo'jalik faoliyatining tabiatga ta’siri u qadar ahamiyatli bo'lmay, tabiat o'zining ekologik muvozanatini qayta tiklashga qodir bo'lib kelgan. Biroq hozirga kelib, atrof-muhitga ko'rsatilayotgan ta’sir shunchalik kuchayib ketdiki, natijada tabiat o'zini-o'zi qayta tiklash qobiliyatini yo'qotib bormoqda. Hisob-kitoblarga ko'ra, keyingi 200 yil ichida yer yuzidagi 900 mingga yaqin turdagi o ‘simlik va hayvonlar qirilib ketgan. Foydali qazilmalarning ba’zi bir qayta tiklanmas zaxiralari tugab bormoqda, o ‘rmon materiallari resurslari va xom ashyoning boshqa turlari qayta tiklanib ulgurmayapti. Yer yuzidagi iqlimning o ‘zgarishi, azon qatlamining siyraklashuvi, boshqa halokatli jarayonlarning kuchayishi sivilizatsiyaga jiddiy tahdid solmoqda. Ishlab chiqarishning tabiiy muhitga salbiy ta ’sirining oldini olish uchun tozalash qurilmalari va boshqa ekologik himoya vositalarini barpo etish uchun yirik kapital qo‘yilmalar talab etiladi. Global ekologik muammolarni hal etish uchun butun dunyo mamlakatlari va xalqlarining kuchlarini birlashtirish lozim boMadi. 4) turli mamlakatlarda aholi soni o ‘zgarishining farqlanishi. Yana bir global ziddiyat sifatida XX asming ikkinchi yarmida boshlangan demografik “portlashlar”, ya’ni yer shari aholisi sonining jadal o ‘sishi ko‘rsatiladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining tez o'sishi bir qator jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mamlakatlardagi aholi sonining ko‘payishi natijasida ratsional xo'jalik yuritishga to ‘sqinlik qiluvchi aholining nisbiy ortiqchaligi belgilari ko‘zga tashlanadi. Ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol, ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda, kishilarning haqiqiy ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir demograf-olimlar asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib, aholi nufusi jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o ‘rnatilishi, jum ladan oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar. Bunday assosiz dasturlardan ko‘ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish dasturini taklif qilsalar yaxshiroq bo‘lar edi. Aholi nufusi borasidagi barcha fikr-mulohazalar ham real asosga ega bo‘lmay, biz ularning ba’zi birlarini XX bobda tanqidiy jihatdan ko'rib chiqqan edik. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari o ‘zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo'lib, bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlaraing shakllari. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi
Jahon xo'jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ularning tashqi iqtisodiy qismlari) ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan boMadi. Shu asosda mamlakatlar o'rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo'jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) — bu jahonning turli mamlakatlari o'rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon boMadi: — tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; — kapital va chet el investitsiyalarining harakati; — ishchi kuchi migrasiyasi; — ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; — fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; — valyuta-kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng aw alo, milliy xo'jaliklaming xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin.
Jahon bozori o'zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o'tadiki, ulardan har biri milliy xo'jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlaming xalqaro savdosi hamda jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini XXVII bobda batafsil ko‘rib chiqamiz. Kapitalning xalqaro harakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilishi. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: — xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yoMi bilan harakati ko'pincha mustaqil shald sifatida ajratiladi; —pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida boMishi mumkin; —qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; — ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to ‘g’ridan-to‘g’ri va portfelli investitsiyalardan iborat boMadi. T o‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan obyekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa, bunday huquqni bermaydi. U odatda, aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar shaklida beriladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o ‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta ’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o'tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya — mamlakatlardan doimiy yashash joyiga chiqib ketishni, Immigratsiya — mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Xalqaro migrasiya shuningdek repatriatsiya — ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o ‘z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi: 1) immigrantlar va noimmigrantlar; 2) shartnom a bo‘yicha ishlashga kelgan migrantlar; 3) nolegal, yashirin immigrantlar; 4) boshpana so‘rovchi shaxslar; 5) qochoqlar. Fan-texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklami litsenziya asosida berishni, ilmiytadqiqot ishlari o‘tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma tadbirkorlikni o ‘z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injiniring hisoblanadi. Xalqaro injiniring bir davlat tom onidan boshqasiga sanoat va boshqa obyektlarni Ioyihalashtirish va qurish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati ko‘rsatishdan iborat boMadi. Jahon infratuzilmasi. Tovarlar, ishchi kuchi, moliyaviy vositalarning milliy chegaralar orqali to ‘xtovsiz o ‘sib boruvchi harakati butun jahon infratuzilmasining rivojlanishi va takomillashuvini tezlashtiradi. Muhim transport tizimi (dengiz, daryo, havo, tem ir yoM transporti) bilan bir qatorda jahon iqtisodiyotining rivojlanishida axborot kommunikatsiyalar tarm og’i tobora ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi. Munosib umumjahon infratuzilmasi boMmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarning baynalmilallashuvini rivojlantirib boMmaydi. Bunday infratuzilmaning ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo boMgan. Hozirgi davrda birjalar, moliya markazlari, yirik sanoat va savdo birlashmalari misli ko‘rilmagan tezlik bilan operativ maMumotlar olishga va ularni ishlab chiqishga imkon beruvchi eng yangi texnik vositalar bilan jihozlangan. Rivojlangan mamalakatlarda keng tarmoqli axborot majmuasi tashkil topmoqda, uning ta ’siri amalda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalariga yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda ilmiy va tijorat axborotlari ayniqsa, qimmatlidir. Shu sababli turli xalqaro darajalarda maxsus «ma’lumotlar banklari» tashkil topmoqda, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha engillashtiradi. Jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanadi. Xalqaro ayirboshlash tovarlarda moddiylashgan shakllardan nomoddiy aloqalarga tobora ko‘proq o ‘rin bo‘shatadi, ya’ni fan-texnika yutuqlari, ishlab chiqarish va boshqarish tajribasi, xizmatning boshqa turlari bilan ayirboshlash o ‘sib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra hozirgi kunda xizmatlar jahon yalpi ichki mahsulotining 46 foizini tashkil qiladi.