Mavzu: javobgarlik va ma'suliyat markazlari bo'yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish


Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish



Yüklə 331,63 Kb.
səhifə4/6
tarix02.06.2023
ölçüsü331,63 Kb.
#121929
1   2   3   4   5   6
Javobgarlik va ma\'suliyat markazlari bo\'yicha boshqaruv hisobini-hozir.org

4.Javobgarlik markazlari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil etish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida samarali tarzdagi boshqaruv
tizimini tashkil qilish maqsadida javobgarlik markazlariga bo‘linishi
quyidagi bir qator talablarga javob berishi kerak:
- har bir javobgarlik markazi albatta xo‘jalik yurituvchi subyektning
tashkiliy va faoliyat ko‘rsatuvchi tuzilmasi tarkibida bo‘lishi va bu
tuzulmalar bilan tizimli bog‘langan bo‘lishi kerak;
- javobgarlik markazlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish,
xizmat) hajmini aniqlash imkoni bo‘lishi, xarajatlarni hisobga olish va
ularni taqsimlash uchun asos bo‘lishi kerak;
-javobgarlik markazlari rahbarlarining (menejerlarining) vakolatlari
va mas’uliyatlari doirasi va chegaralarini aniq belgilab berish imkoni
bo‘lishi kerak;
- javobgarlik markazi bo‘yicha hisobot shaklini tuzish imkoni
bo‘lishi talab etiladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda javobgarlik markazlarini tashkil qilish yana bir qator ijtimoiy hamda psixologik omillarga ham bog‘liq. Jahon amaliyotida bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida
bo‘linmalarni mustaqil tarzda boshqaradi. Bo‘linmalarni mustaqil tarzda
boshqarish uchun kerak bo‘ladigan barcha boshqaruv qarorlarini ham
o‘zlari qabul qiladi. Bu tizimning bir qator ijobiy va shu bilan bir
qatorda kamchiliklari ham mavjud. Javobgarlik markazini chiziqli
boshqarish shaklida tashkil qilishning yutuqlari quyidagilardan iborat:
-mutaxassis-xodimlar tomonidan o‘zlarining vazifalarini bajarishga
shaxsiy javobgarligini belgilab beradi va motivatsiyani kuchaytiradi;
-rahbarlar tomonidan qo‘shimcha tarzdagi hamda asoslanmagan va
samarasiz topshiriqlar berilavermaydi, ana shunday holatlarning oldi
olinadi;
-mutaxassis-xodimlar o‘zlariga belgilab berilgan topshiriqlarni tezda
bajarishlari mumkin va ular o‘zlari uchun mehnati natijalarini tahlil
qilib borishlari mumkin bo‘ladi;
-mutaxassis-xodimlar vazifalarini bajarish borasida markaz
rahbariga bo‘ysunishlari natijasida ijro va mehnat intizomi mustahkam
bo‘ladi.

Yüklə 331,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin