Ilmiy tadqiqot jarayoni mavzu tanlashdan boshlanadi, uning tugri tanlanishi esa ko’p jixatdan keyingi ishlarning muvaffaqiyatini belgilaydi. SHuning uchun ham tadqiqotning turri tanlangan mavzusi katta ahamiyatga ega bo’lib, o’ziga tadqiqotchi tomonidan ham, uning ilmiy raxbari tomonidan ham jiddiy e’tiborni talab etadi.
Jismoniy tarbiya va sport soxasidagi ilmiy ish mavzusi tadqiqotchining keyingi maqsadli faoliyati uchun istikbolli bulishi, demak, u ilmiy tadqiqotlarga quyiladigan umumiy talablarga tula javob berishi shart. Ilmiy tadqiqot mavzusining istik,bolli ekanligini belgilaydigan asosiy mezonlar: a) uning dolzarbligi, ya’ni jismoniy tarbiya va sportning muayyan soxasidagi nazariy hamda amaliy ahamiyati; b) olinadigan ma’lumotlar, tadqiqot usuli va yunalishining yangiligi; v) murabbiylik va pedagoglik amaliyotining eng muhim ex,tiyojlari bilan bevosita aloqadorlik; g) sport fanining mazkur soxasiga oid muayyan ilmiy masalani xal etish maqsadiga yunaltirilganlik; d) mavjud sharoitda quyilgan ilmiy vazifalarni bajarish mumkinligi (raxbarlik kdpuvchi va bajaruvchi xodimlarning yetarliligi, xodimlarning tayyorlanganlik darajasi, zarur moddiy-texnika bazasining mavjudligi).
Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY-SA-NC
Tadqiqot materiallarini to’plash
Tadqiqot materiallarini to’plash
Material yig’ish va tuplash xar qanday yangi, o’ziga xos ilmiy tadqiqotning markaziy qismini tashkil etadi va, odatda, unga sarflanadigan vaqtning ko’progini mazkur faoliyat band kiladi. Ilmiy-tadqiqot ishidagi bu bosqichning moxiyati tadqiqotchiga o’z oldiga kuygan vazifalarni xal etish va oldinga surilgan farazlarni isbotlash uchun zarur bulgan ma’lumotlarni yirish hamda tizimlashtirish imkonini beradi.
Ilmiy ma’lumotlarni yirish ishlarining xususiyati va mazmuni tadqiqotning maqsadi hamda usullariga bog’liq. I.chlanuvchi o’zini qiziqtirgan masala yo’zasidan fanga m. 1’lum bulgan axborotni imkon qadar tupa o’zlashtirib ilmogi shart. Bularning bari ilmiy-texnika ma’lumot- parini yigish va o’rganish yuli bilan xal etilishi mumkin. X,ozirgi vaqtda axborotlar xajmi juda muhim bo’lib, internet joriy etilganligi munosabati bilan imkoniyatlar kundan-kunga usib bormokda. Shuning uchun xar bir tadqiqotchi kerakli ilmiy-texnika ma’lumotlarini olish yullari xaqida aniq tasavvurga ega bulishi hamda uning eng samarali usullarini kullay bilishi, axborot manbalaridan iloji boricha ko’p foydalanib, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iloji boricha kam kuch va vaqt sarflashi lozim.
Zarur ma’lumotlarni olishning eng muhim yullaridan biri tadqiqotchini qiziqtirgan masalani yoritgan adabiyotlarni yirish hamda o’rganishdir. Adabiyotlar ustida ishlash uch asosiy vazifaning bajarilishini talab kiladi. Birinchidan, urganilayotgan muammo xususida mamlakat hamda dunyo adabiyotida yozilgan barcha ahamiyatli asarlarni topish kerak bo’ladi.
Tadqiqotni yakunlash va shakllantirish
Ilmiy tadqiqotning sunggi bosqichi uni yakunlash va shakllantirish bo’lib, odatda, buningtarkibiga izlanishlar natijalarini muxokama qilish va taqrizlash, ishni adabiy hamda texnik jixatdan shakllantirish, uni tarkatishning (sotishning) ikkilamchi yullarini belgilash kiradi.
Ish natijalarini tadqiqotchi ishlagan ilmiy jamoa (kafedra, bulim) muxokama kiladi va unga taqriz beradi. Muxokamani tadqiqot tamomila yakunlanganidan keyingina emas, balki uning amalga oshirilishi jarayonida, ma’lum bosqichlar tugallanganidan keyin utkazib turish maqsadga muvofiqdir. Olib borilayotgan tadqiqot to’g’risida davriy ilmiy jurnallarda yoki ilmiy to’plamlarda muntazam ravishda axborot berib borishni tashkil etish muxokamalar mikyosini kengaytirishga imkon beradi. Dissertatsiya tadqiqotlari amalga oshirilayotganda, ishning asosiy mazmunini oldindan e’lon qilish uni ximoyaga taqdim etishning majburiy shartlaridan biri hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarining muxokamasi jarayonida muallif talay qimmatli, foydali maslaxatlar olishi muallifning karashlarini tanqidiyiy kabul qilishi, unga o’z muloxazalari va baxolari bilan izo* berib borishi lozim. Ilmiy ishni o’rganishning 3 asosiy yuli bor: 1) manbani ko’rib chiqish; 2) boshidan oxirigacha ukish; 3) puxta o’zlashtirish.
Аdаbiyotlаr:
Аdаbiyotlаr:
1. Lаtipоv R.I., Mаxmudоv B.А., Zаyniddinоv T.B. Jismоniy tаrbiya vа spоrt fаоliyatidа ilmiy tаdqiqоt ishlаrni tаshkil qilish. Fаn dаsturi. Nizоmiy nоmidаgi Tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti. 2017 yil.