Mavzu: Jismoniy mashqlar texnikasini o‘rgatish. Reja: kirish


Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə4/7
tarix26.12.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#197622
1   2   3   4   5   6   7
Jismoniy mashqlar

Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli.

Barcha xodisa va jarayonlarga o‘xshash jismoniy mashqlar o‘zining mazmuni va shakliga ega. Jismoniy mashqni bajarishda sodir bo‘ladigan mexanik, biologik, psixologik jarayonlarning mazmunining majmuyi to‘plami jismoniy mashqlarning mazmunini yuzaga keltiradi, ularning o‘zaro muvofiqligi esa harakat faoliyatiga zid qobiliyatni namoyon bo‘lishi orqali ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, mashq mazmuniga harakat bo‘laklarining to‘plami, masalan, uzunlikka sakrashda tanaga tezlik berish (yugurish), sakrash chuqurligi oldiga o‘rnatilgan taxta ustidan depsinish, fazoda uchish, yerga tushish shu mashqning tarkibidagi harakat bo‘laklari va ularga qo‘shimcha mashqni bajarish jarayonidagi hal qilinadigan umumiy va xususiy vazifalar, mashqni bajarishda organizmda sodir bo‘ladigan funktsional o‘zgarishlar haqidagi nazariy bilim va amaliy harakat malakalari kiradi. Bu elementlar (bir butunning mayda chuydalari)ning barchasi jismoniy mashqning umumiy mazmunini vujudga keltiradi.
Jismoniy mashqning shakli ularning ichki va tashqi tuzilishlarining muvofiqligida namoyon bo‘ladi. Mashqning ichki tuzilishiga shu faoliyatni bajarishda ishtirok etadigan skelet mushaklari, ularning tarangligi, qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi, eshilishi va h.k.lar, hamda biomexanik, bioximik bog‘lanishlari - energiya sarflanishi, yurak-tomir, nafas olish, nerv boshqaruvi va boshqa organlardagi jarayonlar, ularning o‘zaro bog‘likligini o‘z ichiga oladi. Biologik, mexanik, ruxiy va boshqa jarayonlarning mashq bajarishda birining biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishilganligi, yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqachaligi bilan, mashqning ichki tuzilishini turlicha bo‘lishini namoyon qiladi. Mashqning tashqi shaklining mazmuni esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, harakatni bajarish uchun ketgan vaqt yoki kuch sarflashning me’yori va harakat intensivligi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq. Mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan, sakrash sektorida tanaga tezlik berish uchun yugurish texnikasi (qadamning kattaligi, chastotasi, tananing holati va h.k. lar) har xil masofada turlicha - tezlikning sifati, uning namoyon bo‘lishi oddiy yugurish masofalaridagi yugurish texnikasidan farqlanadi. Shakl mazmunga ta’sir ko‘rsatadi.
Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar shu jismoniy mashqni bajarish malakasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun suzuvchi kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtanga ko‘tarish bilan shug‘ullanuvchining kuchi biri-biridan farqlanadi. Jismoniy mashqning shakli va mazmunining ratsional muvofiqligiga erishish jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman harakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek, jismoniy sifatlariga ham taalluqlidir.
Jismoniy mashq texnikasihar qandayharakat aktiharakat faoliyati tarkibidan ikki narsani:
a) bajarilayotganharakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan maqsad;
b)harakat vazifasinihal qilishning usulini farqlash kerak bo‘ladi.
Ko‘pincha bir xilharakat turli usuliyatlarda bajariladi, masalan, balandlikka sakrashda plankaga to‘g‘ridan, chap, o‘ng tomonlardan yugurib kelib va plankaga yaqin yoki undan uzoqdagi oyoq bilan depsinish mumkin. Aslida esa shu mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq, oson, oz energiya sarflab, belgilanganharakatni (vazifani) samaralihal etish usuliyati mavjud.harakat vazifasini oson samaralihal qilish uchun tanlanganharakat akti (faoliyat)ni – jismoniy mashq texni-kasi deb atash qabo‘l qilingan.
Texnika – grekcha so‘z bo‘lib «bajara olish sanoati» degan maononi bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashganharakat texnikasi yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib unga sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali erishiladi. Sportchining jismo-niy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi (anatomiyasi), boshqacha aytganda jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning turli-tumanligi (son suyagini kaltali yoki uzunligi, yelka suyagi o‘lchamining turli xilligi vah.k.) sport turi – jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini uning zvenolari yoki detallarini o‘zgarishiga, alma-shishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Texnika uning asosi, zvenolari va detallari deb qismlarga bo‘lingan.
Texnikaning asosi degandaharakat orqali qo‘yilgan vazifasini bajarish uchun kerak bo‘ladiganharakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing qismlarini o‘zaro kelishganholda,harakat aktining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, muskullar egaluvchanligi va bo‘g‘inlarharakatchanligi) ning keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanishi mumkin va uzoq vaqt o‘zininghayotiy – amaliyligini saqlab qoladi. Masalan, balandlikka sakrashning «Fosberi-flop» usuli samarali bo‘lsaham,hozirgacha ko‘pchilik sportchilar «perekidnoy» usulidan foydalanadilar. Yangi o‘rganuvchilar uchun esahozirgi kungacha «qadamlab sakrab o‘tish» usulidan foydalanilish sakrash texnikasini o‘zlashtirishda kerakli samara beradi.
Texnikani zvenosi deyilganda, bajarilayoyetganharakat-ning asosiy mexanizmi – sakrashlarda depsinish, uloqtirish-larda final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradiganharakat faoliyati tarkibidagi bo‘laklar tushuniladi. Pedagogik jarayonda mashqning asosiy zvenosi mexanizmini o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning o‘zlashtirilishi mashq texnikasining asosini o‘rganish demakdir.
Texnikaning detali bu,harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo‘shimchaharakatlar yoki shuharakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo‘laklardir. Uniharakat tarkibila bajarsaham bajarmasaham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi; qisqa masofaga yuguruvchi –ham to‘siqlar osha,ham to‘siqlar siz yugurish yo‘lkasida tezharkatlana oladi. Start uchun start qolodkasini o‘rnatish esa ikkala masofada turlicha, ular qaysidir detali bilan biri-biridan farq qiladi, lekin bu detal mashq texnikasini asos yoki zvenosiga ziyon yetkazmaydi.
Ratsional sport texnikasi. Ratsional sport texnikasining asosiy qoidasi shundan iboratki faoliyatni bajarishda aktiv va passivharakatlantiruvchi kuchlardan to‘laqonli va maqsadga muvofiq ravishda foydalanib, shu vaqtning o‘zida uni tormozlovchi (susaytiruvchi, samaradorlikni pasaytiruvchi) kuchlarni kamaytirish tushuniladi. Nyutonning uchta qonuni mexaniqharakatlarga bag‘ishlangan. Lekin insonharakatlarihaqida gap ketganda jismoniy mashqlarning ratsional texni-kasihaqida xulosaga kelish uchun mexaniqaning bu qoidalariga tayanib bo‘lmaydi. Nimaga? Masalan, fizika qonuniga ko‘ra, imkoni boricha balandga sakrash uchun nazariy ji’atdan, sakrashni oyoqga rosa chuqur o‘tirish bilan bajarish lozim. Ammo tajriba ko‘rsatmoqdaki, insonning sakrash imkoniyati chegarasi aytarli yuqori, agar u iloji boricha katta bo‘lmagan yarim o‘tirish bilan depsinish (depsinish oyog‘ining tizza bo‘g‘inidan qisqagina bukish) sakrash samaradorligigaham ijobiy,ham salbiy foyda berishi mumkin.
Xulosa qilsak ratsional texnikani egallashda faqat mexaniqa qonunlariga tayanish bilan cheklanmay,harakatni materiyaning eng yuqori shakllariga, ulardan biri bo‘lmish biologik qonuniyatlarigaham tayanishga to‘g‘ri keladi.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish davomidaharakat koordinatsiyasi degan tushunchaga duch kelamiz. Bu sifatning shakllanish meoyorining buzilishiharakatlar tavsifini bilmaslik oqibatidandir.
Harakatlarning tavsifi. Jismoniy madaniyat o‘qituvchi-lari, mutaxassis trenerlar, fizkulptura faollarigina emas, balki mavjud jamiyat aozolaring barchasi o‘zharakati vaharakat faoliyatlarini ta’lil qilibgina qolmay, kasbdoshi, tengdoshi, farzandi va boshqalarningharakatlariniham ta’lil eta olishi malakasiga ega bo‘lishi zarur.
Harakatlar tananing fazodagi (bo‘shliqdagi)holatiga qarab;harakat trayektoriyasi (yo‘liga);harakatning yo‘nalishiga;harakat amplitudasi (og‘ishi)ga qarab; bajarish uchun sarflangan vaqti;harakatni tezligi;harakatni davomiyligi (uzunliligi); tempi, ritmi, kuchiga qarab tavsiflanadi.
Yuqorida qayd qilinganharakatholatlarini ta’lil qila olsakginaharakatlarni tavsiflay olishimiz mumkin.
Amaliyotda tananing fazodagiholatini,harakatning troyektoriyasi (yo‘li)ga qarab tavsiflaymiz.
Tananingholati (pozasi) – bo‘g‘inlar, tananing qismlari (bo‘laklari) ningharakati fazodaharakatning maolum element-larini yuzaga keltiradi. Gavda qismlarini fazoda enkaygan, bukraygan, tanani ayrim aozolarini yig‘ishtirilganligi,harakatlar davomida bu pozalar va turishlarni uzluksiz o‘zgarib turishi vah.k.lar o‘z navbatida jismoniy yukninghajmini ortishiga olib keladi.
Tananing vertikalholati – osilish va tayanishlar, gorizontalholatlar, gorizontal muvozanat saqlashlar, aralash osilishlar, tayanishlar vah.k.lar. Tanani engashtirilgan, buklanganholatlari: tayanib yetishlar, enkayganholda oyoqlar bilan oldinga, orqaga, yon tomonlarga «katta qadamlar».
Tananing ayrim bo‘g‘inlariharakatlari – inson jismi-ning ajratib olingan qismidagi ikki biologik zvenoni fazoda turish joyini o‘zgarishi bo‘lib, bukish va to‘g‘rilashdek soddaharakat vazifalarinihal qilishga yo‘nalish berishi mumkin. Individharakat faoliyatida uning jismi bo‘g‘inlaridagiharkatlar bir vaqtning o‘zidagi, ketma-ket, qator, ohista bajariladigan navbatma-navbat, yoki davomiyligi qisqa, uzun bo‘lganharakatlarga birlashishi mumkin. Shuni hisobiga harakatlarni eng soddasidan eng qiyinigacha bo‘lgan harakat vazifalarni hal qilish imkoni yaratiladi.
Harakat koordinatlari – to‘g‘ri chiziq va burchak o‘lchovlarida aniqlanadigan tananing boshqa qismiga nisbatan fazoviy chegarasi,hisoblash boshlangungacha gavdaning yoki uning bo‘laklarini nisbatan qayerdaligi (start chizig‘i, gimnastika ji’ozi, uni o‘qi va boshqalar)ga nisbatan aniqlanadi.
Tananing holatlari ichida mashqni bajarishni boshlashdan oldingiholat - «dastlabkiholati» deb ataladigan qismi, mashq texnikasini o‘zlashtirish yoki bajarishda mu’im a’amiyat kasb etadi. Oldiniga u anatomo-fiziologik vazifanihal etishi eotiborga olinsa, boshqa tomondan, shuharakatni bajarilishiga ijobiy yordam beradi. Dastlabki holat harakatni bajarishni boshlash uchun eng optimalholat bo‘libharakat boshlangandan keyin bajariladiganharakatlarning ketma-ketliligiga qulaylik yaratadi. Sprinter uchun «past start», darvozabon uchun «to‘pni kutishholati» vah.k.lar. Bu holatlarni akademik Uxtomskiy optimalholat deb atadi. Ko‘rinishidan dastlabki holat osoyishta bo‘lsaham aslida organizm energiya sarflash bilan qator muskullar guru’i muskul ishi bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan, nafas olish, nerv, yurak-tomir tizimi, modda almashinuvidek keng fiziologik jarayon avjida bo‘ladi.
Dastlabki holatni jismoniy mashq bajarishdagina a’amiyati katta bo‘lmay mashq davomida tanani qandayholda (’olatda-pozada) turishiham mu’im a’amiyatga egadir. Sprinter, stayyer, marafonchi, chang‘ida, konpkida yuguruvchilarning gavdalarini vertikalligini maolum gradusga oshganholda ushlashi mashqni samaradorligiga maolum darajada (uzunlikka, balandlikka, sakrovchining depsinishdan keyingiholati) ijobiy yoki salbiy taosir etadi.
Ayrim sport turlarida va jismoniy mashqlarda tananing umumiyholati bilan uning ayrim qismlari (bo‘laklari)ningholati biomexaniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘libgina qolmay (konpkida figurali uchuvchilar, gimnastlar, akrobatlar, suvga sakrovchilar va badiiy gimnastikalar)harakatlarni kuzatayot-ganlarda yoki uni bajaruvchilarda estetikhis tuyg‘uni shakl-lantiradi va ularga zavq beradi.harakatlarning ravonligi, ketma-ketligi, erkinligi, qiyinchiliksiz bajarish inson jismining qandayholatdaligiga bog‘liqligi jismoniy mashq-lar texnikasini egallashda,harakatni o‘rgatish jarayonida, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishda mu’im rolp o‘ynaydi.
Harakatning yo‘li (trayektoriyasi) jismoniy mashq texnikasini o‘zlashtirishda, uni namoyish qilishda mu’im a’amiyatga ega. Mashqni bajarishda tanaharakati yo‘lining qanday shakldaligi, yo‘nalishi vaharakatning amplitudasi qandayligini aniqlay olsak, ajratsakgina gavdaning (yoki uning qismlari)harakatini aniqlaymiz. Inson organzmining anatomiyasini turlicha ekani bir xilharakatni bajarishdahar bir individ uchun turlichaharakat yo‘lini tanlashni taqazo qiladi.
Harkatning shakliga qarab ularning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, individningharakatihech qachon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki oddiyharakatlarham qator muskullar guru’ini turlicha aylanmaharakatlardan iborat. Ularni organizmining energiya sarflashi uchun samarali tomoni katta bo‘lib, tananing maolum bo‘laklar-dagiharakatlar orqali katta kuch sarflash lozim bo‘lganharakatlarni bajara olish imkonining yaratilishidir. Masa-lan, bokschi zarbasi uchun yelka muskullarining maolum qismigina turlichaharakat qilsagina bas, lozim bo‘lgan maqsad amalga oshadi.
Harakatning yo‘nalishi – mashqning effektivligi shunda ortadiki, bajarilishi lozim bo‘lganharakat uchun kerak bo‘lgan muskullar mashqning texnikasini aniq, ravon bajaradi qo‘llarni tirsakdan ko‘krak oldida kaftlarni pastga qilib bukganholda «rivok»larning bajarilishi ko‘krak muskullarini taranglatadi va bo‘shatadi. Agar shuharakatni tirsakni bir oz pastga tushirganholda bajarsak, mashq o‘z a’amiyatini yo‘qotadi. Basketbol to‘pini savatga tushirish uchun to‘pning yo‘nalishini olti gradusdan to‘rt gradusgacha o‘zgartirish to‘pni savatga tushishi imkoniyatini yo‘qga chiqarishi mumkin.
Amaliyotdaharakatning yo‘nalishi tananing satxiga yoki biror mo‘ljaliga qarab belgilanadi. Qo‘lni oldinga ko‘tarishda biz gavdaga nisbatan uniholatiga qarabharakat yo‘nalishini belgilaymiz. Yadroni maolum balandlikga o‘rnatilgan «planka» ustidan oshirib irg‘itishda bizga mo‘ljal bo‘lib planka xizmat qiladi.
Inson tanasi pastga-yuqoriga, oldinga-orqaga, o‘nga-chapga, tomon yo‘nalishda harakat qiladi.
Harakatni aplitudasi –harakatning og‘ishidir. Fizikada amplituda deb mayatnikning tinchholatiga nisbatan o‘ng va chapga og‘ishi (graduslari) tushuniladi. Bizda esa tananing ayrim qismlarining og‘ish harakati tushuniladi. To‘g‘ri yo‘nalishdagiharakatning amplitudasi qadamning uzunligi (75sm) yoki shartli belgisiga qarab, yarim, to‘la o‘tirish va boshqalar orqali aniqlanadi. Odam tanasining ayrim qismlarning amplitudasi o‘sha tananing bo‘g‘inlari elastikligiga bog‘liq bo‘ladi.
Harakatlar aktiv va passiv muskul qiskarishida ro‘y beradi. Sport trenirovkasida, turmush sharoitida bo‘ladigan ishlarharakatning amplitudasiga bog‘liq. Katta qo‘zg‘alish uchun moslashtirilmagan muskulni katta amplitudadaharakat qilishga majbur qilish shikastlanishga olib keladi. Agardaharakatning amplitudasi qo‘yilgan vazifa talablariga javob bermasa, uharakatlar aniqharakatlar sifatida namoyon bo‘la olmaydi.harakatlar ajralish vaqtlariga ko‘raham tavsiflanadi.
Harakatning tezligi deb inson jismini yoki uni ayrim bo‘lagini maolum vaqt birligi ichida fazoda o‘rin almashishi tushuniladi. Boshqachasiga – tezlik yo‘l uzunligini tananing yoki uni maolum qismini shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadi. Tezlikni aniqlashda metr sekunddan foydalaniladi. Yo‘lninghamma nuqtalaridaharakat tezligi bir xil bo‘lsa, buharakat maromli tekisharakat yoki yo‘lning ayrim nuqtalarida tezlikhar-xil bo‘lsa, buharakat maromsiz notekisharakat deb tushuniladi. Qisqa vaqt davomida tezlikni oshirilishi tezlanish deb ataladi.
Harakat ijobiy va salbiyham bo‘lishi mumkin.harkat yuqori tezlikda boshlanib, maromi tezlashib va sekinlashib tursa, bu kabiharakat keskinharakat deb nomlanadi. Odamda doimiy tezlik va tezlanish bilan bajariladiganharakatlar onda-sonda uchraydi. Bundan tashqari, texnikasi to‘g‘ri bajaril-gan jismoniy mashqlarda birdaniga tez yoki sakrashlar bilan bajariladigan mashqlar bo‘lmaydi. Noto‘g‘ri bajarilgan mashq-lar tezligi tez sakrashlar orqali bajariladi.
Ayrimhollardaharakatning tezligi deganda, tananingharakat tezligi tushunilmay, uning ayrim bo‘laklari (qismlari) tezligiham tushuniladi. Yuqoridagilar, bo‘g‘inlarning uzun–kaltaligi, tashqi mu’it taosiri, qarshiligi,harakat qobiliyat-larining turli-tumanligidek boshqa faktorlargaham bog‘liq bo‘lib tezlikni namoyon qilishda yetakchi o‘rinni egallaydi. Sportchidaharakat tezligi asosiy sifatlardan biridir. Tezlikni yuqori bo‘lishi yuqori ko‘rsatkich omilidir. Tezlik namoyon qilishdan ko‘ra uni ushlay olish (musobaqa, mashq bajarish davomida) mu’im rolp o‘ynaydi. Tezlikni oldindan rejalashtirilgan jadval bo‘yicha ushlay olish muntazam mashg‘ulotlar orqali erishiladi.
Harakatni davomiyligi.harakatni uzoq davom etishida asosiy rolni tananing qismlari egallaydi. Mashqni baja-rilish muddatini o‘zgartirib, yaoni bajarilish vaqtini ozayti-rib yoki ko‘paytirib, darsning umumiy yuklamasiga taosir etish mumkin. Jismoniy mashqlar texnikasidaharakatni ayrim zvenolarini uzunligi (uloqtirish uchun yugurish, suzishda quloch otish, chang‘ida sirg‘anish vah.k.) katta a’amiyatga ega bo‘lib, bajarilayotgan ish yoki uni muddatihaqida axborotlar berib turiladi.
Harakatning tempi degandaharakat siklining qaytari-lish chastotasi yoki maolum vaqt birligi ichida bajarilganharakat tushuniladi. Yurish tempi minutiga 120-140 qadamdan, eshkakni suvga botirish tezligi 30-40 marotaba bo‘ladi. Temp bilan tezlikni farqlashimiz lozim. Masalan, qo‘lni bir tempda turli balandlikka ko‘tarish va tushurishharakatini takrorlash mumkin, lekin bunda qo‘lharakati tezligi turlicha-dir. Yugurish qadamlarining uzunligi bir xil bo‘lmasada, qadam chastotasi bir maromda bo‘lsa yugurish tezligiham turli xilda bo‘ladi.
Harakat ritmi deganda, ativ muskul zo‘riqishi va taranglashishining maolum vaqt ichida passiv va kuchsizharakat fazalari bilan bog‘liqholda namoyon bo‘ladigan xarakterli tomonlarini tushunamiz. Bu xususiyathar qanday to‘liqharakat aktida mavjud bo‘ladi. Shunday qilib,harakat ritmining fazoda maolum vaqt davomida zo‘riqishningharakat tizimi tarkibida nisbatan to‘g‘ri va o‘z o‘rnida uyushtirilishi bilan belgilashimiz mumkin.har qanday, xatto noto‘g‘ri bajarilganharakat akti tarkibidaham (harakat bo‘laklarining uzun qisqaligiga bog‘liq) maolumharakat ritmi bor. Demak ritm ratsional, to‘g‘ri, yuqori natijaga olib keluvchi yoki noratsional, noto‘g‘ri, natija samarasini pasaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Ritmni majburiy sharti mavjudharakat tarkibida kuchli, uni boshqa bo‘laklariga nisbatan urg‘u beradigan, eotiborga loyiqharakat tarkibidagihodisa (harakat)ning borligi ularning o‘rin almashinuvini maolum vaqt intervalida takrorlanishidir.
Ratsional sport texnikasini egallashning eng a’amiyatli ko‘rsatkichlaridan biri jismoniy mashqni bajarishda muskul zo‘riqishining to‘g‘ri va o‘z vaqtida navbatlashuviga erishishdir.harakatning aksent (eotibor) beradigan qismiga eng kuchli zo‘riqish to‘planadi. Bu zo‘riqishdan kelib chiqqanharakat maolum vaqt passiv davom etadi. Aksent berilgan davrning intensivligi qanchalik kuchli bo‘lsa, ish samarasi shuncha yuqori bo‘ladi,harakatning passiv fazasidan to‘laqonli foydalanish mumkin. Trenirovkalar taosiridan zo‘riqishning keskin kucha-yishi va pasayishihamdaharakatning aktiv va passiv faza-larining davomiyligi cho‘zilishi mumkin. Yuqori malakali sportchilardaharakat ritmi standart sharoitda turg‘un xarak-terda bo‘ladi.
Har qanday aniqharakat faoliyati maolum shaxs tomonidan texnik ji’atdan yuqori maqom darajasida bajarilsa shu mashqni bajarishdagi ratsional ritm eotiborimizga tushadi. Lekin unihar qanday ritmgaham abstraktholda qo‘llash mumkin bo‘ladigan «ritm» deb qarash noto‘g‘ridir.har bir sportchini individual xususiyatlari evazigaharakatni bajarishda o‘z ritmi bo‘ladi. Lekin ritmdagi variatsiya belgilangan chegarada ushbu faoliyatning asosiy ratsional strukturasidan chiqmasligi kerak. Shunga ko‘ra, ritmharakat faoliyati tarkibidagi alo‘ida-alo‘ida elementlarni bir butun qilib bog‘laydi,harakatni tezlashtirish yoki sekinlashtirish bilan uning umumiy ritmik shakli o‘zgarmaydi. Jismoniy mashqlarning ritmlari inson tomonidan ongli ravishda ratsional texnikaning oboyektiv qonunlari asosida shakillantiriladi va boshqariladi.
Ta’lim jarayonida shug‘ullanuvchi yoki o‘quvchiga harakatning aksent berilgan qismlariga vaqtning qisqa muddatlarida katta zo‘riqishni to‘plab, uni ishlataolsa, asosan ishlayotgan muskul-larni birlashtirib ularga dam berish imkoni yaratiladi. Natija esa yaxshi bo‘ladi. Yuqori malakali sportchilar, sirk artistlari mashq bajarishdagi o‘zlari uchun moslab shakllan-tirgan ritmlar asosida harakatning aksent beradigan qismi-gagina katta zo‘riqishda bajaradilar.
Harakatlarning kuchi inson jismi yoki uning ayrim qismlari harakatiga tasir qiladigan ichki va tashqi kuchlarga bo‘lamiz.
Ichki kuchga: a)harakat tayanch apparatining passiv kuchi – muskulning elastikligi kuchi, muskullarni taranglashish kuchi, cho‘zilaolshligi va boshqalar; b)harakat apparatining aktiv kuchi – muskulni tortisha olish kuchi; v) reaktiv kuchlar – tana muskullari zvenolarining o‘zaro munosabatida vujudga keladi-gan yuqori tezlanishhosil qiladigan tezlanishharakatlari bilan namoyon bo‘ladigan kuch.
Tashqi kuch: - inson jismiga tashqaridan taosir qiladi-gan kuchlar: a) tananing o‘z og‘irligi (vazni)dan vujudga keladigan kuch; b) tayanish reaksiyasi kuchlari; v) tashqi taosir qarshiligi (suv,havo)ni yengish va jisman tashqi taosirga qarshi (yakka kurashlar) kuch namoyon qilish, inersiya kuchi va boshqalar.
Harakat kuchi deb amaliyotda harakatdagi tananing qismini biror tashqi oboyektga jismoniy taosiri qabo‘l qilingan. Bu atamadan balandlikka sakrashda depsinishda kuchi, sambo va qilichbozlikda raqibning qarshi bosimi (jismoniy mashq dinamikasi) tushuniladi. Amaliyotdaharkatning bir necha parametrini kompleksli ifodalovchi umumlashtiruvchi sifati-dagiharakatlardanham foydalaniladi:
a) to‘g‘riharakatlar, qaysiki yo‘nalishi, amplitudasi tezligi va boshqalari bilan qo‘yilganharakat vazifasiga mos keladi;
b) noto‘g‘riharakatlar, yaoni qisman bo‘lsada, qo‘yilganharakat vazifasiga muvofiq bo‘lmaganharakatlar;
v) tejamliharakatlar, ko‘zlangan maqsadga minimal darajada kerak bo‘lganlari;
g) tejamsizharakatlar, ortiqcha, kerak bo‘lmagan muskul zo‘riqishi orqali bajarila-diganharakatlar;
d) jadallik bilan bajariladiganharakatlar;
y) kuchni yaqqol namoyon bo‘lishini talab etadigan harakatlar;
j) sust harakatlar sifat jihatidan ayrim harakatlarni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi, ularni biror jonli zotharkatiga qiyoslab tushuntiriladi.




  1. Yüklə 110,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin