Mavzu: Jismoniy rivojlanganlik darajasi


V.A.Yaralov-Yaralans usuli



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə7/12
tarix20.06.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#133070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jismoniy rivojlanganlik darajasi

V.A.Yaralov-Yaralans usuli
Ishning borishi:
Bu usuda oyoq kafti iziga (3-rasm) ikkita chiziq tortiladi: tovon o‘rtasini katta barmoq asosining o‘rtasi bilan bog‘lovchi AВ chiziq va tovon o‘rtasini ikkinchi barmoqlararo o‘rtaliq bilan bog‘lovchi AС chiziq tortiladi.
Agar oyoq kaftining ichki botiqligi AС chiziqdan o‘tib ketsa yoki shu chiziqda yotadigan bo‘lsa – oyoq kafti normal, agar kaftning ichki botiqligi chegarasi AВ va AС chiziqlar o‘rtasida joylashsa – kaft zichlashgan (1-darajali yassioyoqlik); agar AВ chiziqqa etib bormaydigan bo‘lsa – 2-3-darajali yassioyoqlik hisoblanadi.



Rasm. V.A.Yaralov –Yaralans usuli bo‘yicha plantogrammani baholash: a-oyoq kaftining normal shakli, б- 1-darajali yassioyoqlik, в- 2-3-darajali yassioyoqlik.
Somatoskopiya va antropometriya ko‘rsatkichlari asosida tana tuzilishini va jismoniy rivojlanishini baholash uyg‘un birlikda olib boriladi. Har qanday jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini baholashda yoshi, jinsi, sport turi va malakasi e’tiborga olinishi kerak. Chunki har bir ko‘rsatkich ba’zi sport turidagi sportchilar uchun ijobiy, boshqa turdagi sportchilar uchun salbiy bo‘lishi mumkin.
Antropometriya – odam gavdasining morfologik belgilarini aniqlash. Antropometriya- odamning yoshi, kasbi, jinsiga aloqador jihatlar va h.k. ni aniqlash uchun tana va uning qismlarini o‘lchashni bildiradigan jarayon bo‘lib, u antropologik izlanishlarning usullaridan biridir. Uning yordamida odamlarning jismoniy tuzilishining o‘zgarishlarini miqdoriy ifodasini olish mumkin. Tekshiriladigan narsalarga ko‘ra, antropometriyaning quyidagi xillarini ajratish mumkin:

  1. Somatometriya – tirik odamning o‘lchamlarini olish;

  2. Kraniometriya – kalla suyagining o‘lchamlarini o‘lchash;

  3. Osteometriya – suyaklarning o‘lchamlarini aniqlash.

Antropometriyaga bo‘lgan talab, odam tanasi o‘lchamlarining o‘zgaruvchanligidan kelib chiqadi. Odatga ko‘ra, bir guruh odamlarning o‘lchamlarinining chayqalishi, boshqa guruhdagi odamlarning o‘lchamlaridan farq qilishi mumkin. Bunday holatni transgressiv amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin