Mаvzu: jismoniy tarbiya darsida mustaqil malakalarni shakllantirish


Jismoniy yuklanishni boshqarish metodikasi



Yüklə 54,04 Kb.
səhifə4/5
tarix16.03.2023
ölçüsü54,04 Kb.
#88241
1   2   3   4   5
3. Jismoniy yuklanishni boshqarish metodikasi.
Yuklamalar yo‘nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai nazaridan asoslash to‘g‘risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra yugurishda shiddatning I darajada shug‘ullanish umumiy yugurish chidamliligini oshirmaydi, fakatgina “sarflangan” kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132 ur/min), II darajada shug‘ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174 ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg‘ulotga moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min).
Yuqorida ko‘rsatilgan shiddat darajalari asosida chidamlilik sifati kichik sinflarga bo‘linadi. Mutaxassislar bu borada umumiy, sur'at va kuch chidamliligini ko‘rsatadi. Buning ustiga, sur'at chidamliligi, masofa uzunligiga qarab yana 3 turga bo‘linadi: a) qisqa chidamlilik, b) o‘rtacha, v) uzoq muddatli chidamlilik. Aniq mashg‘ulotlar chidamlilikning barcha turlari orasida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Masalan, razryadlar guruhida umumiy va maxsus chidamlilik orasidagi o‘zaro bog‘liqlik korrelyasiya koeffitsienti
0,48-0,70 ga teng bo‘ladi. Umumiy va tezlik, chidamlilik orasidagi aloqadorlik eng kam (R=0,31-0,62) deb topildi. Mashg‘ulotlar jarayonida muayyan yo‘nalish asosida, bajarilgan ish umumiy, muhim ahamiyatga ega. Yangi shug‘ullanuvchilar ustida tajriba o‘tkazilganda, aerob ish umumiy chidamlilikni ko‘proq rivojlantirish va o‘rta yugurishda ixtisoslashganlar uchun eng maqbul ekanligi namoyon bo‘ldi.
800, 1500 m. ga ixtisoslashgan yuguruvchilarning masofaga tayyor- garligini aniqlab beradigan testlarga quyidagilar kiradi: 3 km. ga yugurish, 800 m ga yugurishda (yoki 1500 m. ga) 400 m. ga yugurish etalon masofa bo‘lgandagi tezlik zahirasidan foydalanish. Bir-biriga yaqin masofalardagi natijaga qo‘yiladigan me'yoriy talablar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida 800 va 1500 m. ga yugurish natijalarini bashorat qilish mumkin .
Jimoniy yuklanish o‘quvchilarning maxsus chidamliligini rivojlantirish ustidan pedagogik nazoratni amalga oshirish uchun 2 ta yetarlicha ma'lumot beradi. 400 m. ga yugurish natijasi (anaerob glikolitik) va YuQT (170ur/min) bo‘ladigan yugurish tezligi (anaerob imkoniyatlar ko‘rsatkichi) dir. Tadqiqotda 400 va 200 m., 800 va 400 m., 1500 va 800 m. ga yugurish natijalari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liklik ko‘rsatilgan. Axborot mezonlarini izlashga yo‘naltirilgan maxsus tadqiqotlarda shu narsa ma'lum bo‘lganki, 400 m. va 800 m. ga yugurish natijalari 300 m. va 3 x 300 m. ga yugurish testlari bilan 1500 m. ga yugurish natijalari esa 2 x 300 m. 200 m. ga yugurish testlarini tekshirish orqali ko‘zlangan natijaga erishish mumkin. ( R= 0,57-0,88).
O‘quvchilarning maxsus chidamliligini nafasni tutib turishga ko‘ra baholash to‘g‘risidagi taklif ham bor, chunki chidamlilik bilan nafasni tutib turish kattaligi orasida yetarlicha yaqin bog‘liklik mavjudligi aniqlangan. Yuqori malakali sportchilarda bu bog‘liklik ancha kuchsizlanib qoladi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bu nazorat mashqi anaerob jarayonlar shiddatini maksimal darajaga yetkazadi. Ushbu test natijalarining o‘sib borishiga qarab, anaerob chidamlilik darajasining oshishi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin
Jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullanish organizm ish qobilyatida, undagi moddalar va energiya almashinuvida, hamda yurak-qon tomirlar tizimi, nafas olish a'zolari, ovqat hazm qilish a'zolari, asab va muskullar tizimi faoliyatida bir qator o’ziga xos o’zgarishlar keltirib chiqaradi.
Bu o’zgarishlar mashq kilish jarayonida bir xil bo’lmasdan o’z xususiyatlari bilan turli davrlarga bo’linadi va quyida ta'riflanadigan ushbu davrlar fiziologik nuqtai nazardan bir-biridan farq qiladi. Ular sport oldi reaksiyasi, razminka, mashq qilishning boshlang’ich qismida ish qobilyatining qisqa muddatli kuchayishi, (ishga kirishish), turg’un holat, charchash va qayta tiklanish davrlariga bo’linadi.
Start oldi reaksiyasi. Mashq qilish yoki musobaqalardan oldin sportchi organizimida kuzatiladigan me'yoriy fiziologik jarayonlarning o’zgarishi start oldi reaksiyasi deyiladi. U bevosita jismoniy harakatdan oldin yoki bajariladigan jismoniy faoliyatdan ancha ilgari ham yuz berishi mumkin.
Start oldi rekatsiyasi davrida kuzatiladigan fiziologik o’zgarishlar turli-tuman bo’lib ular nerv markazlarining qo’zg’alishi kuchida, moddalar va energiya almashinuvining tezligida, yurak urish chastotasida, gazlar almashinuvida va boshqa holatlarda namoyon bo’ladi. Musobaqa boshlanmasdan oldin kuzatiladigan start oldi reaksiyasida yurak urishi minutiga 100-130 ga chiqishi, kislorod o’zlashtirilishi tinch turgan vaqtga nisbatan 2-3 marta ko’payishi, qon bosimi bir muncha ko’tarilishi mumkin. Bunday o’zgarishlarning xususiyatlari har kimda har xil bo’lib ko’pincha musobaqa ma'suliyatiga, sportchining tayyorgarligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Musobaqaning ma'suliyati qanchalik yuqori bo’lsa start oldi reaksiyasi ham shunchalik kuchli bo’ladi. Start oldi reaksiyasining yuzaga kelish mexanizimi shartli reflekslar bilan tushutiriladi. Stadion yoki musobaqa o’tkaziladigan joylarning ko’rinishi, tomoshabinlarning, sport inventarlarning mavjudligi shartli refleks asosida yurak urish, nafas olish chastotalarini tezlashtiradi.
Bu holatning muhim amaliy ahamiyati ham bor, ya'ni start oldi reaksiyasi tufayli sportchi organizm bo’lajak ishga o’zini tegishli holda tayyorlaydi.
Start oldi reaksiyalari uch xil ko’rinishda bo’ladi, ya'ni jangovor tayyorgarlik holati, start oldi sarosimasi va start oldi loqaydligi.
Jangovor tayyorgarlik holati eng qulay, maqsadga muvofiq ijobiy start oldi reaksiyasi bo’lib hisoblanadi. Bunday holatda markaziy nerv tizimida o’rtacha kuchdagi qo’zg’alish yuzaga keladi. Natijada harakat va vegetativ (ichki) a'zolarda bo’lajak ishni amalga oshirish uchun muhim bo’lgan maqsadga muvofiq fiziologik siljishlar yuzaga keladi. Sportchi bu holatda o’z kuchi va imkoniyatlarini to’liq safarbar qiladi, shu bois ko’pincha g’alabaga erishadi. Nafas olish, yurak urish tezligi o’rtacha bo’ladi, sportchi vahimaga tushmaydi va bir vaqtning o’zida bo’ladigan ishga befarq ham bo’lmaydi. Jangovor tayyorgarlik holati ko’pincha doimiy ravishda oqilona mashq qilib yuradigan sportchilarda kuzatiladi. Doimiy mashq qilmaydigan hamda jarayonida vaqt, kuchdan oqilona foydalana olmaydiganlarda jangovor tayyorgarlik holati kam kuzatiladi va juda yuzaki bo’ladi.
Start oldi sarosimasi ko’pincha markaziy nerv tizimining kuchli qo’zg’alishi tufayli sodir bo’lib, bu payti barcha fiziologik ko’rsatgichlar maksimal darajaga chiqib ketadi, sportchi hali ish boshlanmasi ko’p kuchni behudaga yo’qotadi. Yurak urishi, nafas olish ancha tez bo’ladi, arterial qon bosimi ko’tarilib ketadi. Asosiy harakatlarni amalga oshirishda sportchi taktik xatolarga yo’l qo’yishi mumkin, chunki sarosima natijasida harakatlar koordinatsiyasining buzilishi yuz beradi. Start oldi sarosimasi doimiy suratda mashq qilib yurmagan, o’ziga ishonmaydigan, nerv tizimi qo’zg’aluvchan xususiyatli sportchilarda ko’proq uchrab turadi.
Start oldi loqaydligi markaziy nerv tizimida tormozlanish jarayonining qo’zg’alishidan kuchliligi bilan xarakterlanadi. Bunday sport chida kayfiyat yomonlashib musobaqada qatnashish ishtiyoqi yo’qoladi, unga qiziqish so’nadi. Start oldi loqaydligi musobaqa boshlanish vaqtning cho’zib yuborilishi, kuchli raqibga duch kelish, musbaqadan qurqish, doimiy mashq qilib yurmaslik kabi holatlar natijasida hosil bo’lishi mumkin. Bunday loqaydlik ko’pincha bellashuvlvrda muvaffaqiyatsizliklarga olib keladi.
Start oldi reaksiyalarini ko’ngildagilek boshqarib borish mumkin, buning uchun esa doimiy mashq qilish, ovaqtlanish va dam olish tartiblarini maqsadga muvofiq tashkil qilish muhim. Musobaqa oldidan kun tartibini (mashq qilish, dam olish soatlarini to’g’ri, oqilona tanlay bilish) maqsadga muvofiq tashkil qilish start oldi reaksiyalarini to’g’ri boshqarib borishda muhim.
Razminkaning fiziologik xarakteristkasi. Har qanday mashq yoki musobaqadan oldin amalga oshiriladigan maxsus muskul harakat faoliyati razminka deb ataladi va sportchi organizimini bo’lajak ishga to’liq tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Buning asosiy sababi shundaki start oldi reaksiyalarining bevosita o’zigina bajariladigan jismoniy faoliyatga organizimni fiziologik va biokimyoviy jihatdan tayyor qila olmaydi.
Har qanday sport turi bilan shug’ullanuvchilar amalga oshiradigan razminka ikki qismga, ya'ni umumiy va maxsus qismlarga bo’linadi. Razminkaning umumiy qismi tanada moddalar va energiya almashinuvini, tana haroratini, markaziy nerv tizimida qo’zg’aluvchan-likni, qon aylanish va nafas olishni optimal suratda kuchaytirish maqsadida bajariladi. Uning uchun ham razminkaning ushbu qismi umumiy jismoniy mashqlar bajarish bilan xarakterlanadi) sekin – asta yugurish, umuiy jismoniy mashqlar va boshqalar). Maxsus qismida esa sportchi asosiy ishda bajaradigan hatti-haraktlarini yegil-yelpi holda bajarishi kerak. Bunday maqsad tanani bo’lajak ish xususiyatiga uyg’unlashtirish, vegetativ va harakat a'zolari orasida uzviy bog’lanishni yuzaga keltirish bo’lib hisoblanadi. Kurib o’tilgan razminka qismlarning davom etishi, bir-biriga nisbatan sportchining jismoniy tayyorgarligi, ob-havo sharoitlari va boshqa omillar bilan aiqlanadi.
Razminka tufayli sportchi tanasida bir qator muhim fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar yuz beradi, chunonchi muskullarda qo’shimcha kapillyarlar ochilib ular orqali qon aylanish tezlashadi, harorati ko’tariladi, muskullarda qisqaruvchanlik xususiyati kuchayadi, nerv markazlarining qo’zg’aluvchanligi, ferementlar faolligi oshadi. Qon aylanish va nafas olish kuchayadi, to’qimlar tomonidan O2 – o’zlashtirilishi yaxshilanadi, qon depolardan tomirlanga chiqadi va hokazo.
Razminka har xil jarohatlar olishning oldini oladi, ter bezlarining ishini kuchaytiradi. Ko’pincha razminka yengil suratda ter suyuqligi ajralish vaqtigacha olib boriladi.
Razminka amalga oshiriladigan keyin yuqorida ko’rib o’tilgan fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar bir muncha vaqt o’z zaylida davom etadi. Bu vaqt sportchining o’ziga xos shaxsiy xususiyatlariga, jismoniy tayyorgarligi va boshqa omillarga bog’liq. Asosiy jismoniy faoliyat bilan razminka orasidagi vaqt unchalik davomli bo’lmasligi lozim (bu davr shug’ullanuvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab belgilanadi).
Razminkaning qanday va qancha davom etishi sportchining shaxsiy xususiyatlariga bog’liq, uni murabbiy bilan birga belgilab olish lozim. Odatda u 10-30 min bo’ladi. Eng muhim razminka paytida sportchi charchab qolmasligi kerak.
Razminka start oldi reaksiyalarini maqsadga muvofiq ravishda bo’lishini ham ta'minlaydi, masalan sportchi kuchli hayajonda, sarosimada bo’lsa bajariladigan razminka mashqlari kishini tinchlantiradigan bo’lishi kerak (asta-sekin bajariluvchi), loqaydlik alomatlari sezilganda esa tez-tez bajariladigan mashqlar qilish kerak.

 

Yüklə 54,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin