Kurashchining jismoniy tayyorgarligi sport trenirovkasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va jismoniy sifatlar - kuch, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jarayondir.Jismoniy tayyorgarlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Sportchilar sog‘lig‘i darajasi va ular organizmi turli tizimlarining funksional imkoniyatlarini oshirish. Jismoniy sifatlami sport kurashining o‘ziga xos xususiyatiga javob beradigan birlikda jismoniy sifatlami rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik umumiy, yordamchi va maxsus tayyorgarlikka bolinadi.
Jismoniy sifat boim ish “kuch” deganda kurashchining raqib qarshiligini yengib o ‘tish yoki mushak kuchlanishi hisobiga unga qarshilik ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi.Kuchning quyidagi turlarini ajratish qabul qilingan: umumiy va maxsus, mutlaq va nisbiy, tezkor va portlovchan, kuch chidamliligi. Umumiy kuch - bu kurashchining maxsus harakatlariga taalluqli bo‘lmagan holda sportchi tomonidan namoyon qilinadigan kuch. Maxsus kuch musobaqa harakatlariga mos bo‘lgan maxsus harakatlarda sportchi tomonidan namoyon bo‘ladi. Mutlaq kuch sportchining juda katta xususiyatiga ega harakatlarida namoyon bo‘ladigan kuch imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Kurashda u kuch yordamida yakkama- yakka olishish uchun muhim ahamiyatga ega.
3. Tezlik va uni rivojlantirish uslubiyati
Kurashchi tezligi - bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim harakatlar va usullami bajarish qobiliyatidir. Tezkorlik sifatini yaxshi rivojlantirmasdan kurashda yuqori natijalarga erishib boTmaydi. 0z raqibidan hatto sekundning yuzdan bir bo‘lagiga tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida muhim ustunlikka ega bo‘ladi.Kurashchi tezkorligi ko‘p jihatdan uning asab jarayonlari harakat- chanligiga, sharoitlarga, raqib harakatlaridagi ko‘rimsiz o‘zgarishlami sezishga bo‘lgan sezgirlik unda qay darajada rivojlanganligiga, bellashuvda har safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda qabul qilish va to‘g‘ri baholay olish malakasiga, taktik harakatlami o‘z Vaqtida va aniq bajarishga bog‘liq.
4. Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati
Kurashchining chidamliligi - bu butun bellashuv davomida harakatlami yuqori sur’atda bajarish va butun musobaqa davrida bir nechta bellashuvlami shiddat bilan o'tkazish qobiliyatidir. Yuqori darajadagi chidamlilik kurashchiga katta trenirovka va musobaqa nagruzkalarini o‘zlashtirishga, musobaqa faoliya-tida o ‘zining harakat qobiliyatlarini tolaqonli ravishda amalga oshirishga imkon beradi.Kurashda umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi.Umumiy chidamlilik deganda sportchining sust shiddatdagi ishni uzoq vaqt bajarishga bo ig an qobiliyati tushuniladi.Maxsus chidamlilik kurashchining musobaqa bellashuvi davomida turli xususiyatdagi harakatlar va amallami har xil kuchlanishlar bilan hamda gavdaning turli holatlarida yuqori sur’atda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi.