Mavzu; Kapitalning mobilligi darajasini fiskal va monetor siyosatning samaradorligiga ta’siri Mundarija Kirish Reja


Kapitalning mobilligi darajasi bo’yicha xorij tajribasi



Yüklə 336,59 Kb.
səhifə5/8
tarix05.06.2023
ölçüsü336,59 Kb.
#125535
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu; Kapitalning mobilligi darajasini fiskal va monetor siyosa

3.Kapitalning mobilligi darajasi bo’yicha xorij tajribasi
Rivojlangan mamlakatlarda soliq siyosatining muhim yo`nalishi soliq
imtiyozlarini taqdim etish, foydadan soliq stavkasining pasaytirilishi hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada kichik korxonalar foydasiga nisbatan pasaytirilgan 24
foizlik stavkada soliq solinadi. Bu stavka boshqa korxonalar uchun 33 foiz qilib
belgilangan.
Frantsiya soliq qonunchiligida kichik biznes sub`ektlari uchun
soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliqlarni to`lash rejimlari joriy qilingan.
Mikrofirma va kichik korxonalar soddalashtirilgan soliq tizimiga o`tishlari uchun
yillik tovar aylanmasi bo`yicha me`yor belgilangan bo`lib, shu me`yor doirasida
tovar aylanmasiga ega bo`lgan korxonalargina soddalashtirilgan tartibda soliq
to`laydilar. Bu tizimga o`tgan korxonalar QQSdan ozod qilinganlar.Umumbelgilangan tartibda soliq to`lovchi yuridik shaxslar foydasiga
solinadigan soliq ularning oladigan sof foydasidan undriladi va asosiy stavkasi
33,3% qilib belgilangan. Kichik biznes sub`ektlari uchun 15 foizli stavka amal
qiladi. Lekin shuni ham ta`kidlash joizki, soliq imtiyozi hisobiga bo`sh qolgan
mablag` korxonaning ustav kapitalini oshirishga va ishlab chiqarishni
kengaytirishga yo`naltirilish lozim.
YAponiyada korxonalar daromad (korporativ) solig`ini to`laydilar.
Korxonalar daromad solig`i stavkasi daromadlilik darajasi va ustav jamg`armasi
miqdoriga qarab belgilanadi (13- jadval). Ko`rinib turibdiki, YAponiyada kichik
korxonalarga korporatsiya solig`i bo`yicha amaldagi 30 foizli stavka o`rniga
pasaytirilgan 22 foizli stavkalar joriy etilgan. Korporatsiya bo`yicha pasaytirilgan
stavkalarning qo`llanilishi uchun, birinchi navbatda ushbu korxonaning ustav
jamg`armasi miqdori cheklangan, ikkinchi navbatda, uning yillik daromadi
miqdori mezon qlib olingan. Agar korxonaning ustav jamg`armasi 100,0 mln.
yendan kam bo`lsada, tovar aylanmasi 8,0 mln yendan yuqori bo`lsa, imtiyozli
stavkadan foydalanish huquqiga ega bo`lmaydi.

Rossiyada kichik biznes sub`ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimi
2003 yil 1 yanvardan boshlab qo`llanila boshlangan. Korxonalar va tadbirkorlar
faoliyati ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan uchta asosiy mezonga mos
kelgan taqdirda soddalashtirilgan soliq tizimiga o`tishlari mumkin. YA`ni
korxonaning 9 oylik daromad miqdori 15 mln rubldan yuqori bo`lmasligi,
korxonada ishlovchilar soni 100 kishidan ko`p bo`lmasligi hamda asosiy vositalar
va nomoddiy aktivlar qoldiq qiymati 100 mln rubldan yuqori bo`lmasligi lozim.
Ushbu tizim soliq to`lovchilari bir qancha soliqlar va yig`imlar o`rniga
yagona soliq to`laydilar. Jami daromad yoki xarajatlarga kamaytiriluvchi daromad
yagona soliqning ob`ekti hisoblanadi. Yagona solqning stavkasi jami daromaddan
6% va xarajatlarga kamayuvchi daromaddan 15 % miqdorida belgilangan. Ushbu
tartibni korxonalar yoki tadbikorlar ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga egalar.
Daromaddan chegiriluvchi xarajatlar soliq kodeksida belgilab qo`yilgan.
Xitoyda kichik va o`rta korxonalarda xodimlar soni 500 kishidan oshmaydi.
2000 yilga borib bu mamlkatda kichik va o`rta korxonalar soni 9 mln dan oshib

Xitoyda kichik va o`rta biznesni bunday jadal rivojlanib, mamlakat
iqtisodiyotida muhim o`rin tutishi, uning davlat tomonidan qo`llabquvvatlanishidan iborat oqilona siyosat natijasidir. Bu iqtisodiy siyosat quyidagi
tadbirlarni amalga oshirishda namoyon bo`ladi:
 Texnologiya sohasidagi yangiliklarning ishlab chiqarishag joriy
ejetilishi va mehnat samaradorligining oshrilishi;
 Kichik va o`rta korxonalrni texnologiyalar bilan yangilashga
qaratilgan maxsus fondning yaratilishi;
 Moliya imtiyozlari berilish va soliq yukining kamaytirilishi. Kichik biznes sub`ektlarini soliqqa tortishda xorijiy mamlakatlar tajribasi ko`rsatishicha, kichik biznes sub`ektlarini aniqlash mezonlariga faoliyat turiga qarab ishchilar soni, yillik daromadi, kapital qo`yilmalari miqdori ham qo`shilgan.
Shuningdek, Rossiyada kichik va xususiy biznes uchun quyidagi imtiyozlar
joriy etilgan. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash, oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xalq iste`mol mollari, qurilish materiallari,
tibbiyot texnikasi, dori-darmon ishlab chiqarish, uy-joy, ijtimoiy hamda ishlab
chiqarish ob`ektlri qurish bilan shug`ullanuvchi kichik va xususiy korxonalar
birinchi 2 yil davomida soliq to`lamaydilar.
AQSHda federal darajadagi eng yuqori korporatsiya solig`i bilan bir qatorda
(hozirgi kunda bu soliq 35 foizni tashkil qiladi) kichik va xususiy korxonalar
uchun 15 va 25 foizlik stavkalardan foydalaniladi.
AQSH va Rossiya Fedratsiyasida byudjet daromadlari tarkibida kichik va
xususiy biznes korxonalari to`laydigan soliq korxonalar foydasidan undiriladigan
soliq tarkibida hisobga olinadi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan mamlakatlar amaliy tajribalardan ko`rinib turibdiki,
kichik biznes sub`ektlari uchun foyda solig`i bo`yicha pasaytirilgan soliq stavkalari
joriy etilishi kichik biznes sub`ektlarining moliyaviy barqarorlik darajsini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi va o`z navbatida, kichik biznesning
mamlakatda yanada jadallik bilan rivojlaniishga zamin yaratadi. Bu esa moliyasoliq siyosatining samarali olib borilayotganligidan dalolat beradi.



Yüklə 336,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin