Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


IV.XULOSA Pedagogik eksperimentni tashkil qilish va uning natijalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə66/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

IV.XULOSA

Pedagogik eksperimentni tashkil qilish va uning natijalari

Ishlab chiqarilgan har qanday nazariya shu jumladan o’qitish uslubi ham tajribada sinab ko’rilishi jozim. Chunki xaqiqatning mezoni amaliyotdir.Biz tanlagan mavzu o’qitish uslubiga oid bo’lib, to’plagan materiallarimizni tajribada sinab ko’rish ishimizning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib qoladi.

Pedagogik eksperimentda asosan quyidagi masalalarni yechish ko’zda tutiladi:

1. Oquv materialining mazmuni o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari ta`lim talablariga mos tushishi

2. O’quvchilarning o’zlashtirishlari va ularning bilimlarini sifati

Pedagogik eksperiment o’tkazish uchun ya`ni tanlangan o’quv materiallarini darsga tadbiq etish va uning natijalarini olish uchun Davlatobod sanoat kasb-xunar kolleji ma`muriyati bilan maslaxatlashib olindi. Menga kollejning fizika fani o`qituvchisi Aziza Kamoliddinova oya yaqindan yordam berdi.Bu eksperiment mobaynida rejalashtirib olgan maqsadlarimizni deyarli amalga oshirdik. Biz eksperimentni boshlashdan avval ikkita parallel guruhni tanlab oldik.

Eksperimental guruhda fizikadan dars o’tish davomida shu guruhning egallaydigan mutaxassisligini hisobga olib, o’qitishda kasbga yo’naltirish tamoyilini amalga oshirgan xolda o’quvchilarni ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradigan pedagogok texnologiyadan foydalanishga harakat qildik va o’quvchilarni qiziqishlarini ortishiga erishdik.

Oddiy guruhda esa bu narsalar xisobga olinmadi. Qo’shimcha qiziqarli pedagogik texnologiyalar qo`llanmadi. O’nta mavzu o’tilgandan so’ng bu ikki gurux o’rtasidagi farq ancha bilinib qoldi. Oddiy guruhga nisbatan eksperiment guruxidagi o’quvchilarni fizika faniga bo’lgan qiziqisnlari ortdi, o’z ustida tinmay ishlashlari, o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan fan o’qituvchishiga murojaat qilishlari orqali ajrala boshladilar.

Kasb-hunar kollejida olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi natijalarga erishdik.

1.Oddiy guruhda an’anaviy dars o’tish orqali fizika fanini o’qitish jarayonida o’quvchilarning fanni o’zlashtirish ko’rsatkichi 58% ni tashkil qildi.

2.Tajriba gurihida yangi pedagogik texnologiyani fizika faniga tadbiq etish orqali o’quvchilarning fanni o’zlashtirish ko’rsatkichi 90% ni tashkil qildi.

Demak yuqoridagi natijalardan ko’rinib turibdiki kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yuqori samaradorlikka erishilar ekan.Bunda o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi ortadi,uni o’zlashtirishi osonlashadi, fizik dunyoqarashi kengayadi,o’z qobiliyatlarini namoyon etishi shakllanadi va o’z fikrini erkin bayon etishi shakllanadi.

O’rta maxsus kasb-xunar kollejlarida fizikadan olib boriladigan dars mashg’uloti shunday o’qitilishi kerakki undan bo’lajak mutaxassislarni kasblariga bo’lgan qiziqishlari pedagogik va psixologik nuqtai nazardan hisobga olinishi zarur.

O’qituvchi o’qitish va tarbiyalash printsipini amalga oshirish paytida o’quvchilarga ularni kasb mutaxassisligi uchun zarur bo’lgan tushunchalarni va umuman materiallarni berib, didaktikaning asosiy masalasini hal qilish kerak.

Hozirgi zamon mutaxassisi nazariy jixatdan shunday tayyorlangan bo’lishi kerakki, u mustaqil ravishda bo’lajak rivojlangan texnikani o’rgana olishi va u bilan ishlay bilishi zarur.

Bunday talabning quyilishi o’rta maxsus kasb xunar kollejlarida umumiy ta’lim fanlaridan ma’lum xajmdagi bilimlarni berishni talab qiladi,

Xulosalab shuni aytish mumkinki, o’rta maxsus kasb-xunar kolleji fizika oqituvchisi o`quvchilarga bilim berishda yangi pedagogik texnologiyalardan ko`proq foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin