Birinchidan-fanning o’sib borayotgan o’rni bilan,XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ,fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi.Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari ikki martadan oshib bordi.Shuning uchun,fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo’ysunadi deb faraz qilinadi.Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari,aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda. Fanning jadal taraqqiyoti,ilmiy-texnik axborot tegishli taraqqiyotiga olib keladi.
Fanning eksponenta bo’yicha rivoji uning ko’chkisimon rivojini anglatadi.Zero ilmiy-texnik axborot rivoji ham ko’chkisimon jarayon hisoblanadi.
Axborot oqimining ko’chkisimon o’sish sur’atini saqlash uchun zamonaviy telekommunikatsion axborot tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda.
Ko’rinib turganidek,fan va axborot hozirgi zamondagi o’sish sur’ati va hajmi 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi.
Fan taraqqiyoti,bu oily ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi.Shuning uchun,oily ma’lunmotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim-zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari,individual va mustaqil ishlash,ilmiy-texnikaviy axborotlar va o’quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: |