Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish. ,,Chalkashgan mantiqiy zanjir ’’ usuli misolida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə65/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

3. 3. Kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish. ,,Chalkashgan mantiqiy zanjir ’’ usuli misolida

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil qilib,uni jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga tadbiq etish davom etmoqda. Ayniqsa Oliy Ta’limning asosiy tayanchi(bo’gini) sanalgan kasb-hunar kollejlarida fizika fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyani qo’llash bugungi davr talabidir.

Biz kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitishda ,,Chalkashgan mantiqiy zanjir ’’ usulini fizik hodisaning sabab-natija bog’lanishlarini o’rganishda qo’lladik.Bunda o’qituvchi namoyish tajribalaridan va slaydlardan foydalangan holda yangi mavzuni o’tib bo’lganidan so’ng qo’llaydi. O’tkazilish tartibi quyidagicha: O’qituvchi o’quvchilar e’tiboriga o’rganiladigan fizik hodisalar (faktlar, jarayonlar,qonunlar) to’plami sabab-natija yoki xronologik tartibi buzilgan holda beriladi.Bunda o’qituvchi chalkashgan fizik hodisalar (faktlar, jarayonlar,qonunlar)ni doskaga yozadi yoki og’zaki bayon qilishi mumkin.

Vazifa:O’quvchilar o’z sinf daftarlariga fizik hodisalar (faktlar, jarayonlar,qonunlar)ni tartib bilan joylashtiradilar. Fizik hodisalar (faktlar, jarayonlar,qonunlar)ni o’zaro bog’lash uchun o’quvchilar qo’shimcha so’zlarni qo’llab matn tuzishlari mumkin.Masalan:Elektromagnit induksiya hodisasi mavzusini olaylik.Bunda ushbu mavzuga oid tushunchalar chalkashgan holda beriladi.

Elektromagnit induksiya hodisasi,elektr maydon, magnit maydon, elektr toki,

1831- yil,Maykel Faradey,galvanometr(voltmetr), o’zgarmas magnit, 1820-yil,Ersted,g’altak(solenoid), Faradey tajribalari,induksion tok, Faradey qonuni, Lens qoidasi, ε= -dФ/dt, induksiya EYK,Lorens kuchi, Maksvelning fikri,yopiq (berk) kontur,magnit induksiya oqimining ozgarishi, rus fizigi Lens ,’’-’’ ishora,uyurmali elektr maydon,uyurmali toklar,Fuko toklari, va hokazo.

Bu usul yordamida quyidagi natijalarga erishish mumkin:

1.Bunda har bir o’quvchi ishtirok etadi.

2.O’quvchilarda mustaqil,erkin va ijodiy fikrlash konikmalari shakllanadi.

3.Har bir o’quvchida matn tuzish va mantiqiy ijodkorlik qobiliyati shakllanadi.

4.O’quvchilarda eslab qolish qobiliyati yani xotirasi shakllanadi.

5.Mavzuni anglash va tushunish jarayoni shakllanadi.

6. O’quvchilarni baholash tizimi osonlashadi.

7.O’quvchilarda mustaqil ravishda mantiqiy o’ylash jarayoni shakllanadi.

8.Bunda har bir o’quvchi baholanadi.

9. Har bior o’quvchida matn tuzish ko’nikmasi shakllanadi.

Bu usul yordamida mavzu yanada mustahkamlanadi.Qolaversa o’quvchilarda o’z fikrini erkin bayon etish ,fikrlash qobiliyati o’sadi,mantiqiy oylash tarzi shakllanadi,anglanganlik va tushunganlik shakllanadi va fizik dunyoqarashi kengayadi.Bunda oqituvchi oquvchilar daftarini tekshirishi shart.O’quvchilar topshiriqni bajarganliklari uchun baholanishi shart.Bu usulni otkazishda vaqt meyori to’g’ri taqsimlanishi kerak.Bunda o’qituvchi o’quvchilarga e’lon qilgan fizik hodisalarni va ular yozgan matnlarini tekshirishgacha bo’lgan vaqtni hisobga olish kerak. Masalan ushbu usulni o’tkazish vaqti 20-25 daqiqani tashkil etadi.Ushbu usulni takrorlash va mustahkamlash darslariga qo’llansa yanada samaraliroq chiqadi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin