Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish mezonlari Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan professiografik materiallarni tanlashnnig asosiy mezonlari ana shu printsiplardan kelib chiqadi. Bu asosiy mezonlar quyidagilardan iborat:
Mezonning kompleksliligi. Bu mezonning mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmunida ijtimoiy va ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek faoliyatning har xil turlari uchun sharoitlar yaratish hamda politexnik bilimlarni va umummehnat malakalarini shakllantirish, shaxsni har tomonlama tarbiyalash, shaxsning kasbiy iste’dodlarini, qobiliyatlarini rivojlanishini aks ettiradi.
Yuksak ilmiy-amaliy ahamiyatlilik mezoni. Ana shu mezonga asoslanib, kasbga yo‘naltirish materiallari mazmuniga fan va amaliyotning hamma e’tirof qilgan yutuqlarini, ob’ektiv fanlararo aloqaga va amaliy qo’llanishga ega bo‘lgan politexnik yo‘nalishidagi texnikaviy ma’lumotlarni kiritish lozim.
Hammaboplik mezoni. Mazkur mezonga asosan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ularni yosh xususiyatlariga hammabop bo‘lishi kerak.
Oqilonalik mezoni. Bu mezoning mohiyati shuki, kasbga yo‘naltiruvchi materiallarning hajmi o‘quvchilarga juda ko‘p, ortiqcha ish topshirmay, shu materiallarni o‘rganish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim.
Uzviy o’zaro bog’lik mezoni. Ushbu mezonning mohiyati shundan iboratki, professiografik materiallar tabiiy ravishda dars va tarbiyaviy tadbirlar mazmuniga kiritilishi, bular zo’rlab qabul qildirilmasligi va puxta bo‘lishi kerak.
Kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinetni tashkil qilishda va uning ishiga yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi katta ro’l o’ynaydi. Ko‘pgina maktab, kasb-hunar kollejlarida mehnat ta’limi o‘qituvchilari ana shunday kabinetlarning tashkilotchilari hisoblanadilar.
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa. Demak, o‘quvchilarning kasbiy layoqatlari va ularning kasbga bo‘lgan munosabatlarini rivojlantirish uchun kasb ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari, kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari va kasb tanlashda asosiy mezonlarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Bu jarayonlarning nazariy jihatdan o‘rganar ekanmiz, kasbiy bilimldarni egallashlarida o‘quv jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash kasb hunar kolleji o‘quvchilarini kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish bilan birga ularning kasbiy ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. O‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish, kasb tanlashning ijtimoiy qimmatli motivlarini tarkib toptirish, o‘z professional mavqeini belgilashda ko‘maklashish ularning kasbiy bilimlariga tayanishi o‘qtirish zaruriy holatdir.
Kasbga yo’llash ishlarining ijtimoiy ahamiyatini oshirish, mutaxassislarga qanday talablar qo‘yilishini aniqlashtirish, kasbga yo‘naltirish ishlarini o‘tkazish zaruriyatidan kelib chiqib kasbiy bilim va ko‘nikmalarning ijtimoiy psixologik mazmunini va ahamiyatini belgilab beradi.
O‘quvchilarning kasb faoliyati har xil turlariga bo’lgan qiziqish va maylni rivojlantirish kasbga yo’naltirishning muhim tarkibiy qismi ekanligini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yoshlarni mehnatga tayyorlash yangi masala emas, hozir bu masalani ta’lim-tarbiya nazariyasi bilan uzviy birlikda ko’rib chiqish lozim, Kasbga yo’naltirish muammosiga ko‘ra tarkib topgan, ilmiy yo’nalishlarni rivojlantirish – eng muhim vazifalardan biridir.