Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə2/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

Ko‘nikma – insonning avvalgi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyatidir. Uning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan murakkab shartli reflekslardir. Ko‘nikma malaka bilan uzviy bog‘liq.
Malaka – muayyan harakatlarni doimiy ravishda bajarish natijasida malakaga ega bo‘lishdir. Malakali mutaxassis bo‘lib yetishishda shaxsning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllanganlik darajasi muhim omil sifatida ahamiyatga egadir.
Har qanday harakatning tahlil yetilgan jihatlarini tegishli tarzda uning motor (harakat), sensor (emotsional) va markaziy qismlari deb atash mumkin. Shunga muvofiq, ushbu qismlarning harakatini amalga oshirish jarayonida bajariladigan vazifalarni ijro yetish, nazorat qilish va boshqarib turishda foydalanadigan yo‘l-yo‘riqlar ushbu faoliyat-ning usullari deb ataladi.
Kishida maqsadga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni ijro yetish va boshqarishning aynan shu tarzda avtomatlashuvi malaka deb ataladi. Malaka mashq qilish jarayonida ish-harakatlarni bajarishning avtomat-lashgan usullari hisoblanadi.
Malakalar interferensatsiyasi (lotincha inter – orasida, ferens – tarqatuvchi) deb avval hosil qilingan malakalarning keyinchalik bosh-qa yangi malakalarning hosil bo‘lish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsati-shi natijasida yangi malakalarning susayib qolishiga aytiladi.
Harakatning shu tarzda qisman avtomatlashuvi tufayli uning tuzi-lishida ro‘y beradigan o‘zgarishlar quyidagilardan iboratdir:
1) sa’y-harakatlarning ijro yetilish usullari o‘zgaradi. Bunga qadar o‘z holicha yuz berib kelgan qator juz’iy sa’y-harakatlar yagona ja-rayonga, tarkibga kiruvchi alohida sodda sa’y-harakatlar o‘rtasida to‘siqlar va uzilishlar mavjud bo‘lmagan bitta murakkab sa’y-harakat-ga qo‘shilib ketadi:

  1. ortiqcha va keraksiz sa’y-harakatlar bartaraf yetiladi;

  2. mujassamlashuv yuz beradi;

2) harakatni sensor nazorat qilish usullari o‘zgaradi. Sa’y-harakat-larning bajarilishini ko‘rish orqali nazorat qilish mushaklar yordamida (kinistetik) nazorat bilan almashadi. Bunga tajribali mashinistkaning harflarga qaramasdan yozishi, malakali chilangarning uskunaning ustiga bolg‘a bilan urayotganda ko‘rish nazoratini ishga solmasligi misol bo‘ladi: a) maxsus sensor sintezlar hosil bo‘ladi;

  1. harakat natijalarini nazorat qilish uchun muhim bo‘lgan mo‘ljallarni tez farqlash va ajratish qobiliyati rivojlanadi;

  2. harakatni markazdan turib boshqarish usullari o‘zgartirib bori-ladi.

Diqqat harakat usullarini idrok yetishdan xoli bo‘lib, u harakatning, asosan, vaziyati va natijasiga qaratilgan bo‘ladi.
Ba’zi hisob-kitoblar, yechimlar va aqliy mehnat talab qiladigan boshqa jarayonlar tez va birga qo‘shilgan holda amalga oshirila boshlaydi. Jumladan, haydovchi dvigatelning ortiqcha kuch bilan ish-layotganini uning tovushidanoq sezib, o‘ylab-netib o‘tirmasdan, uning harakatini qanaqa tezlikka ko‘chirish kerakligini darhol tushunib yetadi; operator asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qiboq, ularning ishla-shida ro‘y berayotgan buzilishlarni va ularni bartaraf yetish uchun ni-malar qilish kerakligini fahmlaydi.
Navbatdagi sa’y-harakatlarga tayyorgarlik bundan oldingi sa’y-harakatlar amalga oshirilayotgan paytdayoq yuz bera boshlaydiki, natijada reaksiya uchun sarflanadigan vaqt keskin kamayadi. Qo‘llani-lishi lozim bo‘lgan usullarning butun boshli zanjirini yoki turlarini ana shu tarzda ong yordamida oldindan ko‘ra bilish antitsipatsiya deb ataladi.
Kishi muayyan harakatni bajarishga urinib ko‘radi va uning nati-jasini nazorat qilib turadi. Muvaffaqiyatli sa’y-harakatlar, o‘zini oqla-gan usullar asta-sekin tanlanadi va mustahkamlanadi, o‘zini oqlama-ganlari yesa qo‘llanishdan chiqarilib, boshqalariga almashtiriladi.
Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda hamda ongli ravishda nazorat qilishga va tu-zatishga asoslangan holda ko‘p martalab takroran bajarish faoliyati mashq deb ataladi.
Har qanday malaka ham kishi allaqachon yegallab olgan malakalar tizimida amal qiladi va tarkib topadi. Ularning biri yangi malakaning tarkib topishiga va amal qilishiga yordam bersa, boshqalari xalaqit beradi, uchinchi bir xili yesa uni o‘zgartiradi va hokazo. Bunday hodisa psixologiyada malakalarning o‘zaro ta’siri deb yuritiladi.
Har qanday xulq-atvor yangi sharoitlarda yoki yangi obyektlarga nisbatan jarayonlarning ko‘chishi asosida tarkib topadi. Ko‘chish yesa shart-sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maqsadlari uchun muhim bo‘lgan belgilari bo‘yicha o‘xshashligiga tayanadi.
Bu o‘xshashlik anglanilgan va anglanilmagan bo‘lishi mumkin. Faoliyat qanchalik murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo‘ljallangan hamda ular obyektlarning qanchalik ko‘proq o‘zgartiri-lishini talab qiladigan bo‘lsa, muvaffaqiyatli ko‘chishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan oraliq aqliy faoliyat shunchalik keng tus oladi. Lekin har qanday holda ham, bunday ko‘chish ko‘nikma, ya’ni qo‘yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin.
Ko‘nikma faoliyat subyektning o‘zida mavjud bilimlar va malaka-lar bilan maqsadga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va ama-liy harakatlarning murakkab tizimi yegallab olinishini ifodalaydi.
Ko‘nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axbo-rotni va narsalardan olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o‘zaro bog‘lash jarayonining butun bir tizimining yegallanishini bildiradi. Bu xildagi shakllantirish, ya’ni ko‘nikmalarga o‘rgatish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini qayd qilib o‘tish za-rur. Bu yo‘llarni bir-biridan farq qiluvchi ikkita holatga ajratish mum-kin. Birinchi holatda o‘rganayotgan kishi zarur bilimga yega bo‘ladi.
Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi qo‘yiladi hamda kishining o‘zi sinab ko‘rish va xatolarga yo‘l qo‘yish orqali tegishli mo‘ljal olgan, axborotni qayta ishlash va faoliyat usullarini topgan holda uning yechimini izlaydi.
Garchi bu yo‘lning samaradorligi past bo‘lsa ham, bugungi kunda u ta’lim jarayonida yeng ko‘p qo‘llaniladigan yo‘l yekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo‘l shundan iboratki, ta’lim berayotgan kishi tinglovchining bilimlarini qo‘llash uchun zarur bo‘lgan psixik faoliyatni boshqarib boradi.
Faoliyat turlari yana ongning bevosita ishtiroki darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Masalan, shunday bo‘lishi mumkinki, ayrim harakatlar boshida har bir yelementni jiddiy ravishda, alohida-alohida bajarili-shi va bunga butun diqqat va ongning yo‘nalishini talab qiladi. Lekin vaqt o‘tgach, bora-bora unda ongning ishtiroki kamayib, ko‘pgina qismlar avtomatlashib boradi. Bu oddiy tilga o‘girilganda malaka hosil bo‘ladi deyiladi. Masalan, har birimiz shu tarzda xat yozishga o‘rganganmiz. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda bizdagi bilimlarga ta-yansa, faoliyatning maqsadi va talablariga ko‘ra harakatlarni muvaffa-qiyatli bajarishni ta’minlasa, biz uni ko‘nikmalar deb ataymiz. Ko‘nikmalar doimo bizdagi aniq bilimlarga tayanadi.
Hayotda ko‘nikma va malakalarning ahamiyati katta. Ular bizning jismoniy va aqliy urinishlarimizni yengillashtiradi va o‘qishda, mehnatda, sport sohasida va ijodiyotda muvaffaqiyatlarga yerishishimizni ta’minlaydi.

Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin