39
3. Kasb hunar kolleji tizimida kasbiy bilimlarni takomillashtirish va kasbga bo‘lgan munosabat
motivlarini rivojlantirish muammolarini hal qilishda proforientatsiya ishlarini rivojlantirish
maqsadga muvofiq.
4. Psixologik maslahat va proforientatsiya ishlari rivojlantiriladi va to‘g‘ri yo‘lga qo‘yiladi.
Kasb xunar kollejida kasbiy ta’lim mazmuni sifat jihatdan takomillashtirish zaruriyligi o‘z
isbotini topdi.
5. Psixologik maorif va psoforientatsion ishlarda o‘qituvchilar hamda ota- onalar hamkorlik
ishlari rivojlantirildi.
6. Kasbiy ko‘nikma va malakalar yuzasida talabalarning bilimlari oshirilganligi va ularning
kasbiy munosabat motivlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. (burch motivi, ma’suliyat
motivi)
7. Kasb tanlash motivlarining aniqlanishi ularning kasbga yo‘llash ishlarida muhim omil ekanligi
asoslandi.
8.Turli kasblar bilan nazariy tanishib kolmay, balki bir muncha ommaviy kasblarni bilish,
ishlab chiqarish jamoalariga qo‘shilish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallash
o‘quvchilarning kasb tanlashiga imkon beradi.
Bolaning qanday kasbni tanlashi juda muhim hayotiy masala bo‘lib, uni hal qilishda oila
hamda maktab jamoasining hamkorlikdagi olib boradigan kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari
ma’lum bir natijalarga asoslangan hamda rejali bo‘lishi darkor. Chunki kelajakda bolaning
jamiyatda qanday o‘ringa ega bo‘lishi, kasb-hunarni egallashi yuqoridagi ishlarni qay tarzda
amalga oshirilishiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: