ta'minlanadi, o'quv-tarbiya jarayonida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotni tashkil
etish va boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo'la olishni bilishi kerak.
O'quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning
atrof-mu-hitga nisbatan
bo'lgan munosabatlarida ham namoyon bo'ladi. Axloqiy tarbiyalanganlik
o'quvchining his-tuyg'ularida ichki kechinmalarida ifo-dalanadi va xulq-atvorida,
o'qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga qalqib chiqadi. O'quvchilar bilan yaqin
munosabatda bo'lish va mehri-bonlikni namoyish etish, o'qituvchining sinf jamoasi
bilan munosabatda to'g'ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin bo'ladi.
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning
ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O'qituvchi ta'lim-tarbiya jarayonida o'zining
shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Dars jarayonida esa
o'qituvchi o'quvchilarni
tashkilotchi va ijrochi rollarida boiishga imkoniyat yaratishi
kerak. Muloqot asosida shaxs o'zligini tanishni o'rganadi. O'qituvchi
darsni
rejalashtirar ekan, faqat o'rganilayotgan dars mavzusi to'g'risidagi ma'lumotlar
asosida o'quvchilarni axborot ko'lamiga jalb etishni o'ylamasligi kerak, balki
o'qituvchining yordamiga muhtoj bo'lgan o'quvchilarni topishi, ularga yordam
berish uchun sharoit yaratishi, har bir o'quvchining qiziqishini ta'minlovchi
sharoitlarni ko'ra olishi va o'zaro hamkorlikni ta'minlashi lozim.
Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar
bilan yaxshi
munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo'llashi va birgalikda ijodiy
faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o'qituvchi kasbiy faolligining
bir ko'rinishi bo'lib, bunda ta'lim va tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-
tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal
qilinadi. Bu vaziyatda o'qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo'ladi hamda uning
o'zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta'sir ko'r-satish vazifalari
va vositalari hamda o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi
prinsiplarda namoyon bo'ladi:
1. Kommunikativ muloqot.
2. lnteraktiv muloqot.
3. Perseptiv muloqot.
1.
Kommunikativ muloqotdabir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o'z ichiga
hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o'zaro axborot almashuvini qamrab
olgan boiib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O'qituvchi va
o'quvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida
muloqotning muhim
vositalari bo'lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2.
lnteraktiv muloqotningmuhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta'sir etishdir.
Muloqotga kirishuvchi o'qituvchi o'zaro ta'sir etishda, o'quvchilarning tarbiyaviy
faoliyatiga nafaqat so'z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori
bilan o'zaro ta'sir o'tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotdao'qituvchi va o'quvchilar jamoasi o'zaro bir-birlarini idrok
qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o'zaro bir-birlarini
idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli,
tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o'zaro hamkorlik faoliyatini
tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol
namoyon bo'ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun,
o'qituvchi o'quvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga
chuqur kirishib keta olishi,
shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab,
faoliyat olib borishi lozim.