Mavzu Katta ma’lumotlarni aniqlash. Katta ma’lumotlarni saqlash
Katta hajmli ma’lumotlar - “Big data” Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti kata ma'lumotlar deb ataladi. Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularningimkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi. Zamonaviy axborot tizimlarida foydalaniladigan axborot (ayniqsa video, audio, multimediali ma’lumotlar) hajmini jadal o‘sishi oldimizga ushbu axborotni ma’lumotlar bazasida saqlash va ularni boshqarishning yangi murakkab masalalarni qo‘yadi. Quyida katta hajmdagi multimedia ma’lumotlarni tashkil qilishga, shuningdek ular bilan ishlash vositalari tahlil qilib chiqamiz. Katta hajmli multimedia ma’lumotlar to‘rtta asosiy xarakteristikaga ega bo‘ladi: hajm, xilma-xillik, tezlik, narhi. 1. Hajm. Insonlar va mashinalar tomonidan xosil qilinayotgan ma’lumotlarningo‘sib borayotgan soni, axborot texnologiyalari infrastrukturalariga ma’lumotlarnisaqlash, ishlov berish va taqdim etishida yangi talablarni qo‘yadi. 2. Xilma-xillik. Turli strukturalarda taqdim etilgan ma’lumotlar xilma-xilbo‘ladi. Bular kredit kartalar bo‘yicha operatsiyalar bo‘ladimi, ilmiy tadqiqotnatijalari bo‘ladimi, fotografik suratlar bo‘ladimi, video va audio ma’lumotlarbo‘ladimi barchasi o‘ziga xos ishlov va saqlash shart sharoitlarini talab etadi. 3. Tezlik. Tezlik deganda nafaqat ma’lumotlarning ma’lumotlar bazasiga kelibtushish tezligi, balki bu ma’lumotlar bazasidan olinadigan ma’lumotlarni chiqariblish tezligi ham anglanadi. 4. Narhi. Katta hajmdagi ma’lumotlar – qimmat resurs hisoblanadi. Ma’lumotdolzarbligi, foydaliligi va ichidagi kontentiga qarab uning qanchalik qimat baholigianiqlanadi.