Mavzu: keramika tovarlari assortimenti reja: Shisha to’g’risida tushuncha Keramika to’g’risida tushuncha



Yüklə 51,39 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü51,39 Kb.
#207854
  1   2
KERAMIKA TOVARLARI ASSORTIMENTI



MAVZU: KERAMIKA TOVARLARI ASSORTIMENTI

REJA:

1. Shisha to’g’risida tushuncha
2. Keramika to’g’risida tushuncha
3. Keramika tovarlarining qo’llanishi

Shisha qattiq amorf moddadir. Shisha odatda moʻrt va shaffof boʻladi.
Shisha — tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar (kremniy, bor, alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va boshqalar)ning oksidlaridan iborat aralashmani qizdirish yoʻli bilan suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan amorf moʻrt material. Shisha qizdirilganda kristall moddalar kabi maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va qotmaydi, balki asta-sekin qattiq holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga va nihoyat suyuq holatga oʻtadi. Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi. Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik xossalari (yorugʻlik nurini sindirish koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik birikmalarning turiga koʻra, Shisha quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha, xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen, margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda esa baʼzi metallarni ham shishasimon holatda olish mumkin.
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O) tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.Oksid shishaning asosiy komponentlari kislorodli birikmalardan tashkil topgan. Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va telluridlar asosida olinadi. Margimush sulfid (A8,83), surma sulfid (8253), selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar (A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.
Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2va rux xlorid 2pS12asosida olinadi.
Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan): silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03), fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha, (Oye02), borosilikat Shisha (V20, va 8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203va 8YU2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi (deraza oynasi, Shisha bloklar va boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi, avtomobil Shishasi, termik barqaror Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi, idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek Shisha tola va Shisha plastiklar farqlanadi. Ionlovchi nurlardan saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi radiatsiya indikatorlari Shishasi, oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi fotoxrom Shisha, lazer materiallari sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars Shishasi sanoatda kremniy dioksid 8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi, meʼmorlikqurilish, navli, idish va boshqalar sanoat Shishalari asosini №20—SaO—8YU2uchlik sistemadagi kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu oksidlardan tashqari ular tarkibiga Shishaiing kristallanishga moyilligini susaytiruvchi M§0 va kimyoviy barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi. Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi jadvalda keltirilgan.
shahrining xossalari uning tarkibidagi komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli xossasi uning shaffofligidir (deraza oynasining shaffofligi 83— 90%, optik shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.
Moldavit. Meteorit tushishidan hosil bõlgan mineral. Besednitse. ChexiyaTabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy Shishalar mavjud (qarang Vulkan shishasi). Sunʼiy shishaning paydo boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan yasalgan mahsulotni kuydirishda unga soda va qum tushgan boʻlishi, natijada buyum sirtida shishasimon sir (glazur) hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy metallarning oksidlari 30% dan 20% gacha kamaytirilgan. shishaga qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish maqsadida marganets va kobalt birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.

Yüklə 51,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin