Mavzu: keys stady o’qitish texnologi kirish mavzuning dolzarbligi



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/7
tarix12.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#154308
1   2   3   4   5   6   7
KEYS STADY O’QITISH TEXNOLOGIYASI

Kurs ishining maqsadi: keys stady o’qitish texnologiyasi haqida ma’lumot berish.
Kurs ishining vazifalari:

  • Keys stady ta'lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar va ta'rifi

  • Keys-stadining mohiyatli belgilarini quyidagicha ifodalanadi

  • Keyslarni asosiy manbalari bo’yicha tasniflashi

  • Didaktik maqsadlariga ko’ra keyslar turlari

Kurs ishining tarkibi: Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.
I BOB. TA'LIM JARAYONIDA HAYOTIY VAZIYATDAN FOYDALANISHNING DOLZARBLIGI
1.1. Keys stady ta'lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar va ta'rifi

Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study” – o’rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug’ullanish, o’quv fani, saboq olish, o’qish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”, ya’ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga ko’ra keys – real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko’ra bu metodni “amaliy holatlarni o’qitish metodi” deb ham ataladi.


Keys-stadi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb bo’lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Shu sababli G’arb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-stadi metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish o’quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat.
Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.
Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.
“Keys” va “keys-stadi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib, shunga ko’ra quyida ularning asosiy xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish maqsadida ko’p variantli ta’riflari berildi.
Keys –
1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to’plami;
2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar yig’indisi;
3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.
Keys-stadi –
1) ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan ta’lim metodidir.
2) ta’lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o’rgatishda qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o’quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir.
Vaziyat (lotincha situation – ahvol) – muayyan vaziyat, ahvolni hosil qiladigan shart-sharoitlar va holatlar yig’indisi. Keysda bayon qilingan vaziyat institusional tizimda (shu o’rinda va keyinchalik – korxonada) diskret (ayni shu) vaqtda tashkiliy hayotdagi tipik muammolarni qayta yaratadigan real yoki sun’iy qurilgan hodisalarning ideal tarzdagi in’ikosidan iboratdir.
Muammoli vaziyat – mazkur holda vaziyat sub’ektining hozirgi vaqtda yoki kelgusidagi maqsadlarga erishishiga xavf soladigan vaziyat tushuniladi.
Keys-stadi metodi tarixi. Keys-stadi amaliy vaziyatlarni tahlil etish va hal qilish asosida o’qitish metodi sifatida xorijiy ta’limda dastlab huquq sohasida qo’llanila boshladi: u ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 yilda qo’llanilgan edi. 1920 yilda Garvard biznes-maktabi (GBM) o’qituvchilari yuristlarning o’qitish tajribasiga tayanib, iqtisodiy amaliyotdagi aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni ta’limning asosiy usuli etib tanlashganidan keyin mazkur o’qitish uslubi keng tatbiq etila boshladi.
Ana shu vaqtdan boshlab GBM keyslarning boy to’plamini yig’di va mazkur metodni ta’limning mustaqil konstepstiyasi darajasigacha olib chiqdi. Ayni shu sababga ko’ra keys-stadi metodini ko’pincha Garvard metodi deb ham ataladi. O’z mohiyatiga ko’ra, Garvard metodi ta’lim oluvchilarning amaliy vaziyatlarni videomateriallar, kompyuter va dasturiy ta’minotdan foydalanib hal qilish bo’yicha intensiv treningidan iboratdir.
Keys-stadining ikki klassik maktabi – Garvard (Amerikada) va Manchester (Yevropada) maktablari mavjud. Garvard maktabi doirasida mazkur metod yagona to’g’ri yechimni izlashni o’rgatish metodi hisoblanib, ikkinchi maktab (Manchester) keysda bayon qilingan muammoli vaziyat yechimining ko’p variantliligini taklif qiladi. Amerika keyslari o’nlab sahifali matnni va ko’plab chizmalarni o’z ichiga oladi. Yevropa keyslari xajmi birmuncha kamroq.
Chet ellardagi biznes-maktablarda odatiy vaziyatlarni o’rganishga o’quv vaqtining o’rtacha 25% dan 90% gacha bo’lgan qismi ajratiladi. Masalan, Chikago universiteti biznes-maktabida o’quv vaqtining 25%i keyslar ulushiga, Kolumbiya universitetida – 30%, Uortonda esa – 40% iga to’g’ri keladi. Mashg’ulotlarni ushbu metod bo’yicha o’tkazishga ajratiladigan soatlar soni bo’yicha uning “ilk ixtirochisi” – Garvard yetakchilik qiladi. Oddiy tinglovchi GBMda o’qish vaqtida 700 tagacha keyslarni ko’rib chiqadi va buning uchun o’quv vaqtining 90% gacha qismini sarflaydi.
Bunda shunday aniqlik kiritish kerak: moliyaviy fanlarga ixtisoslashgan maktablarda keyslar salmog’i asosiy fanlar – menejment, marketing, axborot texnologiyalari, xodimlarni boshqarish va shu kabilardan iborat maktablardagiga nisbatan ancha kamdir.
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasida keys-stadi, asosan, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida, ayniqsa boshqaruv sohasida qo’llaniladi. Keyingi yillarda oliy o’quv yurtlarida ham o’qituvchilarning keyslarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilayapti.
Keys-stadi metodini ta’lim jarayonida keng tatbiq qilishning dolzarbligini belgilovchi omillar. Keys-stadini iqtisodiy oliy o’quv yurtining ta’lim amaliyotiga keng tatbiq etishning dolzarbligi va zarurligi quyidagi omillar bilan bog’liq:
Birinchidan, mamlakatdagi iqtisodiy ta’limning umumiy yo’nalishi, uning nafaqat ta’lim oluvchilarda aniq bilimlarni shakllantirishga, shu bilan birga, tinglovchilarda fikrlash faoliyati, nazariy bilimlarini amalda qo’llashga tayyorlik va bunga qobillikni rivojlantirish, bo’lg’usi mutaxassislarda mustaqillik va tashabbuskorlik, boshqaruv va iqtisodiyotdagi tadqiqotlarning turli jihatlari bilan bog’liq keng doiradagi masalalarni idrok etish qobiliyatini ravnaq toptirishga yo’naltirilganligi bilan bog’liq. «Insonning qo’liga baliqni tutqazsang – u bir kun qorni to’q yuradi, mabodo insonni baliq tutishga o’rgatsang – u butun umri davomida ochlik nimaligini bilmaydi» – xitoylik donishmandlarda shunday hikmatli gap bor. Auditoriya sharoitlaridayoq boshqaruvchilik yechimlarini qabul qilishga doir malaka va ko’nikmalar egallanmasa, keyinchalik yaxshi boshqaruvchi bo’lib chiqish mumkin emas.
Kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun o’zining boshqarish siyosatini ishlab chiqishga tinglovchilar korxonada va umuman iqtisodiyotda vujudga keladigan turli xil vaziyatlarni tahlil etish malakalari va ko’nikmalarini egallashi, tahlil qila bilish qobiliyatini o’stirishi, boshqaruvchiga xos xususiyatlarni orttirishlari zarur.
«Maslahat berish mumkin, lekin bunday maslahatdan foydalanishga o’rgatish mumkin emasligi» haqiqatdir. O’rganib olgach omadli iqtisodchi, moliyachi yoki menejerga aylanib olishga imkon beradigan qandaydir yagona, universal uslub yoki usul mavjud emas.
Tinglovchilarning keyslarni ishlab chiqish texnologiyalarini o’zlashtirishi, keysda taqdim qilinadigan amaliy muammoli vaziyatlarni tahlil etish, yakka tartibda va jamoa bo’lib ularni optimal hal qilish yo’llarini izlash malakalarini egallashi, bo’lg’usi mutaxassisda funkstional vakolatlilikni shakllantirish
kasbiy faoliyatda o’zining boshqarish va tashkil qilish texnologiyalarini loyihalashtirish, kasbiy jarayon mantiqini qurish usullari, shuningdek, kasbiy vazifalarni mustaqil va mobil tarzda hal etish usullarini hosil qilishga yordam beradi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotining nostandart vaziyatlarda bir tizimli asosda va samarali harakat qilish, oqilona yechimlarni qabul qilish qobiliyatini egallagan mutaxassislarga muhtojligi
Keysda har xil hayotiy vaziyatlar bayoni beriladi va ularning oqibatlari xususida mushohada yuritish yoki qatnashchilar harakatlarining samaradorligini baholash yoxud muammoni hal etish usullarini taklif qilish talab etiladi. Lekin har qanday holatda ham amaliy harakat modeli ustida ishlash ta’lim oluvchilar – bo’lg’usi mutaxassislarda mehnat bozori talab qiladigan kasbiy jihatdan muhim xususiyatlarni shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi.
Uchinchidan, jahon tajribasi ko’rsatib turganidek, keys-stadi tinglovchilarda ijtimoiy yetuklikni rivojlantirish, o’qishga qiziqish va motivlarni hosil qilish, ularni haqiqiy professionallar sifatida yetishtirishga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Keys-stadining bo’lg’usi mutaxassis shaxsining kasbiy va ijtimoiy jihatdan muhim fazilatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan usullari va vositalari, bizningcha, quyidagi 6-jadvalda ishonarli tarzda aks ettirilgan.

  • 6-jadval

  • Keys-stadining shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan usul va vositalari

Mutaxassis fazilatlari

Keys-stadining usul va vositalari

Mavhum sharoitlarda vaziyatni his etish va adekvat baholash, oqilona yechimlarni topish qobiliyati.

Vaziyat sub’ektining fazilatlari va kamchiliklarini taqqoslash va baholash, vaziyatning rivojlanish mantiqini ajratib olish, muammoning oqilona yechimini izlash.

Bir tizimli fikrlash, mulohazakorlik, bozor vaziyatidagi parametrlar va o’zaro aloqalarni tushunish.

Vaziyat xususida har tomonlama fikr yuritish, uni maqsadli tahlil etish, sub’ektlarni ularning tuzilmaviy-funkstional ifodasida yaxlitligicha idrok etish.

Mustaqillik va tashabbuskorlik.

Mavhumlik sharoitida vaziyatlar tahlili, oqilona yechimni ishlab chiqishda o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladigan va qo’llab-quvvatlanadigan mustaqillik va faollik.

O’zgarishlarga tayyorlik, moslashuvchanlik.

Muntazam o’zgarib turadigan vaziyatlarda optimal fe’l-atvorning ishlab chiqilishi.

Amaliy yo’nalganlik.

Muammoli vaziyatning hal etilishida nisbatan amaliy natijaga erishish uchun doimiy izlanish.



Axborotlar bilan ishlash mahorati.

Doimiy ravishda asosiy axborotni izlash va tanlash, uni tuzilmalarga ajratish, yana qayta tuzilmalash, uni tahlil etish, tasniflash, bir taqdimot shaklidan boshkacha shaklga o’tkazish, o’zaro axborotlar almashish.

Kommunikativlik,empatiya.

Muammoli vaziyat yechimi va uning maqsadga muvofiq tarzda hal etilishini tanlash yuzasidan o’z pozistiyasini har doim aniq bildirish, dalillash va o’zining nuqtai nazarini himoya qilish; keys bilan guruh bo’lib ishlash, munozaralar va o’z fikrini o’tkazish paytida jamoaning oshkora muloqot va axborot almashish, adolatli, konstruktiv va taktikali tanqidga hamda uni qabul qilishga, birgalikdagi faoliyatda ishonchga va hamfikrlilikka asoslangan bahamjihat harakat.

Muammoli, mantiqiy fikrlash.

Muamoning izlanishi va ifodalanishi hamda uning asosiy tavsifnomalari belgilanishi, uni hal etish usullari va vositalarining asoslanishi.

Konstruktivlik.

Muammoni hal etish modelining ishlab chiqilishi, konstruktiv yechimlarning izlanishi va ifodalanishi.



Nazokatlilik.

Jamoaning o’z fikrini o’tkazish, munozaralar, guruh bo’lib ishlashga asoslangan doimiy bahamjihat harakati.



Va, nihoyat, keys-stadi interfaol metod bo’lgani sababli tinglovchilar tomonidan unga nisbatan ijobiy munosabat bo’lishiga erishiladi, ular ushbu metodnini o’quv axborotini o’zlashtirish va undan foydalanish yuzasidan amaliy ko’nikmalarni ta’minlaydigan amaliy qo’llanma (praktikum) sifatida qabul qiladilar.


Keys-stadi metodining umumiy tavsifnomasi bu metodning mohiyati, belgilari va didaktik o’ziga xos xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.
Keys-stadining mohiyati shundan iboratki, ko’rib chiqilayotgai muammoli vaziyat bo’yicha maslahatchilar rolini bajarishi kerak bo’lgan tinglovchilarga quyidagilar taklif qilinadi:
keysda bayon qilinganida ayni bir paytda tashkiliy hayotdagi tipik amaliy muammoni aks ettiradigan va amaliyotda ushbu muammoning hal etilishida o’zlashtirilishi va qo’llanilishi lozim bo’ladigan muayyan bilimlar majmuini dolzarblashtiradigan vaziyatni idrok etish va tahlildan o’tkazish;
muammoli vaziyatni maqsadga muvofiq tarzda hal etadigan usullar va vositalarni izlash;
taklif etilgan muqobil jihat(alternativ)larni baholash va ular orasidan qo’yilgan muammoga nisbatan eng qulay variantini tanlash;
tanlangan muqobil usul (alternativ)ni amalga oshirish bo’yicha aniq; yechimni butun tafsilotlari bilan ishlab chiqish.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin