Mavzu: Kiberjinoyatchilik, kiberqonunlar va kiberetika Reja


Intellektuell mulk huquqlari



Yüklə 168,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.09.2023
ölçüsü168,83 Kb.
#146483
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Ma\'ruza.KIberetika (2)

Intellektuell mulk huquqlari
. Internet tarmog‘ining doimiy ravishda o‘sib 
borishi va turli ma’lumotlarni zichlash texnologiyalarining (masalan, mp3 fayl 
formati) paydo bo‘lishi “peer-ro-peer” fayl almashinuviga katta yo‘l ochdi. Bu 
imkoniyat dastlab Napster kabi dasturlar yordamida amalga oshirilgan bo‘lsa, 
endilikda BitTorrent kabi ma’lumotlarni uzatish protokollarida foydalanilmoqda. 
Uzatilgan musiqalarning aksariyati mualliflik huquqi bilan himoyalangan bo‘lsada, 
mazkur fayl almashinuvi noqonuniy hisoblanadi. 
Hozirgi kunda aksariyat elektron ko‘rinishdagi media fayllar (musiqa, audio 
va kinofilmlar) intelektual mulk huquqlariga rioya qilinmasdan ommaga 
tarqalmoqda. Masalan, aksariyat katta mablag‘ sarflangan kinofilmlarning 
“qaroqchilarcha (piratskiy)” versiyasining chiqishi bois o‘z sarf xarajatlarini qoplay 
olmaslik holatlari kuzatilmoqda. 
Bu holatni dasturiy ta’minotlarda ham ko‘rish mumkin. Masalan, aksariyat 
dasturlar litsenziyaga ega hisoblansada, turli usullar yordamida ularning “darz 
ketgan (crack)” versiyalari amalda keng qo‘llaniladi. Masalan, litsenziyaga ega 
bo‘lmagan Windows 10 ОТ, antivirus dasturiy vositalari, ofís dasturiy vositalari va 
h.k 
Mualliflik huquqini himoyalashning texnik vositalari
. Mualliflik huquqini 
ta’minlashda turli himoya usullaridan foydalaniladi. Ular CD/DVD disklardagi 
ma’lumotlarni ruxsatsiz ko‘chirishdan himoyalashdan tortib oddiy PDF fayllarni 
tahrirlash imkoniyatini cheklash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shu 


bilan birga, aksariyat insonlar litsenziyali CD diskni sotib olib, undan ko‘chirish 
imkoniyatiga ham ega bo‘lishim mumkin deb o‘ylaydilar. 
Xavfsizlik
. Internet tarmog‘idagi axborotdan xavfsiz foydalanish axloqiy 
munozaralar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Bu birinchi navbatda jamoat faravonligini 
himoya qilish yoki shaxs huquqini himoya qilish masalasini o‘rtaga qo‘yadi. Internet 
tarmog‘idan foydalanuvchilar sonining ortishi, shaxsiy ma’lumotlarning ko‘payishi 
natijasida kiberjinoyatlar soni ortmoqda. 
Ishonchlilik.
Internetning mavjudligi va ba’zi bir shaxs yoki jamoalar tabiati 
tufayli ma’lumotlarning ishonchliligi bilan shug‘ullanish muammoga aylanmoqda. 
Boshqacha aytganda, Internetdagi ma’lumotlarning ishonchliligiga kim javob 
beradi? Bundan tashqari, Internetdagi ma’lumotlarni kim to‘ldirishi, undagi xatolar 
va kamchiliklar uchun kim javobgar bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida ko‘plab 
tortishuvlar mavjud. 

Yüklə 168,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin