Mavzu: Kichik biznesda hodimlar odobi Reja


Kichik biznes boshqaruvida (jamoaviy) ijtimoiy motivlashtirish



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə4/5
tarix06.06.2023
ölçüsü200,5 Kb.
#125852
1   2   3   4   5
kichik biznesda hodimlar odobi

3. Kichik biznes boshqaruvida (jamoaviy) ijtimoiy motivlashtirish.

Mukofotlashning yaxlit (yagona) tizimi ish haqi belgilashning turli tizimilarini qo‘llashni taqozo etadi. Bunda dastlab ish haqining bazaviy stavkalari aniqlanadi. Attestatsiya natijasida xodimlarga qo‘shimcha rag‘batlanish turlarini joriy etilishi mumkin. Bundan tashqari daromad va foydada qatnashish dasturlari xodimlarning yuqori natijalarga erishishlarini rag‘batlantirad


Yagona rag‘batlantirish tizimining tarkibiy elementlariga quyidagilar kiradi:


Bazaviy ish haqi. Mazkur rag‘batlantirish shakli mehnat bozori talablari va ish o‘rni hususiyatlariga ko‘ra belgilanadi.
Xodimning malakasi va kasbiy tayyorgarligiga ko‘ra bazaviy stavkalarni o‘zgartirish. Tarif razryadlari, malaka razryadarini belgilash.
Real ish haqini o‘zgartirish. Bunda ish haqi turmush kechirish qiymatiga ko‘ra tahrirlanadi.
Yillardagi xizmatlari uchun mukofot. Ish haqini mehnat stajiga ko‘ra oshirish. Bundan tashqari ba’zi tashkilotlarda tegishli sohada ko‘p yillik faoliyati uchun yiliga bir marta mukofot berish nazarda tutilgan.
Foydaga bog‘liq mukofotlash. Bu foydada ishtirok etish tizimining qo‘llanilishi bilan bog‘liq.
Ishchi topshiriqlarini bajarish natijalarga ko‘ra rag‘batlantirish. Bu rag‘batlantiruvchi ish haqi tizimlari, daromadda ishtirok etish tizimlarini joriy etishni nazarda to‘tadi.
Qo‘shimcha mehnat faoliyati uchun tovon to‘lovlari. Bu odatda qo‘shimcha ravishda, navbatdan tashqari ishga chaqiriq asosida, boshqa smenada ishlash va boshqa hollarda qo‘llaniladi.
Mehnat jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmagan mukofotlash. Mazkur mukofot shakliga mehnat ta’tillari, nafaqa, kasallik va vaqtincha ishsizlik bo‘yicha to‘lovlar kiradi.
Noiqtisodiy rag‘batlantirish. Navbatdan tashqari ta’til berish, bolalar bog‘chasi, dam olish sanatoriylari va hokazolar).
Bozor iqtisodiyotiga utilishi tufayli jamiyatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukmat tomonidan real hayotda amalga oshirilmokda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatni boshlanishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Jumladan «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida» gi 1995 yil 25 dekabrda qabul qilingan qonunda kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashda banklarni rolini oshirib borishga alohida e’tibor berilgan.

Kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular olib borayotgan faoliyat xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash, ish haqi bilan ishlovchilarni ta’minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar, yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar ya’ni olingan foydadan, daromaddan soliq to‘lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning barcha turlari banklar orqali , o‘z navbatida olinadigan kreditlar ham boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi.


Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishguncha bank va banklar bilan bo‘ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo‘jaligini muhim xo‘jalik yuritish qismi bo‘lgan kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog‘langanligi bugungi kunda hammaga ma’lum bo‘lib koldi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda masalan AQShda bank tizimini faoliyati nixoyatda rivojlangan bo‘lib, tadbirkorlarni aktiv iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko‘rsatadi.


Umuman bank operatsiyalari passiv va aktiv operatsiyalardan iborat bo‘lib, passiv operatsiyalar pul mablag‘larini ma’lum biror yo‘nalishga safarbar etishga qaratilgan. Banklar passiv operatsiyal0ar orqali jamgarmalarni va vaqtinchalik bush turgan mablag‘larni ishlab chiqarishga safarbar etib foyda oladi. Aktiv operatsiyalar turli harakterdagi kreditlarni berish operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi elementlar bo‘yicha turkumlanadi:


Muddatlari bo‘yicha kreditlar 1 yillik, 5 yillik va 7-10 yilga mo‘ljallangan bo‘lishi;


Kreditlarni hajmi bo‘yicha kichik, o‘rta, yirik miqdorda har bir mijozga individual va moliyaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi;


Ayrim turlari bo‘yicha maxsus kafolatni talab talab qilmaydigan, garov evaziga berilmaydigan kreditlar;


Kreditorlarni turlaribo‘yicha ya’ni davlat, tijorat, xususiy va boshqa turlari bo‘yicha berish;


Zayomni turlari bo‘yicha yuridik shaxslar va haqozalarga berish;
Vaqtinchalik foydalanish uchun investitsiya, iste’mol uchun, qarzlarni to‘lash asosan eksport va import operatsiyalarini bajarish uchun beriladigan kreditlar.


Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egaligining kichik va xususiy tadbirkorlik shakli korxonalari o‘z faoliyatida turli banklar bilan muomalada bo‘ladilar. Bu jarayon avvalo oldingilaridan farq qilgan holda ancha murakkab hisoblanadi, chunki oldingi jarayonlar asosan korxonalar orqali bank o‘z faoliyatini olib borganligi bilan harakterlanadi. Tadbirkorlik faoliyati shakllanishi tufayli banklar xususiy mulk egalari va kichik korxonalar faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishga o‘z imkoniyatlarini safarbar etib boradilar.

Turli mulkchilik sharoitida respublikada kichik va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-kuvatlash to‘g‘risida 1995 yil 14 fevraldagi Vazirlar mahkamasining № 55 qarorida O‘zbekiston xududidagi barcha tadbirkor banklarni kichik va xususiy tadbirkorlarga hisob schyotlarini 3 kun ichida ularni arizalari va hoqimiyatda ro‘yxatga olinganliklari to‘g‘risidagi guvoxnamalari asosida boshqa keraksiz hujjatlar talab qilmay ochishlari to‘g‘risida ko‘rsatma berilgan. Bu qaror tufayli republikada minglab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barpo etilishiga imkoniyat yaratilib, bu sohadagi korxonalar soni kundan-kunga ko‘payib bormokda. Shu bilan birga kichik va xususiy tadbirkorlar xorijlik mulk egalari, tadbirkorlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradigan bo‘lsa, davlat valyuta operatsiyalari olib borishga ruxsat berdi. Respublika banklari bilan tadbirkorlar o‘rtasida bo‘ladigan shartnomalar, tovarlar savdosi, xizmatlar bo‘yicha bo‘ladigan to‘lovlarni erkin konvertatsiyalashtirilgan valyutada amalga oshirish mumkin.




Tadbirkorlarni banklar bilan bo‘ladigan operatsiyalarida turli erkinliklar berib quyilganligi shunda namoyon bulmokdaki, xususiy tadbirkor o‘z jamgarmasini O‘zbekistonni turli banklarida o‘z hisob schyotida saqlashi, kredit va kassa operatsiyalarini bajarish huquqiga ega hisoblanadi. Banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlarda amal qilayotgan qonunlarga va shartnomalarga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan hisob-kitoblar olib borish mumkin. Banklar tadbirkor schyotida pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va boshqa muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlarni saqlashi bilan kafolatlab beradi. Banklar tadbirkorlar va mijozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda pul egasi tomonidan topshirik qog‘ozi bankka kelib tushishi bilan 12-13 soat davomida keyingi operatsiyalarbajarilishi zarur.


Mulk egalari hisobiga pul o‘tkazish shahar ichida 4 ish kunida, violyat ichida 5 ish kunida, respublika ichida 10 ish kunida bajarilishi lozim. Agar bu qonun shartlari bo‘zilsa mijozga yillik foiz miqdorida bank jarima to‘laydi. Bank mijozlarning arizasiga binoan ularga tegishli operatsiyalarni bajaradi. Banklar tadbirkorlarni Respublika Markaziy banki tomonidan kiritilgan o‘zgarishlarni, qoidalarni Ayniqsa hisoblar bo‘yicha nakd pulsiz tarzdagi operatsiyalar bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risida tadbirkorni xabardor qiladilar. Bank o‘z vaqtida mijozni kechiqib o‘tkazgan operatsiyalari uchun, pulni noto‘g‘ri perevod qilganligi uchun bank aybdor sifatida har bir kun uchun mijozga o‘tkazilayotgan so‘mmani 3 foizi miqdorida jarima to‘laydi. Bankni aybi bilan hisob hujjatlari yo‘qolsa, mijozga hujjatda ko‘rsatilgan so‘mmani har bir kuni uchun 3 foiz miqdorda bank jarima to‘laydi.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin