MAVZU: KICHIK GURUH BOLALARINI FAOLIYAT MARKAZLARIDAGI FAOLIYATLARINI LOYIHALASHTIRISH REJA I.bob Maktabgacha ta’lim muassasi turli yosh guruhlarida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari 1.1. Kichik va o‘rta guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish tartibi
1.2. Katta va tayyorlov guruhda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etish mazmuni
II. bob Maktabgacha ta’lim muassasasidatasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini tashkil etilishining amaliy shart - sharoitlari.
KIRISH 2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTMsida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim- tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2707 qarorida” Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish” belgilangan.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolalar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borlikni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularni g‘oyaviy aqliy-ahloqiy estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko'rsatadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko‘rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan san’atni har bir turi narsaning o‘ziga qarab chizish dekorativ rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish, san’ati haqida suhbati bolalar ijodiy qobiliyatini o‘sishi dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya bu bolalarning hayotdagi , tabiatidagi, san’atdagi fan va jamiyatdagi go‘zalliklarini idrok etish qobiliyatini
tarbiyalashdir. Go'zallik kishilarning aqliga, qalbiga idrokiga ta’sir etib ma’naviy dunyoqarashni boyitadi. Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishgagina emas, balki ularni go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan ko‘rish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilish va tushuna bilish shart. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go‘zallikni shakllarni turli tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch , hayajon baxsh etgan tabiat go'zalliklar suz bilan tasvirlab bo'lmas, rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘zlariga qarab rasm chizish ularni o‘ziga xos xususiyatlarni urganish orqali mashg‘ulotlar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko'ra olishga shuningdek ko‘rish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, proporsiyalari fazojagi xolatlari, rangli va och-to‘qli nisbatlari diqqat bilan o‘rganadilar. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning ko‘rish orqali milliy g‘oyalarni idrokini o‘stiradi. Ko‘z orqali milliy g‘oyalarni idrok etishni o‘stiradi. Ko‘z orqali idrok etishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofik kuzatish qobiliyatlarini tushunamiz, ya’ni narsa va xodisalarni solishtirish, ularning farki va umumiy tomonlarini Aniqlash, narsalarni shakli va tashki ko'rinishi klassifikatsiyalashni anglaymiz.
So‘nggi paytlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda, odamlarning tashqaridan olayotga har qanday ma’lumotlarning xayotida ko‘zning roli beqiyos katta ekanligini ko‘rsatib turibdi va u ko‘zning imkoniyatlar, qobiliyatlarini rivojlantirishda tasviriy san’ati predmeti ancha ustun turadi. SHu nukai nazardan qaraganda tasviriy san’atning kishilar hayotiga roli yanada oydinlashadi. SHunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarida jumladan o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarda tasviriy san’atni o'qitish orqali qator-ta’lim va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.