Mavzu: Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. Reja



Yüklə 32,69 Kb.
səhifə8/8
tarix24.12.2023
ölçüsü32,69 Kb.
#190881
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy idrok etishdagi ps-fayllar.org

Muammoli vaziyat:
O`qituvchi bir Anvar ismli bolani Gulnozani sochidan tortgani uchun qattiq tanbeh berdi va Anvar darsdan chiqib ketdi. Birozdan so`ng o`quvchining onasi o`qituvchi bilan janjallashish uchun keldi. O`qituvchi bu vaziyatda qanday yo`l tutish kerak?
3-sinfda Botirzoda Mohira o’qiydi. O’qish darsida badiiy asarlar tahlilida obrazlar bo’lib beriladi. Lekin 3ta darsdan buyon Mohira o’ziga berilgan rolni xususiyatini tushntirishga qaramayi drok qila olmayapti. Shu holatda qanday yo’l tutish mumkin?
Nazorat uchun savollar:
1-variant.
1. Badiiy asarlar qanday harakterga ega bo’lishi munkin?
2. Asar mazmunini ongli idrok etilishi uchun qo’shimcha qanday ma’lumot berish mumkin?
3. Yozuvchi, shoirning ijodiga o’quvchilarda qiziqishni orttirish uchun nima qilish kerak?
4. Badiiy asar mazmunini to’laroq tushintirish uchun matn ustida qanday ishlar bajariladi?
5. Biror darslikdagi obrazli qilib tasvirlangan asarni qanday usulda tahlil qilish mumkin?
6. Badiiy asarni tahlil qilishda tayorgarlik vazifalari nimalardan iborat?
2-variant.
1.Har qanday badiiy asar qanday xarakterga ega?
2.Tayyorgarlik vazifalari nimalardan ibоrat?
3.Tayyorgarlik ishlarining didaktik shakllarideganda nimalar haqida izоh berasiz?
4.Asar mazmunini оngli idrоk etish uchunqo`shimcha qanday ma`lumotberish mumkin?
5.Yozuvchi, shоirning ijоdiga qiziqish оrttirishuchun nima qilish kerak?
6.Badiiy asar mazmunini to`larоq tushunish uchun matn ustida qanday ishlar bajariladi?
20-seminar.. O‘quvchilarni PIRLS topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga oid topshiriqlar tuzish.

REJA:
1. Boshlangʻich sinflarda badiiy asar matnini tahlil qilish usullari.

2. Badiiy asar matni ustida ishlashda tanlab oʻqish matnni tasvirlash usullaridan foydalanish.
3. Har xil janrdagi asar matnlarni oʻqitish metodikasi.
4. Oʻqish darslarida matn ustida ishlashda PIRLS topshiriqlari.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʻng boshlangʻich sinflar uchun yangi dastur va darsliklar yaratildi. Oʻqish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga koʻproq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga koʻproq e’tibor berildi. Badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar mazmunini tahlil qilish va toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi. 2. Asarning gʻoyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, syujet chizigʻi, qurilish va tasviriy vositalarini tushuntirish oʻquvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bogʻlanishli nutqning oʻsishini ta’minlaydi. 3. Oʻquvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4.Sinfda oʻqish oʻquvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi. Asarni tahlil qilishda uning hissiy ta’sirini ham hisobga olish zarur. Oʻquvchi matnni oʻqibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda oʻquvchilarda fikr uygʻonsin, ularda estetik didni tarbiyalasin. Boshlangʻich sinflar “Oʻqish kitobi”da turli janrdagi badiiy va ilmiy- ommabop maqolalar berilgan. Sizga ma’lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati oʻqituvchining diqqat markazida turadi. Oʻquvchilar voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning oʻziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqelar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondoshilgandagina asarga haqqoniy baho berish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan oʻquvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofiq.


http://fayllar.org
Yüklə 32,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin