Savollar. 1. Biogen elementlar to’g’risida tushuncha va ularning biosferada aylanishi qanday?
2. Makro va mikroelementlardan kaysilarni bilasiz?
3. Xayotiy zarur bo’lgan biogen elementlar to’g’risida.
4. S-elementlar xaqida tushuncha. S - elementlar atomlarining elektron tuzulishi qanday?
5. S - elementlardan litiy, natriy, kaliyning biologik jarayonlardagi roli qanday va ular asosidagi dorilardan kaysilarini bilasiz?
3-AMALIY MASHG’ULOT
Eritmalar deb ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan bir jinsli gomogen, termodinamik turg'un sistemalarga aytiladi.
Xar qanday eritma eng kamida ikki komponentlan iborat: biri erituvchi va ikkinchisi erigan modda.
Ko’pincha o’z agregat xolatini eritmaga o’tkazadigan modda erituvchi xisoblanadi. Agar eritmani xosil qilgan ikkala komponent xam bir xil agregat xolatda bo’lsa, nisbatan ko’proq miqdordagi komponent erituvchi deb ataladi. Mabodo, ikki suyuqlik bir-birida bir xil nisbatda erisa, ularning istalgani erituvchi deb atalishi mumkin.
Eritmalar uch xil agregat xolatda: qattik, suyuq va gazsimon xolatda bo’lishi mumkin. Qattik eritmalarga metallarning qotishmalari, masalan, oltin va mis qotishmasi, gaz xolatidagi eritmaga esa xavo misol bo’ladi. Bo’lajak shifokorlar uchun suyuq eritmalar katta axamiyatga ega.
Suyuq eritmalarga ikki suyuqlikdan iborat bo’lgan eritmalar kirib, organizmdagi biologik suyuqliklar: qon plazmasi, limfa suyuqligi, oshqozon shirasi, o’t suyuqligi, orqa miya suyuqligi, so’lak, siydik kabilarni bunga misol qili b keltirish mumkin. Bular oqsil, lipid, uglevod va boshqa moddalarning murakkab aralashmalaridir. Xossalari va katta-kichikligi turlicha bo’lgan bu moddalarning o’zaro fizik-kimyoviy ta’sir ko’rsatish qonuniyatlari, ularning o’zlarini o’rab olgan suv molekulalari bilan ta’sirlashish qonuniyatlari xam organizmning xayot faoliyati uchun juda muximdir.
Gazsimon eritmalarga gazlar aralashmasini, masalan, xavoni misol qilib ko’rsatish mumkin (xavo gazlar aralashmasining azot - N2 dagi (78%) eritmasidir).
Eritmalar tug’risida gap ketganda asosan suyuq eritmalar tushiniladi va ularning bir qancha turlari bor:
Kolloid eritmalar (qo’yuq yoki xira eritmalar - sut, loyqa suv kabilar);
Chin eritmalar (elektrolitlar): eriganda erituvchi bilan ta’sirlashib ionlarga dissotsialanadigan eritmalar;
Ideal eritmalar: o’zaro aralashganda bir-biri bilan ta’sirlashmaydigan, oddiy aralashish xisobiga xosil bo’ladigan eritmalar (benzol+toluol, toluol+xloroform).
Eritmalar konsentratsiya turli usullar bilan ifoda etiladi.
XAJMIY usullar
1. MOLYAR konsentratsiya deb 1000 ml eritmada erigan moddaning mollar soniga aytiladi
m * 1000 m - erigan mod. miq (g)
Cm= mol/l M - erigan mod. g-moli
M * V V - eritma xajmi (ml)
2. NORMAL konsentratsiya deb 1000 ml eritmada erigan moddaning gramm-ekvivalentlar soniga aytiladi
m * 1000 m - erigan mod. miq (g)
Cn= g-ekv/l 3 - erigan mod. g-ekv
3 * V V - eritma xajmi (ml)
3. TITR deb 1 ml eritmada erigan moddaning grammlar mikdoriga aytiladi.
4. FOIZLI konsentratsiya (massa ulushi) deb 100 g eritmada erigan modda mikdoriga aytiladi.
m * 100 m - erigan mod. miq (g)
C% = m1 - erituvchi mikdori (g)
M + m^
5. MOLYAL konsentratsiya deb 1000 g erituvchida erigan modda mikdoriga aytiladi.
m * 1000 m - erigan mod. miq (g)
CM= mol/l M - erigan moddaning
M * m^ molyar massasi
nii erituvchi mikdori(g)
Eruvchanlik va unga ta’sir etuvchi omillar. Eruvchanlik deb ma’lum sharoitda biror moddaning ma’lum bir erituvchida erib to’yingan eritma xosil qiladigan miqdoriga aytiladi. Moddalarning 100 gramm suvda erib to’yingan eritma xosil qiladigan miqdori ularning eruvchanlik koeffitsenti deyiladi. Masalan, 1 atm R va 250 0C da NaCl ning eruvchanlik koeffitsenti = 36 ga, KNO3 niki 39 ga teng. Eruvchanlikka turli omillar ta’sir qiladi. Bular erigan moddalarning tabiati, t0 va P. Qutbli erituvchilarda qutbli moddalar, qutbsiz erituvchilarda qutbsiz moddalar yaxshi eriydi. Qattik moddalarning suvda eruvchanligi t0 ortishi bilan ortib boradi. Suyuqliklarning suvda eruvchanligi 2 xil borishi mumkin: masalan spirt suv bilan xar qanday nisbatda aralasha oladi, efir esa suv bilan aralashganda suvning yuqori qismida suvning efirdagi to’yingan eritmasi, quyi kismida efirning suvdagi to’yingan eritmasi xosil bo’ladi. Bunday xollarda t0 ning ortishi eruvchanlikka qisman ta’sir qiladi. Qattiq moddalar va suyuqliklarning suvda eruvchanligiga P ning ortishi aytarli ta’sir qilmaydi.
Gazlarning suvda erishi qattik va suyuq moddalarning suvda erish jarayonidan farq qiladi. Gazlarning suvda erishi ekzotermik jarayon bo’lib, t0 ortishi bilan eruvchanlik kamaya boradi. Masalan mineral gazli suvlarni sovutgichlarda saqlash undagi gazni tutib turishdir. Yoki suvni qaynatib undagi erigan barcha xavoni chiqarib yuboriladi, aks xolda qaynamagan suv ichilsa undagi xavo qorinni dam qilib, og’riq berishi mumkin. Gazlarning organik erituvchilarda erishi endotermik bo’lib, t0 ga to’g’ri proporsional bo’ladi.
Gazlarning eruvchanligiga P xam kuchli ta’sir ko’rsatadi. Gazning erishi jarayonida eritma V ning kamayishi kuzatiladi. Shu sababli P ortishi bilan gazlarning suyuqliklarda erishi ortadi. Gazlar eruvchanligining P ga bog’liqligini birinchi marta 1803 yilda nemis olimi Genri aniqladi va quyidagicha qonuniyat mavjudligini kuzatdi:
Ma’lum xaroratda suyuqliklarning ma’lum xajmida erigan gazning miqdori gazningparsial bosimiga to’g’riproporsional bo’ladi:
C = K * P C - tuyingan eritmadagi gazning konsentratsiyasi, mol/l;
P - gazning eritma ustidagi parsial bosimi, Pa;
K - proporsionallik koeffitsenti (mol*l-1 *Pa-1) bo’lib, u gaz va
erituvchi tabiatiga xamda t0 ga bog’liq. K 1 atm bosimdagi 1000 g. erituvchida erigan gazning konsentratsiyasiga teng. P = 1 atm bo’lsa C = K bo’ladi.
Genri qonuniga yuqori bosim ostidagi, erituvchi va erigan gaz molekulalari o’rtasida kimyoviy ta’sir bo’lmagan (N2, O2, SO2 kabi ideal gazlar eritmalari), suyultirilgan eritmalar bo’y sunadi. HCl, SO3, NH3 kabi gazlar Genri qonuniga bo’y sunmaydi.
Agar suyuqliklarda bir gazning o’zi emas balki gazlar aralashmasi erisa, ayni gazlarning suyuqlikdagi eruvchanligi Genri-Dalton qonuniga bo’y sunadi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:
Doimiy xaroratda gazlar aralashmasining eruvchanligi gazlarning suyuklik ustidagi umumiy bosimiga emas, balki eriyotgan xar bir gazning suyuklik ustidagi parsial bosimiga tugri proporsional buladi. Agar gazlar aralashmasining suyuqlik ustidagi umumiy bosimini P desak, xar bir gazning parsial bosimini R1, R2, R3 kabi belgilansa, xar bir gazning eruvchanligi C1, C2, C3 bo’ladi. U xolda Genri-Dalton qonuniga ko’ra xar bir gazning eruvchanligi
Ci = Ki*Pi; C2 = K2*P2; C3 = K3*P3 bo’ladi.
Gazlarning suyuqliklarda erish jarayonining P ga to’gri proporsional ekanligi to’grisidagi Genri qonuni shu jarayon bilan bog’liq bo’lgan Kesson kasalligining paydo bo’lishi tug’ri tushuntirib beradi. Dengiz yuzasidan 40 m va undan past joylarda bosim 4 marta yuqori, taxminan 400 kPa atrofida bo’ladi. Bunday yuqori bosimda ishlovchi g’ovvoslarda gazlarning qonda eruvchanligi Genri qonuniga ko’ra ortadi. Agar g’ovvoslar yuqoriga tez ko’tarilsa, ya’ni P tez kamaysa qonda erigan gazlar o’pka orqali sekin-asta chiqib ketolmay qon aylanishiga to’sqinlik qiladi, kapilyarlarda xavo pufakchalari kurinishida tiqilib, kapilyarlarning yorilib ketishiga olib keladi. Xuddi mana shunday xolat kosmonavtl skafandrlarini birdaniga germetizatsiyadan chiqarilganda xam sodir bo’ladi. Kesson kasalligi barokameralarda davolanadi.
Xozirgi vaqtda ba’zi to’qimalarda to’plangan mikroblar sababli kelib chiqadigan gaz gangrenasi va boshqa kasalliklarni davolashda giperbarik oksigenatsiya usuli, ya’ni bemorlarni yuqori bosim ostida kislorod qamalgan kameralarda saqlash usuli qo’llanilib kelinmoqda.