Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


I-qism. IMMUNOLOGIYA USULLARI HAQIDA TUSНUNCНA



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə34/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

I-qism.
IMMUNOLOGIYA USULLARI HAQIDA TUSНUNCНA.
Immunologiya usullariga antigen va antiteloning bir-biri bilan reaksiyaga kirish sharoitlariga qarab agglyutinasiyaga, presipitasiyaga va immunodiffuziyaga asoslangan usullar guruhlariga bo’lish mumkin. Hozirgi vaqtda ancha keng qo’llanilayotgan o’ta sezgir usullardan yana biri nishonlangan moddalar qo’llaniladigan 4-guruhning tashkil qiluvchi usullardir. Masalan, radioimmun, immunoferment analiziga asoslangan usullar shular jumlasidandir. Yuqorida aytilgan usullar yordamida fanda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsa ham, fitoviruslarni aniqlashda o’t sezgir usullar yaratish doimo dolzarb muammo bo’lib qolmoqda.
Viruslar ham boshqa AG lar kabi turlicha AG diterminantlarni o’z oqsil qavatida saqlaydi. Ularning hayvon organizmiga kiritilsa, ularga qarshi hayvon qonida maxsus AG lar hosil bo’ladi. Huddi shunday AG hosil qilish xususiyatiga virusdan ajratib olingan uning oqsil qismi ham egadir. Ularning AG diterminantlari 3-5 aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan bo’ladi. Kimyoviy tabiati va fizik-kimyoviy xususiyatlariga ko’ra AT lar oqsil zardobi globulinlari sinfiga kiradi. Ulrad boshqa oqsillarda bo’lmagan xususiyatlar mavjuddir, ya’ni ular o’z AG lari bilan maxsus munosabatda bo’lishi mumkin. Sun’iy ravishda hayvonlarni immunizasiya qilinganda hosil bo’lgan AT lar Jg sinfiga kiradi va ular ko’pincha immunologiya usullari yordamida diagnostikada katta ahamiyatga egadir.
Yuqorida aytilganidek, ishlab chiqilgan diagnostikaning immunologiyaga asoslangan usullari AG va At ning o’zaro ta’siriga asoslangan bo’lib, ularni yuqorida aytilganidek shartli ravishda bir necha guruhlarga bo’lish mumkin.
Viruslarni AT lar bilan prisipatasiyasiga asoslanganlari quydagilar:
a) nitral muhitda agar-agar gelida yuz beradigan AG va AT ning prisipatasiyasi qilinishi reaksiyaga asoslangan usullar;
b) diffuziyaga asoslangan ammo diffuziya doimiy elektor maydoni yordamida tezlatadigan usullar;
bir qator usullar va agglyutinsiya reaksiyasiga asoslangan bo’lib, bu holatda birorta tashuvchi zarra AT lar bilan biriktirilib, unga virus qo’shilganda viruslar unga yopishib agglyutinant hosil qiladi. Hosil bo’lgan agrigatlarni oddiy ko’z bilan yoki lupa yordamida 2-3 marta kattalashtirib ko’rish mumkin. Yana bir guruh usullar mavjud bo’lib, ular juda katta sezgirlikka ega. Bu usullar ishlatilganda immun reaksiyalarda nishonlangan moddal AT yoki AG ishlatiladi. Nishon bo’lib radioaktiv, fluoressensiya hususiyatiga ega moddalar, fermernlar yoki DNK – zontlar (nishonlangan yoki nukliotidlar) ishlatiladi.
Bulardan tashqari qimmatbaho asboblarga bog’liq bo’lgan immunologiya usullari bo’lib, bularga immunoelektron mikroskop yordamidagi usulni ko’rsatish mumkin.


  1. Yüklə 0,66 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin