Mavzu: kirish. Mikrobiologiya fani va uning vazifasi


Respirator-sinsitial virus



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə66/89
tarix29.04.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#104627
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
MIKROBIOLOGIYA ma\'ruzalar

Respirator-sinsitial virus
Virusni 1956 yili AQSh da J.Morris respirator kasallik bilan og’rigan shimpanzedan ajratib oldi va unga RS (inglizcha RS-Respiratory syncytia) deb nom berildi, chunki bu viruslar hujayra kulturalarida qo’payib, hujayra to’ri (sinsitiy) - "to’rli to’qima"ni hosil qiladi. RS-virus Pneumovirus turiga mansub, bularga sichqonlarda zotiljam qo’zg’atuvchi viruslar ham kiradi.
Morfologiyasi. RS-virus sferik shaklga ega, o’lchami 120-200 nm. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib tashqi yuzasidaga o’simtalari uzunroq (12-16 im), virion polimorfizm bo’lib, 10 xil oqsil sintezini nazorat qiladi. Ulardan 2 tasi (NH va F). yuzaki glikoproteinlardir. Shu bilan bir qatorda, RS-virusda virus maxsus komplementni bog’lovchi antigeni bor, ammo gemagglyutinasiya, gemadsorbsiya qilish xususiyati va neyraminidaza faolligi yo’q.
Ko’paytirish. RS-virus maymun buyragadan tayyorlangan birlamchi hujayra va undiriluvchi o’sma hujayra kulturalarida (Hela, Nep-2, KV) yaxshi ko’payadi. Hujayralarga patogen ta’sir etib simplastlar va sinsitiylar hosil qiladi. Tovuq embrionida RC-virus ko’paymaydi.
Antigenlari. Har xil odamlardan ajratib olingan shtammlar antigenlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi, bu holat virionning tashqi qobig’idagi glikoproteinlarning o’zgarishi bilan bog’liq. Virusning ikkita serotipi ma’lum.
Chidamliligi. RC-virus o’talabil bo’lib, efir, detergentlar ta’siriga va muzlatishga chidamsiz. Qizdirilganda bir necha daqiqada o’z faolligani yo’qotadi.
Kasallikning odamlardaga patogenezi va klinikasi. RS-viruagar havo-tomchi yo’li orqa)sh yuqadi. Yashirin davri 3-5 kun. Virus yuqori va pastki nafas yo’llaridagi shilliq qavatning epitelial hujayralarida ko’payadi. RS-Birus odamlarda, ayniqsa yosh bolalarda (6 oygacha) nafas yo’llarining o’tkir kasalliklari: bronxit, zotiljam, rinitni qo’zg’atadi. Kasallik 5-6 kun davom etadi. U, odatda, bolalar orasida kuz va qish fasllarida uchraydi. RS-viruslar qo’zg’atadigan epidemiyalar har yili qaytariladi.
Kasallikni boshdan kechirgandan so’ng qon zardobida virus maxsus turli xil immunoglobulinlar paydo bo’ladi, bulardan slgA muhim ahamiyatga ega. Kasallikdan hosil bo’lgan immunitet kuchi bir yilga yetmaydi. Shu sababli kasallj qayta uchraydi, ayniqsa yosh bolalar ko’p kasallanadi, qon zardobidagi antitelolar qayta kasallanishdan himoya qilolmaydi. Balki bunga RS-virusning serotiplari ko’p bo’lganliga, virusning hujayraviy va gumoral immunitetni susaytirishi sabab bo’lsa kerak. Shuning uchun kasallikning asorati sifatida ikkilamchi bakterial infeksiyashar ko’p uchraydi.
Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun burun-halqum suyukligi, nobud bo’lgan bolalarning o’pka, traxeya, bronx to’qimalari tekshiriladi. Tezkor usul yordamida burun-halqum suyuqligida IF reaksiyasi bilan maxsus ■ antigen, ko’p yadroli hujayralar va bronxlarning shilliq qavatidaga epitelial hujayralarida sinsitiylar topiladi.
Virusni ajratib olish uchun tekshiriladigan material undiriluvchi Hela, Hep- 2, KV, FL hamda odam va dengiz cho’chqachasi embrionidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Oradan 24-48 soat o’tgach juda yirik ko’p yadroli hujayralar va sitoplazmatik kiritmalarga ega sinsitiylar paydo bo’ladi, 4-5 kun o’tgach hujayralar to’liq parchalanadi. Ajratib olingan virusni identifikasiya qilish uchun kulturalarda IFA hujayra neytrallash va komplementni bog’lash reaksiyalaridan foydalaniladi.
Bemorlarning juft qon zardobidagi antitelolarni aniqlash uchun KBR va NR kabi serologik reaksiyalar qo’llaniladi.
Maxsus davosi va profilaktikasi ishlab chiqilmagan. Asosan simptomatik davo, ikkilamchi bakterial infeksiyalarga qarshi antibiotiklar buyuriladi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin